Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
chetginasida o‘tirib, duoi fotiha o‘qing. Hali duoniyam bilmaysizmi? Unda, yon 
daftaringizni oling. Qani, yozing... 
Botir firqa yon daftarini ko‘krak cho‘ntagiga soldi. Ruchkasini joyiga qistirdi. Ohista 
qo‘zg‘oldi. 
— Kelib turing, keladigan joyingiz, — dedi tosh bitikchi. — Ha, keladigan joyingiz! 
— Keladigan joyimiz, shunday, keladigan joyimiz! 
68 
Botir firqa marhumlar shahri aro ravona bo‘ldi. 
«Bilaman, keladigan joyim, bilaman, — dedi. — Ammo-lekin qanday qilib kelaman?» 
Botir firqa marhumlar shahrini sayr etdi. Shahar yo‘laklari bo‘ylab sayr etdi. 
Marhumlar shahri obod ham sarishta bo‘ldi. Marhumlar shahri xushhavo ham 
xushmanzara bo‘ldi. 
U shaharni sayr etdi-etdi — qaytib ketmoqchi bo‘ldi. 
Shunda, oppoq panjarali bir qabrga ko‘zi tushdi. Marmardagi marhum siymosi ko‘zlariga 
issiq-issiq ko‘rindi. 
U ana shu qabr oldida oyoq ildi. Cho‘ntagidan qo‘llarini oldi. Ko‘zoynagini peshladi. 
Marmardagi siymoga tikildi... 
Ana, o‘sha raykom bo‘lib o‘lmish, ammo... janozasiz ko‘milmish To‘raqulov! Ana, o‘sha 
raykom bo‘lib dafn etilmish, ammo... janozasiz dafn etilmish To‘raqulov! 
Ana-ana, hamon raykom bo‘lib yotmish, ammo hamon... janozasiz yotmish To‘raqulov! 
Botir firqa raykom To‘raqulovga tikilib qoldi... Qalbi qon bo‘ldi! Qalbi qop-qora qon bo‘ldi! 
— Ey, parvardigor! — deya kaftlarini ochdi. — Sen rahmdil va kechiruvchi zotsan, ey, 
parvardigor! Bizdan oldin o‘tgan mana shu zotlarni gunoh-ayblarini mag‘firat aylagin! 
Ana shu zotlarga nisbatan qalbingda gina-kudurating bo‘lsa, yuvib tashlagin, ey, 
parvardigor! 
Botir firqa yuzlariga fotiha surtdi. 
Shunda, yon daftari esiga tushdi. Ko‘krak cho‘ntagini paypasladi. Yon daftarini oldi. 
Barmoqlarini tupukladi. Daftarini varaqladi. Hali yozib to‘lg‘izmish betini topdi. 
Qabrni kunbotar tarafidan keldi. Panjara oldida cho‘nqaydi. Daftarchani panjara orasiga 
qo‘ydi — daftarcha siljib tushdi. Tag‘in olib qo‘ydi. Daftarcha panjara tirqishida joylashdi. 
Botir firqa daftarcha boshida joylashib o‘tirdi. Oyoqlarini ichiga qayirdi. Tizzalariga tirsak 
tiradi. Kaftlarini ochdi. Kaftlari uzra daftarchaga ko‘z tikdi. 
Machitda o‘tirmish mulla qiyofasini oldi. 
Qabr boshida oyat o‘qidi. 
So‘zlar Qur’ondan bo‘ldi, ovoz... partiyaviy bo‘ldi! Ovoz... raykomona bo‘ldi! So‘zlar 
payg‘ambardan bo‘ldi, ohang... partiya s’ezdida so‘zlovchi ohang bo‘ldi. So‘zlar oxiratdan 
bo‘ldi, ohang... raykom byurosida dag‘dag‘a etuvchi ohang bo‘ldi: 
— Assalamo alaykum ahlad diyori minal mo‘‘mina va muslimiyna va inna inshollohu 
bikum lohikun. 
Antum faratuna va nahnu lakum taba’un... 
Ana shu joyda Botir firqa chidab turolmadi. Botir firqani ko‘ngli buzildi. Botir firqani 
ko‘ngli vayron bo‘ldi. 
Botir firqa... ho‘ng-ho‘ng yig‘lab qo‘ya berdi! Botir firqa... o‘kirib-o‘kirib yig‘lab qo‘ya 
berdi! 
— Uv-uv-uv!.. — deya yig‘ladi. 
Ko‘zlarini qo‘llari yuzi bilan artib-artib yig‘ladi. Burunlarini tortib-tortib yig‘ladi. Yuz-


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling