www.ziyouz.com kutubxonasi
11
xizmatlari shu daraja bo’lgan ki, uni faqat qiyomat kuni Allohning O’zi qaytaradi»,—
deganlar.
Umar ibn al-Хattobning o’g’li shunday hikoya qiladi:
«Bir kuni payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hazratlari uylaridan chiqib masjidga
kirdilar. O’ng tomonida Abu Bakr, so’l tomonida Umar ibn al-Хattob bor edi. U kishi
ikkalovlarining qo’lidan tutgan holda shunday dedilar: «Biz kiyomat kuni ham shu tarzda
tirilamiz». Bu gap payg’ambarimizning o’ngu so’lidagi odamlarga bergan yuksak bahosi
edi.
Abu Bakr payg’ambar hadislaridan bir yuz qirq ikkitasini rivoyat qilgan ekan. Bu qadar
oz hadis rivoyat etilganiga sabab qilib, payg’ambardan so’ng Abu Bakrning ikki yilgina
yashaganini aytishadi.
U kishi rivoyat qilgan hadislar ichida mana shular bor:
“Sizlarga doimo to’g’ri bo’lish kerakligini tavsiya qilaman. Тo’g’rilikdan ayrilmang. Chunki
to’g’rilik bilan yaxshilik bir xil oraliqdadir.
Тo’g’ri ham, yaxshi ham — ikkalovi jannatiydurlar.
Yolg’ondan saqlaning, chunki yolg’on yomonlik bilan teppa-teng. Ularning har ikkovining
ham makoni jahannamdir.
Bir-biringizga hasad qilmang. Bir-biringizga dushmanlik qilmang, bir-biringiz bilan ahil
bo’ling, ey Allohning bandalari!
Chahoryorlar. Abdusodiq Irisov
www.ziyouz.com kutubxonasi
12
Do'stlaringiz bilan baham: |