Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
Faqat shugina deysizmi? O‘razqul mast-alast bo‘lib kelganda, uning hayosiz ko‘zlariga tupurish 
o‘rniga, unga peshvoz chiqib, otdan tushirib qo‘yadi, uyga suyab kiradi, karavotga yotqizib qo‘yadi, 
sovuq yemasin, boshi og‘rimasin, deb ustiga po‘stin tashlaydi, otining esa egarini oladi, yuvib taraydi
yem beradi. Hammasiga sabab - Bekey xolaning tug‘masligi. Nega shunday, dada? Istasang tuqqin, 
istamasang keragi yo‘q, deb qo‘ya qolsa bo‘lmaydimi? O‘razqul amaki Bekey xolani urganda boboga 
rahming keladi. Boboning o‘zini ursa yengil bo‘lardi. Bekey xola qichqirganda u biram qiynaladiki. 
Qo‘lidan nima ham kelardi? Qizining orasiga tushgisi keladi-yu, lekin buvi bunga yo‘l qo‘ymaydi. 
«Aralashma, - deydi u, - o‘zlari murosaga keladi. Sen cholga kim qo‘yibdi. Xotin seniki emas
joyingda o‘tir». «Axir, u mening qizim-ku!» - desa, buvi: «Xo‘sh, uying uyiga tutash bo‘lmay, uzoqda 
yashaganingda nima qilarding? Har safar ot choptirib borib ajratib kelarmiding? Shundan keyin kim 
sening qizingni xotin qilardi?» - deydi. 
Men aytayotgan buvi - bu ilgarigisi emas. Siz uni, dada, balki bilmassiz ham. Bu boshqa buvi. O‘z 
tug‘ishgan buvim yoshligimda vafot etgan. Bu buvi bo‘lsa keyin kelgan. Bizning havolarga sira 
tushunib bo‘lmaydi - bir qarasang ochiq, bir qarasang bulutli, bir qarasang yomg‘ir aralash do‘l. Buvi 
ham xuddi shunday, tushunib bo‘lmaydi. Bir qarasang mehribon, bir qarasang berahm, hech 
tushunolmaysan. Jahli chiqqanda - naq yeb qo‘yadi. Biz bobom bilan jim bo‘lamiz. Buvi: «Begonani 
qancha yedirma, qancha ichirma, undan yaxshilik ko‘rmaysan», - deydi. Men, axir bu yerda o‘gay 
emasman-ku, dada. Men hamisha bobom bilan birga yashab keldim. Uning o‘zi o‘gay bu yerda, u 
bizga keyin kelib qo‘shildi. Endi esa meni o‘gay deydi. 
Qishda biz tomonda qor meni ko‘may deydi. Eh, qor uyulib ketadi! Agar o‘rmonga borish kerak 
bo‘lsa, faqat bo‘z ot Olaboshdagina borib bo‘ladi, u ko‘kragi bilan qor uyumini surib ketadi. Shamollar 
ham shunday zo‘rayadiki, oyog‘ingda turolmaysan. Ko‘lda to‘lqinlar ko‘tarilib qolsa, kemani yong‘oq 
po‘chog‘idek o‘ynatsa, bilingki, bizning San-Tosh shamoli ko‘lni chayqaltiryapti. Bobom hikoya 
qilgandilar, juda qadim zamonda dushman lashkarlari bizning o‘sha yerlarimizni bosib olgani yurish 
qilibdi. Ana shunda bizning San-Toshdan shunday shamol turibdiki, dushmanlar egarda o‘tirolmay 
qolishibdi. Otlardan tushishibdi, lekin piyoda ham yurisholmabdi. Shamol ularning yuzini qonga 
belabdi. Shunda ular shamolga orqa o‘girishibdi, shamol esa ularning yelkalariga urilib, qayrilib 
qarashiga imkon bermabdi, to‘xtagani qo‘ymabdi va ularni bitta qo‘ymay Issiqko‘ldan haydabdi. Mana 
qanday bo‘lgan. Biz ana shu shamolda yashayapmiz! U bizdan boshlanadi. Butun qish bo‘yi o‘rmon 
daryo ortida shamoldan g‘ichirlab, ingrab chiqadi. Hatto vahimali bo‘ladi. 
Qishda o‘rmonda ish unchalik ko‘p emas. Qishda biz tomonlar odamsiz huvillab qoladi - yozda 
ko‘chmanchilar keladigan mahallarga sira o‘xshamaydi. Yozda katta yaylovda oqshomlari suruv yoki 
yilqi uyurlari bilan odamlarning qo‘nishini juda yaxshi ko‘raman. To‘g‘ri, ular ertalab toqqa jo‘nab 
ketishadi, lekin baribir ularning kelishi yaxshi. Ularning bolalari va xotinlari yuk mashinkalarida 
kelishadi. Yuk mashinalarida o‘tovlarni va boshqa turli-tuman narsalarni olib yurishadi. Ular sal-pal 
joylashib olishgach, biz bobom bilan so‘rashgani boramiz. Hammalari bilan qo‘l berib ko‘rishamiz. 
Men ham. Bobom, kichiklar o‘zlaridan kattalarga doim birinchi bo‘lib qo‘l uzatishlari kerak, deydi. 
Kimki qo‘l uzatmasa, u odamlarni hurmat qilmagan bo‘ladi. Keyin, bobom yettining biri avliyo bo‘lib 
chiqishi ham mumkin, deydi. Avliyo - bu juda xushfe’l va aqlli odam. Kimki u bilan qo‘l berib 
ko‘rishishga muyassar bo‘lsa, bir umr baxtiyor bo‘ladi. Men, shunday ekan, nega u o‘zining avliyo 
ekanligini ayta qolmaydi, biz hammamiz u bilan qo‘l berib ko‘rishgan bo‘lardik, desam, bobom kuladi: 
hamma gap shunda-da, deydi u, avliyo o‘zining avliyoligini bilmaydi - u oddiy odam. Faqat 
qaroqchigina o‘zining qaroqchiligini biladi. Bular menga uncha tushunarli emas, lekin bir oz 
uyalinqirasam ham, men hamisha odamlar bilan qo‘l berib ko‘rishaveraman. 
Bobom bilan birga yaylovga kelganimda esa uyalmayman. 
«Ota-bobolaringizning yozgi qo‘nog‘iga xush kelibsizlar! Molu jon sog‘-salomatmi, bola-chaqa 
omon-esonmi?» - bobom ana shunday so‘rashadi. Men esa faqat qo‘l cho‘zib ko‘rishib qo‘ya qolaman. 
Bobomni hamma biladi, bobom ham hammani biladi. Unga yaxshi. Uning o‘z suhbat mavzusi bor, u 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling