Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
shunday bo‘ladi, turish-turmush ham shunday bo‘ladi. Biz yashagan jamiyat — 
sotsializm jamiyati edi. Biz qurmoqchi bo‘lgan jamiyat — kommunistik jamiyat edi. 
Bilasiz, sotsializm jamiyati aqlli shaxslarni jini yoqtirmas edi. Sotsializm aql-zakovatli 
shaxslarni bir chetga surib qo‘yar edi, ovozini chiqarmas edi. Chunki sotsializm aql-
zakovatli shaxslardan ko‘rqar edi! 
Mana, vatanimizga ham ozodlik shamoli ufurib, bizga ham erkinlik huquqi tegdi. Biz ham 
o‘z so‘zimizni aytish haq-huquqiga ega bo‘ldik. Buning uchun xudoga ming qatla 
shukurlar bo‘lsin! Biz nega yetmish yil och-nahor yashadik? Chunki biz sotsializm tuzumi 
zanjirida yashadik. Sotsializm tuzumi qonimizni so‘rib keldi. Sotsializm mehnat 
haqimizning uchdan birini berib keldi, gadoyga beriladigan mehnat haqini berib keldi. 
Natijada, biz gadoylarcha yashadik. Biz kommunizm uchun suv tekin mehnat qilib 
yashadik. Peshona terimiz bilan topilgan mehnat haqimizni esa, SSSR otli ajdarho o‘z 
domiga tortib keldi. Biz esa, quruq qo‘l bilan qolaverdik. 
SSSR bizni aldadi. SSSR bizning mehnat mahsulotlarimizni, yer osti-er usti 
boyliklarimizni tashib ketdi. Biz endi o‘z yurtimizga o‘zimiz bosh bo‘lishimiz kerak. Biz 
endi o‘z mulkimizga o‘zimiz egalik qilishimiz kerak. Biz endi xalq bo‘lishimiz kerak, xalq!
Gulduros qarsaklar bo‘ldi. 
Qayta quruvchi demokratlar birin-ketin so‘zladi: 
— Bundan besh-olti kun oldin Moskvada bo‘lgan Orol kunlari yangicha tushuncha va 
yangicha ekologik tafakkurning bugungi jarayondagi real imkoniyatlarini namoyish etdi. 
Millionlab insoniyat umid nigohini tikib turgan Orol fojiasi insoniyatni mudhish fojialardan 
ogoh etuvchi achchiq saboq sifatida qayd etil-di. Anjumanda Orol taqdirini hal etuvchi 
tadbirlar dasturi olg‘a surildi... 
— Sharqiy daryolarda besh-olti yilcha umr ko‘ruvchi keta, mittigina baliq bor.Tabiat 
keta balig‘iga go‘zal va fojiali umr ato etgan. Keta balig‘i nasl qoldirish uchun yuzlab 
kilometr yo‘l bosib, toza suvlarga suzib keladi. Toza suvda urug‘ tashlab... jon beradi. 
Ya’ni, zurriyot uchun o‘zini... qurbon qiladi. Biz insonlar-chi? Avlodlarga nima qoldirib 
ketyapmiz? Nahotki, shu mittigina keta balig‘ichalik bo‘lmasak? 
— Paxtani «oq oltin» deb, ko‘klarga ko‘tardilar. 
Boshqa barcha noz-ne’matlardan yuqori qo‘ydilar. Bu bir yoqlama siyosat barcha noz-
ne’matlarni dalalardan surib chiqardi. Paxta deb... Orolni mana shu fojiaga olib keldi. Bu 
fojialar uchun paxta yakkahokimligi aybdor. Bunga yo‘l qo‘yib bergan rahbarlar aybdor! 
Minbarda oppoq liboslik bir otinbibi bo‘y berdi. Otinbibi yuz ochdi. 
Bu — Dilya bo‘ldi! Mirzaxo‘jaevalar sulolasidan bo‘ldi. 
«Bu juvon... suyuqoyoq edi, — o‘yladi Botir firqa. — Yuz-ko‘zidan... hamon o‘sha-o‘sha! 
Ana, yuzlari suyuq, suyuq! Ko‘zlari... g‘ar, g‘ar!» 
Dilya qog‘ozini ochdi. Qog‘ozini o‘qidi: 
— Olloi taolo yakshanba kuni quyosh, osmon, yerni yaratdi. Dushanba kuni oy, kun, 
yulduzni yaratdi. Seshanba kuni qush, qurt, qumursqani yaratdi. Chorshanba kuni suv, 
shamol, bulutni yaratdi. Jumladan, dov-daraxtni, o‘t-o‘lanni yaratdi. Ayni ana shu kuni 
rizq-nasiba-da ulashib berdi. Payshanba kuni jannat bilan do‘zaxni yaratdi. Nihoyat, Olloi 
taolo juma kuni... odamzotni yaratdi! Shanba kuni yaratmadi. Olloi taolo shanba kuni... 
dam oldi! Shu bilan hafta yetti kun bo‘lib qoldi. Nechun hafta yetti kundan iborat bo‘lib 
qoldi? Nechun hafta olti kun bo‘lmadi yo sakkiz kun bo‘lmadi? Sababi, toqlik — faqat 
Olloi taologa xos. Toqlik — faqat Olloi taologa yarashadi. Chunki Olloi taolo yagonadir, 
yagona! Men ana shu yakkayu yagona Olloi taolo nomidan so‘rayman: sovet 
kommunistlari orden-medallarini topshirsin! 
Botir firqa gap tagini ilg‘amadi. Gap mag‘zini anglamadi. Derazaga qarab xayol so‘rdi: 
«Ana endi, qayta quruvchilar xudoni nomidan so‘zlagich bo‘libdilar. Kelib-kelib, xudoni 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling