Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
13 Xuddi shu mahal uydan buvisi chiqib qoldi. Nima bo‘layotganini ko‘rib qolgan kampir qars urdi. Supurgini qo‘liga oldi-da, buzoqqa tashlandi. Buzoq qochdi, kampir orqasidan quvdi. Bola durbindan ularga tikilgan bo‘yicha tog‘dan ko‘zga tashlanib qolmaslik uchun o‘tirib oldi. Buzoqni quvgan kampir alamdan va yugurishdan bo‘g‘ilib javragancha uyga jo‘nadi. Bola uni xuddi yonma-yon turgandek, hatto yonma-yon turganidan ham yaqinroq ko‘rdi. Bola buvisini xuddi ob’ektivda biror kishini katta qilib ko‘rsatgandek ravshan ko‘rib turdi. Bola uning jahldan qisilgan sarg‘ish ko‘zlarini, qat-qat burishgan ajinli yuzining qizarib ketganini ko‘rdi. Xuddi birdan ovozi yo‘qolib qolgan kinodagidek, durbinda kampirning yakkam-duk-kam tishlari ko‘rinib, lablari ovozsiz tez-tez qimirladi. Kampirning nima deb qichqirayotganini uzoqdan eshitib bo‘lmasdi, lekin bola uning so‘zlarini xuddi qulog‘i ostida jaranglayotgandek aniq va barala eshitardi. Uh, kampir uni rosa koyirdi! Bola nima deb qarg‘ayotganini yoddan bilardi: «Qani, qarab tur. Qaytib kelarsan-ku. Dodingni beraman. Bobongga ham qaramayman. Necha marta aytdima, shu jinnilarning o‘yinchog‘ini yo‘qotgin deb. Yana toqqa qochib ketgan. Xudo ko‘tarsin o‘sha kemangni, o‘t tushsin, cho‘kib ketsin». Bola tog‘ tepasida og‘ir xo‘rsindi. Portfel olgan, maktabga qanday otlanishni orzu qilib turgan shunday bir kunda buzoqni ko‘zdan qochirsaya... Kampir javrashni qo‘ymasdi. U koyib turib, chaynab tashlangan ko‘ylagiga tikilib qaradi. Uning oldiga Guljamol qizchasini olib chiqdi. Buvi unga shikoyat qila turib, tutoqib ketdi. Mushtini tugib tog‘ tomonga do‘laytirdi. Uning qoq suyak bo‘lgan johil mushti okulyar oldida uzoqdan dag‘dag‘a solib turardi. «Ermak topding o‘zingga. Xudo ko‘tarsin kemangni. O‘t tushsin, cho‘kib ketsin...» Hovlidagi samovar qaynadi. Qopqoq ostidan burqsib ko‘tarilayotgan bug‘ durbinda ko‘rinib turardi. Bekey xola samovarni olib ketgani chikdi. Buvisining yana jazavasi tutdi. Ma, jiyanchangning qilmishini ko‘rib qo‘y degandek, chaynab tashlangan ko‘ylagini uning burniga tiqdi. Bekey xola uni tinchitmoqchi, yupatmoqchi bo‘ldi. Bola uning nimalar deb taskin berayotganini bilib turardi. Har qachongidek, bu safar ham shunday deyayotgandir: «Xafa bo‘lmang, znajon. Esi yo‘q, go‘dak hali - nimasidan xafa bo‘lasiz. Bu yerda bironta jo‘rasi yo‘q, bir o‘zi. Qichqirish, go‘dakni qo‘rqitishdan nima foyda». Bunga buvining ham javobi shubhasiz, aniq: «Sen menga o‘rgatma. Sen oldin o‘zing tug‘ib ko‘r, bolalarni tergashni o‘shanda bilasan. U nima qilib tog‘da sanqib yuribdi? Buzoqni arqonlab qo‘yishga vaqti yo‘q. Tog‘da u nimaga buncha tikilgani-tikilgan? Sayoq ota-onasining yo‘ligami? Uni tuqqanlar turli tarafga qochib ketishdi. Senga yaxshi-da, bepusht...» Bola hatto shunday uzoq masofadan turib durbinda Bekey xolaning ich-ichiga botgan yuzlarining qanday oqarib-bo‘zarib ketganini, butun vujudi bilan titrab-qaqshab o‘gay onaning yuziga - bola xolasining qanday javob qilishini aniq bilardi - to‘rsillatib gapirib tashlaganlarini bilib turdi: «Sen o‘zing jodugar kampir, qancha o‘g‘il-qiz o‘stirib qo‘yding? O‘zing kim bo‘libsan?» G‘ala-g‘ovur boshlandi! Buvi jahldan uvvos sola boshladi. Guljamol ayollarni yarashtirishga urinib, buvini quchoqlab, yupatgani uyga olib kirmoqchi bo‘lar, u esa, battar tutoqib, hovlida jinnilardek u yoqdan bu yoqqa zir yugurardi. Bekey xola qaynab yotgak samovarni ko‘targancha dog‘ suvni to‘kib-sochib, chopgak ko‘yi uyga olib kirib ketdi. Buvi esa toliqib, mollarga suv quyiladigan nov tomonga tushib ketdi. U ho‘ngragancha yig‘lab o‘z taqdiridan qattiq kuyinardi. Bolani unutdi, zndi yaratgan parvardigorning o‘ziga, bu foniy dunyoning beparvoligiga yopishib ketdi. «Hali menga osilyapsanmi? Sen mening kimligimni so‘rayapsanmi? - buvi o‘gay qizning orqasidan g‘azablanardi.- Agar meni xudo jazolamaganda, agar u mening besh go‘dagimni bag‘rimdan yulib olmaganda, yolg‘iz o‘g‘lim o‘n sakkiz yoshida urushda o‘qqa uchmaganda, cholginam, mehribonginam Tayg‘ar suruv bilan bo‘ronda qotib qolmaganda, men siz, o‘rmon odamlarining orasida yurarmidim? Men senga o‘xshaymanmi, senga-ya, tug‘mas? Men qarigan chog‘imda sening jinnisifat otang Mo‘min bilan yashab yurarmidim? Qaysi aybim - gunohlarim uchun sen meni buncha qiynading, la’nati xudo? Bola ko‘zdan durbinni olib, g‘amgin bosh egdi. «Biz endi uyga qanday qaytamiz? - Sekingina portfelga so‘z qotdi u. - Buning hammasiga men sababchi, jinni buzoq sababchi. Yana sen ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling