Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
birov bilmay qolyapti. XX asrni yaratgan zotlarni qadri shu bo‘ldimi? Bilsam, ta’ziyanoma 
berish uchun — gazetaga yaxshigina pul to‘lash kerak ekan. Arpaga upoq bo‘lmas... 
pensiya qaysi biriga bo‘ladi? Hademay, urush va mehnat veteranlaridan faqat xotira 
qoladi, xolos. Hali, shu xotira qolsa! Zamon shunday ketsa, XX asrni bino etgan 
zotlardan xotira-da qolmaydi... 
— O’z joniga o‘zi qasd qiluvchilar yomon odam bo‘lmaydi, deyishadi. 
— Bo‘lmasam-chi, uka, bo‘lmasam-chi! Suitsidlar dono odam bo‘ladi, uka, suitsidlar 
halol odam bo‘ladi! Erazm Rotterdamskiy: faqat mutafakkir zotlargina o‘z joniga o‘zi 
qasd qila oladi, deb edi! 
— Sovet davrida o‘z joniga o‘zi qasd qilish juda ko‘p bo‘lar edi. Birov o‘zini osar edi, 
birov o‘zini tomdan tashlar edi. Tag‘in birov yo‘g‘on tomirini kesar edi, uksus ichar edi. 
Bir inson nima uchun o‘z joniga o‘zi qasd qilgani bilan sovet rahbarlari shug‘ullanmas 
edi. Shug‘ullansa ham... bechora marhumni o‘zini ayblashar edi. 
— O’zimiz ham... bundan mustasno emasmiz, uka. 
— O’zingiz ham? 
Beayb parvardigor, deydilar, uka. Sovet davrida... biz kommunizm quramiz, bizda 
suitsid bo‘lishi mumkin emas, deb keldik. Shu bilan suitsidga barham berdikmi? 
Aksincha, o‘z joniga qasd qiluvchilar soni yil sayin ko‘paydi. Har yili minglab inson o‘z 
joniga o‘zi qasd qildi. Biz bu holatni sovet turmush tarziga zid, deb baholadik. Suitsid 
hollarni bekitib keldik. Mabodo oshkor bo‘lib qolsa, o‘sha suitsidchini... o‘zini aybladik! 
O’z joniga o‘zi qasd qiluvchilarni... badnom qildik! Chunki eng yaxshi guvoh — o‘lik 
guvoh, deydilar. Ko‘zi yumuq inson sukut saqlab yotaveradi. Ko‘zi ochiq insonlar esa 
mazza qilib yashayveradi. Bo‘lmasa, bittagina ko‘zi yumuq inson uchun o‘nlab rahbar 
hayfsan oladi, partiyadan o‘chadi, ishdan haydaladi. Vaholanki, sovet sud-jamoat 
kodeksida: «Insonni o‘z joniga qasd qilishiga olib kelganlar besh yil muddatgacha jinoiy 
javobgarlikka tortiladi», deyilgan. Men haligacha biror rahbarni ana shu modda bilan 
javobgarlikka tortilganini eslay olmayman. 
— Unda, siz ham chatoq ekansiz, otaxon. 
— Beayb parvardigor, uka, beayb parvardigor. 
— Unda, siz bilan muloqotda bo‘lish xavfli ekan... 
— Iya, unday demang, uka, unday demang. 
Botir firqa dovdirab qoldi. Joyidan lik etib turdi. 
Apil-tapil o‘ng cho‘ntagini kovladi. Chap cho‘ntagini kovladi. Shoshib, hind choyni oldi. 
Tezlik bilan tosh bitikchini kaftiga qo‘ydi. Tosh bitikchini barmoqlarini yumib, choyni 
ushlatdi. 
— Mana, uka, mana. Haqimizga duo qilib ichasiz, deb olib keldim. 
— Bu, xind choymi? 
— Shunday, yaxshi choy, shunday. 
Nima qilardingiz, otaxon, o‘zingiz ichsangiz bo‘lardi? 
— Endi, siz el-yurtni savob ishlarini qilyapsiz, uka. El-yurt xizmatini qilyapsiz. Shu 
bois, ko‘ngildan chiqarib olib keldim. 
— Rahmat, rahmat. Ilohi omin, umringizga umr qo‘shilsin, Olloh-akbar! Men sizga 
aytsam, otaxon, bandachilik — xudoyi taoloning dargohiga mehmon bo‘lib borish, 
demaqdir. Marhumlar shahriga sayyoh bo‘lib borish, demakdir. Shunday ekan, inson 
mehmon bo‘lish uchun shoshilmasligi kerak. Mehmon bo‘lishni erta-kechi bo‘lmaydi. 
Qolaversa, o‘z joniga o‘zi qasd qilishni yomon tomonlari ko‘p. Avvalambor, o‘z joniga o‘zi 
qasd qilish — xudo oldida jinoyat qilish, demakdir. Ma’lumki, bandasiga issiq jonni 
xudoyim taolo ato etadi. Ol, qulim, deydi! Issiq jon — eng noyob bisotdir. Issiq jon — 
eng shirin ne’matdir. O’z joniga o‘zi qasd qilish — xudoyim taoloni noyob mulkiga qasd 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling