Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
— Endi, gap bunday, otaxon. Siz ham, o‘rtoq Rajabov ham ona-vatanga xizmat qilib 
qo‘ygan zotsizlar! Shu sabab, men sizlarga yomonlik sog‘inmayman. Aslo, haligilar 
holiga tushmangizlar. Shuning uchun o‘rtoq Rajabovga tayinlab qo‘ying, aql bilan ish 
qilsin. 
— Obkom Rajabov aqlli kommunist! Nima qilishini biladi. 
— Ko‘rdik... kelganida aqlini ko‘rdik! 
— Obkom Rajabovni... ichkilik yo‘ldan ozdirdi. 
— Men sizlarga yomonlik sog‘inmayman. Qulog‘iga shivirlab qo‘ying, o‘zini bossin. 
Bo‘lmasa, haligilarday bo‘ladi. Haligilar dastlab kelishida... tuppa-tuzuk odamlar edi! 
Ana, oqibatini ko‘rdingiz? 
— O’zi, bular kim? 
— Kim bo‘lardi, narkomanlar, alkashlar-da. Bular o‘zini: «jef», «mulka», «ignaga 
o‘tirgan», «chifir», deb ataydi. Bularni oti shunaqa. Ko‘zingiz tushmadimi, «ignaga 
o‘tirgan»larni vena qon tomirlari oldida ukollar izi bor? Qo‘llarida tatuirovkalar bor? 
— Obkom Rajabovni bularga teng qilmang, uka. 
— Kechagiday bayroq ko‘tarib baqiraversa... davolovchi vrachlar bitta ukol beradi... 
haligilarday bo‘lib qoladi, tamom! 
— Ukol... foydali bo‘ladi shekilli? 
— Siz aytgan ukollar boshqa, otaxon, boshqa. Masalan, sulfozin ukolimiz bor. Ana shu 
sulfozin ukoli berilsa... shunday og‘riydi! Og‘rig‘i do‘zax azobi bo‘ladi. Kasalni tan 
harorati... qirq gradusga ko‘tariladi. Bitta sulfozindan keyinoq kasal dod, deb chinqiradi. 
O’zini uyoq-buyoqqa olib uradi. Palata bo‘ylab baqirib chopadi. Kasal bitta sulfozindan 
keyin tartibga kelmasa, unda, ikkita kuragi ostiga bittadan sulfozin beriladi. Keyin, 
kasalni qo‘llari... shol bo‘lib qoladi! Kasalni dumbalariga bittadan ikkita sulfozin beriladi. 
Undan keyin, kasalni oyoqlari yurolmay qoladi! Qarabsizki, kasalni qo‘llari ham 
ishlamaydi, oyoqlari ham yurolmaydi. Kasal qo‘l-oyoqsiz bo‘lib qoladi! Bu holatni 
meditsinada: «to‘rt uyali uslubda davolash», deydilar. Mana, ukol bilan davolayapmiz
deydilar. Aslida esa, sulfozin ukoli... tayoq, darra vazifasini bajaradi! Sulfozin... jazo 
ukolidir! To‘g‘ri, sulfozin vaqtincha talvasa-telbalikni bosadi. Kasalni vaqtincha karaxt 
qilib uxlatadi. Ammo kasalni... umrbod ruhiy kasal qilib qo‘yadi! Yarim jon qilib qo‘yadi! 
Skipidar deganlari... sulfozindan ham yomon! Skipidar ukoli ham kaltak va darra sifatida 
ishlatiladi. Skipidar oyoq-qo‘lni... shol qilib tashlovchi... chilvir-arqon o‘rnida 
foydalaniladi. 
— Kasal odamni chilvir-kaltak bilan davolaydimi? 
— Sovet meditsinasida kasalni davolash uchun chilvir bilan kaltak ishlatish... qoloqlik, 
ibtidoiylik sanalar edi-da. Kasalni ursa — iz qoladi, shish qoladi, qon ketadi. Kasal ko‘rish 
uchun kelgan qarindosh-urug‘lari buni ko‘rib nima deydi? Albatta, yuqoriga shikoyat 
yozadi. Tekshir-tekshir o‘tkazadi. Sulfozin bilan skipidar ukoli esa... bilinmaydi, 
ko‘rinmaydi. 
— Uka, jon uka! — deya sapchib turdi Botir firqa. — Obkom Rajabovni ozod qiling! 
Bizni Rajabovni ozod qiling, jo-o-on uka! 
— Xo‘p, bosh vrach Mirzaev bilan maslahatlashay. Ertagayam kelasizlarmi? Unda, 
o‘rtoq Rajabovga aytinglar: uch-to‘rt kun o‘zini bosib tursin, xo‘pmi? Xo‘p, xudoni 
panohiga! 
59 
Kampiri Botir firqaga bo‘qoqlik shim kiydirdi. Ukraincha ko‘ylak kiydirdi. Kitel-kostyum 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling