Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
— Men ham shunday deb o‘ylayman. Qaytanga sovet davrida yaxshi edi. 
— To‘g‘ri, sovet davrida xalq qonunlardan qo‘rqib... kamtarona yashar edi! Sovet xalqi 
insof bilan ish qilar edi. Sovet xalqi og‘zini katta ochmas edi. 
— Sovet xalqi ko‘p sabr-qanoatli xalq edi. Sovet xalqi bor bo‘lsayam, yo‘q bo‘lsayam... 
boriga shukur qilar edi! Sovet xalqi qorni och bo‘lsayam... boriga shukur qilar edi! Boisi, 
sovet tuzumi ko‘p xalqparvar tuzum edi, ko‘p mexr-oqibatli tuzum edi. Sovet tuzumini 
baynalminalligini aytmaysizmi, baynalminalligini! 
— Lekin sovet davriniyam tashvishlari ko‘p edi. Shu bugungiday esimda: sovet 
rahbarlari siyosiy taftish uchun kelar edi. Sag‘analardagi: «Xudo rahmat qilsin», «Joyi 
jannatda bo‘lsin», degan bitiklarni o‘chirtirib tashlar edi. Marmar toshlardagi yarim oy 
shakllarini o‘ydirtirib tashlar edi. Qabrlarni nom-nishonsiz qoldirganlari kamday, «Yana 
shunday takrorlasam, jinoiy javobgarlikka tortinglar», degan tilxat yozdirib olardi. 
— Mabodo o‘shalar orasida... men yo‘qmidim? 
— Yo‘q, siz yo‘q edingiz. Bo‘lsangiz, tanir edim. Rahbarlar ham har xil bo‘ladi. Ichida 
bir... xudo bezorisi bor edi! Xudo yo‘q-xudo yo‘q, deb do‘q urar edi. Mana, xudo bor 
ekan, bechorani... jinni qilib qo‘yibdi! 
— Jinni? Yo‘g‘-e? 
— Ha-da! Savdoyi bo‘lib, jinnixonada yotgan emish! Familiyasi... ha, familiyang 
qursin... ha-ha, Rajabov, Rajabov! Padaringga la’nat, bir kelib: «Toshlardagi duoi 
fotihalarni o‘chir», dedi. Ikki kelib: «Sag‘analardagi bayt-g‘azallarni o‘chir», dedi. Jonga 
tegib edi! Ana, xudoni o‘zi ko‘rsatdi. Jinni qilib qo‘ydi, jinni! 
— Rajabov... Rajabov... ha, tanish familiya, tanish. Jinni emasdir-e? 
— Endi, psixbolnitsada yotgandan keyin... kim bo‘ladi? Imom-xatib bo‘ladimi? Albatta, 
jinni bo‘ladi-da! 
— Rajabov, Rajabov... 
— Ana o‘sha: «Barcha qabr toshlar ustida besh qirralik yulduzlar porlab tursin», deya 
buyruq berib ketar edi. Buyog‘iga nima deysiz? 
Botir firqa nafas yutdi. Qilt etib yutindi. Derazadan tashqari qarab oldi. Birdan 
sergaklandi. Birdan jonlandi. 
— Bizga... besh yulduz yaxshi! — deb yubordi. 
— Xo‘p, siz omonatingizni bemalol topshirib kelavering. Buyog‘ini bizga qo‘yib bering. 
— Nima qilay-nima qilay? 
— Siz oldin omonatingizni berib keling. Buyog‘ini biz boplaymiz! 
66 
Odamzotni yoshi qaytsa... marosimma-marosim yuradi. Ma’rakama-ma’raka yuradi. 
Chaqirsa-da boradi, chaqirmasa-da boradi. Orqavoratdan eshitib qolsa-da, boradi. Gap 
yo‘q, so‘z yo‘q — qo‘li ko‘ksida kirib boradi. 
Odamzot martaba-mansabda ekanida... ana shu dargohlarga qo‘y so‘yib chaqirsa-da 
bormaydi! Odamzot oyog‘i uzangida ekanida... ana shu marosimlarga yalinib-yolvorsa-
da bormaydi! 
Botir firqa-da ana shunday bo‘ldi. 
Bir professor qazo qipti, deyishyapti, — dedi kampiri. 
— Xudo rahmat qilsin, nechada ketibdi? 
— Hali payg‘ambar yoshiga yetmagan ekan. Bir balo kasal ekan, deyishdi. 
— Xudo rahmat qilsin. Dard yomon, o‘z vaqtida qaratmasa yomon. 
Yonboshlab yotmish Botir firqa qo‘zg‘oldi. Marosim uchun tayyor bo‘ldi. Ko‘chaga yo‘l 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling