Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 - O‘zim bilaman, - qisqa javob qildi Bekey xola. - Ahmoq, - yana ham sekinroq, lekin badxoxlik bilan shivirladi buvi. Sotuvchi bo‘lmaganidami, Bekey xolaning boplab adabini berardi. E-he, ularning qarg‘ashganini bir ko‘rsangiz... Ularning joniga yosh juvon Guljamol oro kirdi. U o‘zining Seydahmadi shaharga tushishga tayyorlanayotganini, pulsiz shaharga borib bo‘lmasligini, shu sababdan pul sarf qilolmasligini sotuvchiga tushuntira ketdi. Shu tariqa ular ko‘chma do‘kon oldida ivirsib turishdi-turishdi-da, sotuvchi aytgandek, «uch pul»ga narsa xarid qilib, uylariga tarqalib ketishdi. Shu ham savdo bo‘ldimi axir? Sotuvchi jo‘nab ketgan ayollarning orqasidan tupurib qolarkan, tezroq rulga o‘tirib jo‘nab ketish uchun qo‘qitib tashlangan mollarni yig‘ishtira boshladi. Shu payt bolaga ko‘zi tushdi. - Nimaga turibsan, shalpang quloq? - so‘radi u. Bolaning quloqlari osilgan, bo‘yni ingichka, boshi katta va yum-yumaloq edi. - Biron nima olasanmi? Olsang, tezroq kel, bo‘lmasa hozir yopaman. Puling bormi? Sotuvchi shunchaki o‘zi, bekorchilikdan so‘radi, lekin bola uzrli javob qildi. - Yo‘q, amaki, pulim yo‘q, - deb bosh chayqab qo‘ydi. - Men bo‘lsam puling bormi deb o‘ylabman, - soxta ishonchsizlik bilan gap qotdi. - Siz bu yerdagilar hammangiz boysizlar, lekin o‘zlaringni kambag‘alga solib yurasizlar... Cho‘ntagingdagi nima u, pul emasmi, axir? - Yo‘q, amaki, - dedi bola oldingidek samimiy va jiddiylik bilan yirtiq cho‘ntagini ag‘darib ko‘rsatarkan (ikkinchisi tikib tashlangandi). - Demak, pullaring tushib qolibdi-da. Chopgan joylaringni qidir. Topasan. Ular jim qolishdi. - Kimning bolasisan? - yana so‘roqqa tuta boshladi sotuvchi. - Mo‘min cholnimi, a? Bola bosh irg‘ab javob qildi. - Nabirasi bo‘lasanmi? - Ha, - bola yana bosh silkidi. - Onang qayokda? Bola hech nima demadi. Uning bu haqda gapirgisi kelmasdi. - Onang o‘zi haqida hech xabar bermaydimi? O‘zing bilmaysanmi? - Bilmayman. - Otangni-chi? Uni ham bilmaysanmi? Bola jim qoldi. - E, og‘ayni, qanaqasan o‘zing, hech nimani bilmaysan, - hazilomuz o‘pka qildi sotuvchi. - Ha, mayli, agar shunday bo‘lsa... Ushla. - U bir siqim konfet uzatdi. - Sog‘ bo‘l. Bola iymanib turardi. - Ol, ol. Meni yo‘ldan qo‘yma. Ketishim kerak. Bola konfetlarni cho‘ntakka solib, ko‘chma do‘konni yo‘lga uzatib qo‘yish uchun mashina orqasidan chopishga shaylandi. U o‘ta baroq, tanbal ko‘ppagi Baltekni yoniga chaqirib oldi. O‘razqul hamisha uni otib tashlayman, deb do‘q qilib yuradi: bunday ko‘ppakni boqishning nima keragi bor. Bobosi har doim avval bironta ovcharka topish kerak, Baltekni esa biror joyga eltib tashlash lozim, deb sabr qilishni so‘raydi. Baltekning qornidan bo‘lak tashvishi yo‘q. To‘ysa - uxlar, och bo‘lsa, o‘zinikimi, begonami, farq qilmay, duch kelgan kishiga tama bilan suykalanar edi. Mana shunaqa ko‘ppak edi Baltek. Ba’zida zerikkanidan mashina orqasidan chopib qolardi. To‘g‘ri, uzoqqa bormasdi. Jinday chopgach, orqasiga qaytardi. Dardisar it. Lekin baribir, it bilan chopish yolg‘iz chopishdan yuz marta ma’qul. Har nima bo‘lmasin, itda. Bola, sotuvchi ko‘rmasin deb, sekingina Baltekka bitta konfet tashladi. «Bilib qo‘y, - ko‘ppakni ogohlantirib qo‘ydi u, - uzoq chopamiz». Baltek unga osilib, dumini likillatardi: yana umidvor edi. Lekin bolaning boshqa konfet tashlagisi yo‘q edi: axir sotuvchini xafa qilib qo‘yishi mumkin, u bir siqim konfetni itga bergani yo‘q-ku. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling