Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
peshonada uzun-uzun chiziqlar — olis-olis yo‘llar bo‘lsa. Mazkur chiziq-yo‘llar 
sermashaqqat taqdirdan so‘ylab tursa, el-yurt tarixidan so‘ylab tursa. Peshona degani 
misoli bir tarix kitobi bo‘lsa, misoli bir qomus bo‘lsa. O’rtoq Esonov... insonda mazmun-
ma’noli yuz bo‘lsa! Bu yuzda... mo‘l-mo‘l ajinlar bo‘lsa, mashaqqatlar ramzi bo‘lgan 
tirtiqlar bo‘lsa, turli-tuman dardlar asorati bo‘lsa! Bu yuzda... zo‘r qayg‘ular tamg‘asi 
bo‘lsa, ko‘rgiliklar belgisi bo‘lsa, qora kunlar suvrati bo‘lsa! O’rtoq Esonov, inson 
ko‘zlarida... mung bo‘lsa, qayg‘u bo‘lsa, dard-alam bo‘lsa! Inson ko‘zlari ham... tarihdan 
so‘ylab tursa, ham... kelajakka chorlab tursa! Inson ko‘zlari ostida qavat-qavat... ajinlar 
bo‘lsa! Ushbu ajinlar varaq-varaq... tarix bo‘lsa! Inson ko‘zlari ostida dumaloq-
dumaloq... xaltalar bo‘lsa! Ushbu xaltalar yaxshi-yomon kunlarni bekitib yotgan bo‘lsa... 
O’rtoq Esonov, ana shunday ko‘zlarga qarab o‘tirsa bo‘ladi! Ana shunday peshonalarga 
ergashsa bo‘ladi! Ana shunday yuzlarga quloq solsa bo‘ladi! 
— Bularni maqsadi qayta qurish emas. Bular leninchi keksa avlodni chetga surib 
tashlasak — marra bizniki bo‘ladi, deb o‘ylayapti. Leninchi avloddan qutulib olsak — 
tantana qilamiz, deb niyat qilyapti. Hamma mansab-martabalarni egallab olib — 
davrimizni surib yotamiz, deb maqsad qilyapti.
— Shunday, o‘rtoq Esonov, shunday. 
— Bular o‘zlarini qayta quruvchi, deb yuribdi. Bular qayta quruvchilar emas, bular... 
qayta buzuvchilar! Ha, o‘rtoq Rajabov, bular — qayta buzuvchilar! Qayta buzuvchi 
bo‘lganda-da... nonko‘r buzuvchilar! Ko‘rnamak buzuvchilar! 
— Shu donoligingiz uchun... ikki choynak choy olib kelmasam bo‘lmadi. 
— Qimirlamang, o‘rtoq Rajabov, o‘zim olib kelaman. 
— Men sizning aql-zakovatingizga... obkomdayoq qoyil bo‘lib edim! Endi esa — men 
sizga sig‘inaman! 
— O’rtoq Rajabov, siz obkomni birinchi sekretarisiz, byuro a’zosiz! Siz o‘tiring, o‘zim 
choy olib kelaman. 
52 
— Xonimlar va janoblar! — dedi Madiev. — Keyingi yillarda iqtisodiy va ma’naviy, 
siyosiy turmushimizdagi tarixiy o‘zgarishlar, ulkan burilishlar o‘zbek xalqi hayotini 
tamomila o‘zgacha baholashga ehtiyoj o‘yg‘otmoqda. Qonli Oktyabr to‘ntarishidan keyin 
boshlangan va haligacha davom etib kelayotgan e’tiqodlar kurashi, g‘oyalar kurashining 
g‘oyatda qarama-qarshiligi bugunga kelib hammaning diqqat markazida turibdi. Keskin 
kurashlardan iborat bu mafkuraviy siyosatlar ichida milliy masala alohida o‘rin tutadi. 
Botir firqa bir qimirlab oldi. Uyoq-buyog‘iga qaradi. Madievni nutqidan hayron bo‘ldi. 
«Galvars... gapni olisdan boshladi. Yaxshilikka bo‘lsin... — deya o‘yladi. — Baribir, gapini 
bizga olib kelib taqaydi. Ishqilib, otimni atamasa bo‘ldi. El-yurt oldida sharmanda 
qilmasa bo‘ldi». 
Tarihdan ma’lumki, turli-tuman xonlar o‘zbek mo‘min-musulmonlarining qonini so‘rib 
keldi... teri-sini shilib keldi, musulmonlarning o‘sib-ulg‘ayishiga, yuksak taraqqiy etishiga 
to‘g‘anoq bo‘ldi. Sobiq totalitar tuzum mo‘min-musulmonlar o‘z aql-hushlarini yig‘ib 
olmasliklari uchun, ma’naviy va madaniy rivojlanmasliklari uchun, milliy madaniyat va 
milliy til taraqqiy etmasligi uchun, bir so‘z bilan aytganda — o‘zligini anglab olishiga yo‘l 
bermaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha chora-tadbirlarni ishlab chikdi va amalga tadbiq 
etdi. Mo‘min-musulmonlar o‘ris jallodlari zulmi ostida bir amallab kun kechirdi. 
Qonxo‘rlar mo‘min-musulmonlarni «yovvoyi», deb atab keldi... 
Botir firqa misoli... yangi kino ko‘rdi. Misoli yangi kinoda yangi qiyofa ko‘rdi. Shu 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling