Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


partkom, raykom, obkom, gorkom... xullas, kommunist, ha, kommunist! Keling


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com


partkom, raykom, obkom, gorkom... xullas, kommunist, ha, kommunist! Keling, 
masalani partiyaviy hal etaylik: o‘rtoq Yeltsin kommunist bo‘lmasa, prezidentlik 
shohsupasigacha ko‘tarilib kela olar edimi? Yo‘q, ko‘tarilib kelmas edi. O’rtoq Yeltsin 
kommunist bo‘lmasa... prezident bo‘lolmas edi! O’rtoq Yeltsin g‘ayrat-shijoat bilan qayta 
qurib boshladi. Ishonch-e’tiqod bilan demokratiya tuzib boshladi. O’rtoq Yeltsin 
o‘tmishidan qechmadi. Ya’ni o‘zidan kechmadi. O’rtoq Yeltsin yo‘lini o‘zgartirdi, xolos. 
— Bu borada o‘rtoq Yeltsinni protopop Avvakum bilan qiyoslasa bo‘ladi. Avvakum ota-
bobolardan qolgan qadriyatlar va o‘tmish meroslarini qayta tiklash, asrab-avaylash 
uchun kurashadi. O’rtoq Yeltsin ham Avvakum misol yo‘ldan bordi. 
— Mana shu qayta quruvchilar oldin kim edi? Men hamma qayta quruvchi o‘rtoq 
Yeltsinga o‘xshab, oldin obkom bo‘lsin, demayman. Axir, yangi tuzum demak — yangi 
qurilajak imorat demak. Yangi imorat qurish uchun kuch-quvvat kerak, mablag‘ kerak, 
malaka kerak. Men mana shu Madievni she’rlarini o‘kiganman. She’rlarida hayotdan 
nishona bo‘lsa — o‘lsin agar! Avangard shoir emish. Frantsuz avangardlariga taqlid qilib, 
besh-oltita she’r yozgan. Frantsuz avangardlari qachonlardir o‘tib ketgan. Bu zot 
frantsuz avangardizmiga... endi yetib kelibdi! Shu besh-oltita she’riniyam o‘zicha eplay 
olmay, frantsuzlarga taqlid qilib yozibdi. O’zidan chiqarib, to‘rtta she’r yozolmagan zot... 
qanday qilib qayta quradi? O’zining to‘rtta mustakil fikri yo‘q zot... qanday qilib 
demokratiya quradi? 
— Bulardan nima umidu, nima xayr, o‘rtoq Rajabov. 
— Unda, kimdan umidlanish kerak? Dehqon o‘z oti o‘zi bilan dehqon. Dehqon 
bechoraga ketmon bo‘lsa bo‘ldi. 
Bular mansabga talpinyapti, o‘rtoq Rajabov, mansabga! Mayli, davri kelibdi, 
mansablarni egallasin. Ammo-lekin biz demokratmiz, deya ko‘krak uradi. Yaxshi, 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling