Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
67 hukumat xalq ziyoniga siyosat olib boradi. Aslida esa hukumat — xalq posbonidir, xalq himoyachisidir. Xalqni xalq qiluvchi — hukumat. Xalqni ichki-tashqi ofat-g‘animlardan himoya etuvchi — hukumat. Oppozitsiya, oppozitsiya! Ana, xalq g‘animi kim! Afsuslar bo‘lsinki, xalq oppozitsiyani... do‘st deb biladi. Xalq oppozitsiyani... advokat deb biladi. Shu bois, xalq hamisha oppozitsiyani... hukumatga qarshi qo‘yadi. Xalqni o‘ziyam oppozitsiyaga qo‘shilib... hukumatga qarshi otlanadi. Aslida esa, oppozitsiya — xalq himoyachisi niqobidagi... xalq dushmani! Shunday, oppozitsiya — xalq dushmani! — Qayta quruvchilar loy chaplamagan odam qolmadi. Qayta quruvchilar boshidan mag‘zava ag‘darmagan odam qolmadi. Bir kuni radioni qo‘yib edim, qayta quruvchilar radiodan... Xrushchevga mag‘zava to‘kdi. — Radiodan mag‘zava to‘kdi? — Ha, kuppa-kunduz kuni! Xrushchevni boshiga... radiodan mag‘zava to‘kdi. Xrushchev — arpa un, dedi. Xrushchev — makkajo‘xori, dedi. — Makkajo‘xori bo‘lsa nima bo‘pti? Makkajo‘xori — dala malikasi! Shunday, makkajo‘xori dala malikasi, mo‘l-ko‘l ozuqa. Xrushchev davrida asrlar mobaynida qaqrab yotgan cho‘l-biyobonlar... bog‘-bo‘ston bo‘ldi, shahar-qishloq bo‘ldi. Xrushchev davrida odamzot fazoga uchdi. Xrushchev davri... oyga uchdi! Gagarin, Gagarin! — Brejnev davrini aytmaysizmi, Brejnev? Hay, bir davr edi-da... — U-u-u, Brejnev davri, Brejnev davri! Brejnev davri — sokin davr edi, osuda davr edi, suv sepganday jimjit davr edi! Brejnev davrida turmush bir maromda davom etar edi. Biror o‘zgarish bo‘lmas edi, biror yangilik bo‘lmas edi. Barcha narsa joy-joyida kimir etmay turar edi. Brejnev davri... mangu haykal edi, mangu haykal! Brejnev davrida... quyosh yorqin nur sochar edi! Brejnev davri quyoshi... yarqiroq edi! Brejnev davrida... suvlar sokin-sokin oqar edi! Suvlar... qilt etmas edi. Brejnev davrida... osmon musaffo edi! Olam ko‘m-ko‘k edi, daraxtlar yam-yashil edi. Ko‘katlar bodroq-bodroq edi. Brejnev davrida... shabadalar mayin-mayin esar edi! Brejnev davri... bolalari-da mo‘min-qobil edi! Katta-kichikka izzat-hurmatda edi. Or-nomusli edi, diyonatli edi. Brejnev davri keksalari... Misoli toshkitob, misoli toshoyna, misoli tarix! Mana, manavi ajinlarim — kolxoz-sovxoz tuzish, manavi ajinlarim — cho‘l-biyobonlarni o‘zlashtirish, manavinisi — million-million tonnalab paxta terish... Ajinlar — umr, ajinlar — yodgorlik. Brejnev davridan yodgorlik. — Brejnev davrida barcha sizni o‘rtoq Esonov, der edi, Botir firqa, der edi. — Endi esa... Qizil, deydi, Qizil! — Brejnev davrida bizni quyuq-quyuq ziyofatlarga chaqirar edi. Bizni to‘rga o‘tirg‘izib qo‘yar edi. Sovg‘a-salomlar berar edi. Sirg‘alar, uzuklar berar edi. Oldimga noyob-noyob sarpolar qo‘yar edi. Siz nomer birinchi erkak edingiz, men nomer birinchi ayol edim. — Endi esa, bizni familiyamiz... pensionerlar! XX asrni qurgan million-million kazo- kazolarni familiyasi bitta — pensionerlar! XX asrni yaratgan million-million kazo- kazolarni familiyasi bitta — veteranlar! Juda hurmat-e’zoz etsa — qariyalar! Bir asrcha el-yurt uchun ter to‘kkan million-million partiya-sovet arbobida... familiyada qolmadi, unvon-da qolmadi, orden-da qolmadi! Hatto, familiyasidagi... «o‘rtoq» qo‘shimchasi-da qolmadi! — Sovet tuzumi... oydaygina tuzum edi-ya! Oydaygina tuzumni yo‘q qilishdi-ya? — Sovet tuzumini birov yo‘q qilmadi. Sovet tuzumi... o‘zini-o‘zi yo‘q qiddi. O’rtoq Lenin bilan o‘rtoq Stalin yaratgan sovet tuzumi diktatura asosiga qurilgan edi, irib bitgan ideologiya asosiga qurilgan edi, chirib ketgan siyosiy tarmoqlar asosiga qurilgan edi. Shu bois, oldin KPSS qulab tushdi. Keyin, SSSR ag‘anab tushdi. Bu birin-ketin fojia nimadan bo‘ldi: Gorbachev, Gorbachev! O’rtoq Gorbachev Kremlga kelib, o‘ta keskin ham siyosiy yo‘l tanladi: davlat bilan partiya funktsiyasini bo‘lib-bo‘lib tashladi. Ideologiya bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling