Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
qo‘shinimiz... obkom sekretari bilan boyidi, obkom sekretari! Deputat, ha, deputat! 
Botir firqani badani jimir-jimir etdi. Boshi qizidi. Yuzi lov-lov yondi. 
— Sizga necha marta aytaman, aralashmang, deb? 
Mana, yana aralashibsiz! — kuyundi boshliq. 
— Aralashmay bo‘ladimi, janob do‘xtir, aralashmay bo‘ladimi? Mana, qayta qurish 
davom etmoqda. Biz demokratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqdamiz. Biz millatni 
oqlashimiz kerak, janob do‘xtir, millatni oqlashimiz kerak! Biz qadriyatlarimizni 
tiklashimiz kerak, janob do‘xtir, qadriyatlarimizni tiklashimiz kerak! Napoleon, Kutuzov, 
Petr Perviy... Axir, bu yerda milliylik qani, milliylik? Aytaylik, Kutuzov kim? Kutuzov 
sizga kim bo‘ladi? O’zingizni panaga olmay, javob bering! Hoy Kutuzov, o‘zingizni 
ko‘rsating! 
Botir firqa bemor qo‘l peshlamish yoqqa qaradi. 
Bir bemor... bir ko‘zini qora latta bilan boylab olmish bo‘ldi. Boshiga kubanka qalpog‘ini 
ko‘ndalang qo‘ndirib olmish bo‘ldi.
— Ana, Kutuzov, ana! — dedi bemor professor. — 
Kutuzov emish! Kutuzov kimingiz bo‘ladi? Xolavachchangizmi, pochchangizmi? Qani, bu 
yerda vatanparvarlik? Qani, bu yerda o‘z xalqiga sadoqat? Siz eng avvalo, o‘z ona-
vataningizni farzandi bo‘ling! O’z ona xalqingizni o‘g‘loni bo‘ling! Siz Amir Temur bo‘ling! 
Siz Bobur bo‘ling! Siz Ibrohimbek bo‘ling! 
— Bu professor millatchi ekan! Ur millatchini, ur! 
— Shovinistlarga o‘lim! Sol shovinistni, sol! 
— Xaloskor frantsuz qo‘shinlari, millatchilar ustiga olg‘a! 
Petr Perviy matroslari, bos shovinistni, bos! 
Ur-to‘polon bo‘ldi. Tars-turs bo‘ldi. 
Botir firqa palataga qarab qochdi. 
— Hanifa Rajabovna, ketdik-ketdik! — deya bid-bid so‘zladi. — O’rtoq Rajabov, siz 
qimirlamay yoting, o‘zim kelib olib ketaman! 
Botir firqa Hanifa Rajabovnani tirsagidan oldi. Eshikka yetakladi. Tashqari yetakladi. 
Tashqari chiqib oldi. 
Uf-uf, deya entikdi, galstugini bo‘shatib entikdi. 
«O’sha-o‘sha qabriston, — deya entikdi. — Tirik murdalar qabristoni!» 
58 
Xiyoldan keyin boshliq chiqib keldi. Boshliq Botir firqani qo‘ltiqlab oldi. Skameykaga olib 
borib o‘tirg‘izdi. Tevarakka qarab bosh irg‘adi. 
— Ha-a, o‘zingiz yaxshimisiz, otaxon, o‘zingiz? — deya bosh irg‘adi. — O’zingiz 
qalaysiz endi, o‘zingiz? 
— Shu, ko‘rib turibsiz? 
Ichkaridan sanitar yigit chiqib keldi. 
— Bo‘ldi, Napoleonni ham, Petr Perviyni ham... bog‘lab tashladim! —dedi. 
— Endi, Napoleon bilan Petr Perviyni reanimatsiya xonasiga olib kiring. Napoleonga... 
sulfozin bering, sulfozin! Petr Perviyga esa... skipidar bering, skipidar! Qo‘shin tortib, 
urush ochish oqibati nima bo‘lishini bir bilib qo‘ysin! 
— Bo‘ldi, boplaymiz! 
Boshliq Botir firqaga bet bo‘ldi. 
— Ha-a, o‘zingiz yaxshimisiz, otaxon, o‘zingiz? Qalaysiz endi, otaxon? 
— Hozircha bir navi. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling