Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
tizzadan kelar, lekin oqimi shunchalik kuchli ediki, bolalarni daryoga oqizib ketishi hech gap emasdi. 
Oqim surib ketmasligi uchun bola qirg‘oq bo‘yidagi tolning shoxini ushlab olardi. Tol butalari ayni 
qirg‘oqning chekkasida o‘sib chiqqan bo‘lib, bir shoxi yerda, bir shoxi suvda, naq suvga botib turardi. 
Buning nimasi cho‘milish? Bog‘lab qo‘yilgan otdan farqi yo‘q, Buning ustiga yana qancha dilsiyohlik, 
so‘kish eshitishlar! Buvisi bobosiga uqtirardi: 
«Daryoga oqib ketsa o‘zidan ko‘rsin - qo‘limni cho‘zmayman. Endi shunisi yetmay turgan edi. O‘z 
ota-onasi tashlab ketdi, Menga boshqa tashvishlar ham yetib ortadi, majolim yo‘q». 
Unga nima deb bo‘ladi? Kampir bu hisobda to‘g‘ri gapirayotir. Lekin bolaga ham rahming keladi-
da: daryo yonginasida, naq zshigining ostida. Kampir qancha qo‘rqitmasin, bola baribir suvga 
tushaverdi. Mana shundan keyin Mo‘min chol bola bexatar cho‘milsin, deb, sayozlikda toshlardan 
ko‘lob qilishga qaror qildi. 
Mo‘min chol oqim yumalatib ketmasligi uchun qanchadan-qancha katta toshlarni tanlab ko‘tarib 
keldi. Ularni qorniga qo‘yib tashidi, toshlar orasidan suvning bemalol o‘tib turishini hisobga olgan 
holda ularni suvning ichida tik turib, shunday taxlab terdiki, suv haqiqatan ham bemalol oqadigan 
bo‘ldi. Siyrak soqolli qotma chol ho‘l ishtonlari badaniga yopishgan, kulgili holda kun bo‘yi shu to‘siq 
bilan ovora bo‘ldi. Kechqurun esa zo‘riqib yo‘taldi, belini ololmay qoldi. Shunda buvisi javrab berdi: 
- Kichkina ahmoq-ku - o‘z oti bilan kichkina, katta ahmoqqa kim qo‘yibdi bu ishlarni? Namuncha 
jon kuydirmasang? Yedirasan, ichirasan, yana nima kerak? Buncha erkalatmasang. Eh, bu yaxshilikka 
olib bormaydi... 
Nima bo‘lmasin, sayozlikda ajoyib ko‘lob paydo bo‘ldi. Endi bola hech qo‘rqmasdan cho‘milardi. 
Shoxchadan ushlaganicha qirg‘oqdan pastga tushar va oqimga o‘zini otardi, otganda ham hamisha 
suvga ko‘zini ochgan bo‘yi tushardi. Shuning uchun ko‘zini ochiq tutardiki, baliqlar ochiq ko‘z bilan 
suzib yuradi-da. Uning g‘alati orzusi bor: u baliqqa aylanib qolishni va uzoq-uzoqlarga suzib ketishni 
xayol qilardi. 
Bola hozir durbindan ko‘lobga qarab turib, ko‘ylak-ishtonini yechib, qip-yalang‘och junjikib suvga 
tushishini tasavvur qildi. Tog‘ daryolarining suvi hamisha sovuq, entiktiradi, lekin keyin ko‘nikib 
qolasan. Tolning shoxchasini ushlab, oqimga yuzi bilan otilishini ko‘z oldiga keltirdi. Boshi uzra suv 
shovullagancha qo‘shilib ketadi, qorni ostidan, yelkalari, oyoqlari ustidan suv qaynab oqib o‘tadi. Suv 
ostida tashqaridagi hamma tovushlar tinib, quloqlarda faqat suvning shildirashi qoladi. U ko‘zlarini 
katta-katta ochib, suv ostida nimaiki ko‘rinsa, bariga jon-jahdi bilan tikiladi. Ko‘zlari sanchib ketadi, 
og‘riydi, lekin u mag‘rur jilmayadi, hatto suvda turib tilini ko‘rsatadi. Buni u buvisiga ko‘rsatmoqchi. 
Bilib qo‘ysin, u hech qaerda ham cho‘kmaydi va hech qaerda hech nimadan qo‘rqmaydi. Keyin u 
qo‘lidagi shoxchalarni qo‘yib yuboradi, toki u oyoqlari bilan to‘siqdagi toshlarga tiralib qolmagunga 
qadar suv uni surib ketaveradi. Shu yerda nafasi ham qaytadi. U suvdan sapchib turadi, qirg‘oqqa 
chiqadi va yana tol shoxchasi tomon chopqillab ketadi. Bu takrorlanaveradi. U bobosi yasagan 
ko‘lobda kuniga yuz marta cho‘milishga ham tayyor. Xullas, baliqqa aylanmaguncha cho‘milaveradi. 
Qanday bo‘lmasin, uning baliqqa aylanishi shart... 
Bola daryo qirg‘og‘ini tomosha qila turib, durbinni o‘zlarining hovlisiga to‘g‘riladi. Tovuqlar, 
kurka tovuqlar jo‘jalari bilan to‘nkaga suyab qo‘yilgan bolta, tutab yotgan samovar, hovlidagi turli-
tuman narsalar aql bovar qilmaydigan darajada kattalashib, shunday yaqinga kelib qoldiki, bola 
beixtiyor ularga qo‘lini cho‘zdi. Shu payt, falokat bosib arqonga yoyilgan kirni bamaylixotir 
yamlayotgan qo‘ng‘ir buzoqcha durbinda filday ko‘rinib qoldi-yu, jon-poni chiqib ketdi. Buzoqcha 
huzur qilganidan ko‘zlarini qisib olgan, lablaridan so‘lak oqib turardi - u kampirning ko‘ylagini og‘iz 
to‘ldirib chaynashda maza qilayotgandi. 
- Eh, sen jinni! - Bola durbinni ushlagancha o‘rnidan turdi va qo‘lini silkiy boshladi. - Qani 
yo‘qol, eshityapsanmi, yo‘qol naryoqqa! Baltek, Baltek! (Kuchuk ob’ektivda uyning tagida pinagini 
buzmay yotardi.) Tishla, tishla uni! - jon achchig‘ida itga buyruq qilardi u, Lekin Baltek parvo ham 
qilmay, go‘yo hech nima bo‘lmagandek soyada cho‘zilib yotardi. 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling