Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
75 kiydirdi. Baxmal shlyapa kiydirdi. Kitel-kostyumga Mehnat Kizil Bayroq ordenini taqib qo‘ydi. — Nega shu ordenni taqyapsiz, rais bova? — dedi. — Yig‘ilish «O’zbekistonda suv xo‘jaligi ishlari» deb atalar emish. — Ha-a, shu ordenni Katta Farg‘ona kanalidan olib edingiz-a? — Shunday, Katta Farg‘ona kanalidan olib kelib edim. — Shungayam, kim qancha vaqt bo‘ldi-ya? — O’ttiz to‘qqizinchi yilda edi. Avji saratonda boshlab, sumbula tuqqanida qazib bo‘lib edik. — Qayta quruvchilar Katta Farg‘ona kanali kunini o‘tkazar emishmi? — Bu bir gap. Aslida, qayta quruvchilar gapni Orol dengiziga olib kelib ulamoqchi. — Orolga ulasa, sizga nima. Siz xizmat qilib qo‘ygansiz. Mana isboti — orden! — Iya, ha-da, ha! Katta Farg‘ona kanalini qirq besh kunda qazib tashlaganmiz, qirq besh kunda! Yana-tag‘in, ketmon bilan qaziganmiz, faqat ketmon bilan! U vaqtlarda texnika qaerda edi! — Ordeningiz uzukni ko‘ziday yarashib turibdi. O’zingizni ordeningiz ekanligi shundaygina ko‘rinib turibdi. Faqat shu... ust-boshingiz ajabtovur-da, rais bova. — Ust-boshimga nima qipti? Manavi galife shim frantsuz generali Galife nomi bilan ataladi. Bir so‘z bilan aytsak, men frantsuz generali Galife nomi bilan ataluvchi shim kiyaman! Manavi ukraincha ko‘ylak. Xrushchevskiy ko‘ylak! — Bilaman, bilaman. — Bir vaqtlar, bunaqa ukrainskiy ko‘ylak faqat... ikki kishida bor edi, ikki kishida! O’rtoq Xrushchevda bor edi va ... menda bor edi! — Bilaman, bilaman. Endi, shu ust-boshni... vaqti o‘tib qoldimikin deyman-da? — Vakti o‘tmaydi. Men bor — galife shim bor, men bor — ukrainskiy ko‘ylak bor! — Qayta quruvchilar... kulmasa edi, deyman-da? — Qayta quruvchilar — boshsiz chavandoz! Demokratlar — boshsiz chavandoz! Qayta quruvchi demokratlar qayoqqa ketyapti, nega ketyapti — o‘zlariyam bilmaydi! Qayta quruvchi demokratlar o‘zlarini o‘zlari hurmat qilmaydi. Qayta quruvchi demokratlar o‘z qadr-qimmatlarini bilmaydi, o‘z izzat-obro‘larini bilmaydi. Shu bois, qayta quruvchi demokratlar... o‘zlariga ishonmaydi, safdoshlariga ishonmaydi. Oqibat, huzur-halovatini yo‘qotadi, jig‘ibiyron bo‘ladi. Oqibat, o‘zini ko‘z-ko‘z etish, otashin nutqlar so‘zlash — qayta quruvchi demokratlar uchun tasalli-taskin bo‘ladi. Oqibat, qayta quruvchi demokratlar uchun mansab-martaba, shon-shuhrat — dori-darmon bo‘ladi. Shunday ekan, qayta quruvchi demokratlar kuladimi, yig‘laydimi — sadqai sarima! — Xo‘p, yaxshi borib keling, rais bova. Botir firqa yo‘lda tevarak-atrofni tomosha etib yurdi. To‘xtab-to‘xtab yurdi. Pichir-pichir etib yurdi. Lenin haykali qabatidan o‘tdi. Haykal qabatida oyoq ildi. Baxmal shlyapasini boshidan oldi. Lenin haykaliga qarab... bosh egdi. Lenin haykaliga qarab... bosh irg‘adi. — Salomlar bo‘lsin, o‘rtoq Lenin! — dedi. Shlyapasini boshiga qo‘ndirdi. Yo‘lida davom etdi. Yig‘ilishda odam mo‘l bo‘ldi. Botir firqa bir chetdan joy oldi. Shlyapasini tizzasiga kiydirdi. Tanish-bilishlar bilan bosh irg‘ab salom-alik etdi. Raislik etuvchi kirish so‘zi bilan yig‘ilishni ochdi. Birinchi bo‘lib Madiev so‘zladi. — Xonimlar va janoblar! — dedi Madiev. — Jamiyat qanday bo‘lsa, inson ham shunday bo‘ladi. Jamiyat qanday bo‘lsa, hukumat ham shunday bo‘ladi, huquq-tartibot ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling