Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc


Download 372.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/67
Sana16.08.2023
Hajmi372.9 Kb.
#1667519
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
Bog'liq
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
tushuntirdim so‘ng qizga. 
— Mening ismim Asal... 
Biz ovulga yaqinlasha boshladik. Endi yo‘l ancha tekis edi. Men mashinani yana qichabroq 
haydadim. Shabada kabina derazasiga urilib, Asalning boshidagi durrachasini yulqilar va sochlarini 
to‘zitar edi. Biz churq etmasdik. Ikkimiz ham iliq hislar quchog‘iga cho‘mib borardik. Tirsagi 
tirsagingga tegay-tegay deb o‘tirgan mana shu qiz haqida bundan bir soat ilgari sen hech narsa 
bilmasding, endi bo‘lsa nima uchundir faqat uning to‘g‘risida o‘ylaging keladi. Shunday paytlarda 
mashinani haydash ham juda oson, juda marokli bo‘lar ekan... Asalning ko‘nglida nimalar 
kechayotganini bilmasdim, ammo uning ko‘zlari tabassum bilan porlardi. Ehtimol, u ham menga 
o‘xshab hech qachon ajralmaslik uchun uzoq va tinimsiz yurishni istayotgandir. Bu mening orzu-
xayollarim, albatta. Shu chog‘ mashina ovul ko‘chalaridan o‘tib borayotgan edi. Shunda Asal 
mashinada ketayotgani to‘satdan esiga tushib qolgandek: 
— To‘xtating, tushaman! — dedi cho‘chinqirab. Men mashinaga tormoz berdim. 
— Yetib keldik shekilli? Shu yerda turasizmi? 
— Yo‘q, — dedi u negadir hayajonlanib, bezovtalanib. — Yaxshisi, shu yerda tushib qo‘ya qolay. 
— Nega endi? To‘ppa-to‘g‘ri uyingizga olib borib qo‘yaman! — deb uning e’tiroz biddirishiga 
imkon bermay, mashinani yana haydab ketdim. 
Shu yerda tushaman, — dedi Asal nihoyat. — Rahmat! 
— Marhamat! — dedim arang, so‘ng: — Agar ertaga mashinam yana boyagi yerda tiqilib qolsa, 
yordam berasizmi? — dedim hazil aralash jiddiylik bilan. 
U javob berishga ulgurolmadi. Yaqindagi hovlining ko‘cha eshigi ochilib, allanimadan 
tashvishlangan keksagina ayol yugurib chiqdi. 
— Asal! — deb qichqirdi u nimadandir ogohlantirmoqchi bo‘lgandek, qo‘li bilan og‘zini berkitib.
— Qayoqlarda daydib yuribsan, xudo ko‘tarsin seni! Bor, tezroq kiyimlaringni almashtir, sovchilar 
kelishdi! 
Asal uyalib ketdi. Yelkasidan kamzulini ham tushirib yubordi, so‘ngra uni yerdan oldi-da, 
itoatkorona onasi orqasidan ketdi. U eshik oldiga borganda orqasiga bir qayrilib qaradi, ammo shu 
zahotiyoq eshik «taq» etib yopildi. 
Men ko‘chadagi qoziqda bog‘log‘liq turgan egarlangan va uzoq yo‘l yurib terga botib kelgan 
otlarni endigina payqabman. O‘tirgan yerimdan turib, devor osha hovliga qaray boshladim. 
O‘choqboshida xotin-xalaj uymalashib yurishardi. Katta rux samovardan burqsab tutun chiqib turardi. 
Ikki kishi ayvonda yangi so‘yilgan qo‘y terisini shilmoqda. Xullas, sovchilarni ko‘ngildagidek kutib 
olishayotgan edilar. Mening bu yerda qiladigan ishim qolmagandi. Borib yuklarni tushirishim kerak 
edi. 
Avtobazaga kech kirganda qaytdim. Mashinani yuvib, garajga kiritib qo‘ydim. Bu yerda ancha 
vaqtgacha o‘ralashib yurdim, mashinaning u yoq-bu yog‘ini ko‘zdan kechirib, tuzatgan bo‘ldim. 
Bugungi voqeani ko‘nglimga shunchalik yaqin olganimni negadir o‘zim ham tushunmasdim. Butun 
yo‘l bo‘yi o‘zimni o‘zim dam koyirdim, dam yupatardim: «Xo‘sh, senga nima? Qanaqa ahmoqsan 
o‘zing? Axir u sening kiming bo‘ladi o‘zi? Qaylig‘ingmi? Yo singlingmi? Tasodifan yo‘lda uchrashib 
qolib, uyiga olib borib qo‘yibsan, xo‘sh, nima bo‘pti? Go‘yo ilgaridan bir-birlaringni sevib yurgandek 
kuyunishingni qara-yu! Ehtimol, u sening haqingda o‘ylashni ham istamas. Senga juda ko‘zi uchib 
turgani ham yo‘qdir! Axir qizning ayttirib qo‘ygan kuyovi bo‘lsa, sen uning kimi bo‘lasan, hech kimi! 
Yo‘lda uchragan begona shofyor bo‘lsang, senga o‘xshagan shofyorlar son-sanoqsiz-ku, axir... Yana 
birovlarning ishiga aralashishga nima hadding bor: ular quda-anda bo‘lishyapti, yaqinda to‘y qilishadi, 
ularning ishiga tumshug‘ingni suqib nima qilasan? Hammasiga tupur. Sening ishing nima? Yaxshisi, 
rulingni aylantirib yuraver!..» 
Ammo butun balo shunda ediki, o‘zimni har qancha avrasam ham u qizni yodimdan chiqara 
olmasdim. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 372.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling