Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc


Download 372.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/67
Sana16.08.2023
Hajmi372.9 Kb.
#1667519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
Modomiki asosiy mavzudan chetlashib ketgan ekanman, shunga ko‘ra bu o‘rinda bir lirik chekinish 
qila qolay. 
Ehtimol, o‘quvchilar «Ikki hikoyadan iborat qissa» degan g‘alati sarlavhachaga e’tibor 
qilishgandir. Ha, darvoqe, shunday. Bu shunchaki avtorning xohishi bilan bo‘lgan narsa emas. 
Ma’dumki, odatda, agar zarurat tug‘ilsa, adabiy asarlarni bo‘lim, bob va qismlarga ajratiladi. Hikoya 
esa o‘z-o‘zidan ma’lumki, alohida mustaqil adabiy asardir. Biroq bu yerda gap forma haqida 
ketayotgani yo‘q. 
«Bu voqeaning tarixi uzoq!» — degan edi benzin kolonkasidagi ayol. Haqiqatan ham men so‘zlab 
bermoqchi bo‘lgan voqea juda uzoq va ehtimol, odatdagi hikoyalarga mutlaqo o‘xshamas. Men bu 
haqda allaqachon avtor tilidan kichkinagina qissa ham yozgandim. Ya’ni, tashqaridan kuzatib turib
voqea-hodisalar va kishilar xarakterlarini chizib bergandim. Shunday qilib, tasvirlanayotgan hayot 
qaynovida avtor sifatida o‘zim ham qatnashgandim. Qissani o‘qib chiqish uchun o‘rtoqlarimga 
berarkanman, birdaniga ustimga do‘lday ta’na va tanbehlar yog‘ila boshladi. Aytilgan fikrlar hech bir-
biriga to‘g‘ri kelmasdi: ba’zilar meni haq, avtor o‘z qahramonlariga nisbatan shunday pozitsiyada 
bo‘lishi kerak, deyishsa, ba’zilar meni koyishib, g‘azablanib, avtor nohaq, asarni bunday emas, 
boshqacharoq yozish kerak edi, dedilar. Ayniqsa, qissaning xotima qismi ko‘pchilikning achchig‘ini 
keltirgandi. Xullas, ular har to‘g‘rida bahslashishardi. Axloq haqida, qahramonlarning hatti-harakatlari 
haqida tortishishib, yo ularni qoralashar, yo ma’qullashardi. Ammo kishilarning hayotga nisbatan bu 
shaxsiy qarashlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha e’tirozlari menga, avtorga qaratilgan bo‘lib, go‘yo 
bularning hammasi mening xohishim bilan ro‘y bergandek edi. 
O‘rtoqlarimdan qaysi birining fikri qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini muhokama qilib 
o‘tirishni o‘z zimmamga olmayman, tahlil qilish niyatim ham yo‘q. Biroq uzoq fikr yuritishlardan 
so‘ng shunday xulosaga keldim, ya’ni qissani hayotda qay tarzda eshitgan bo‘lsam, xuddi shu tarzda 
yozishim kerak. Men bu qissani ikki kishidan eshitganman, shuning uchun ham qissa ikki hikoyadan 
tashkil topgan. U ikki kishining boshidan kechirganlaridir. Men nimani eshitgan bo‘lsam, shunigina 
yozyapman. Yaxshisi, qahramonlarning o‘zlari hikoya qilib bera qolishsin. 

Download 372.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling