Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
10 - O‘razqul amaki, portfelimni ko‘ring! Men maktabga boraman. Mana mening portfelim! - Obbo palakat-e! - O‘razqul seskanib jilovni tortarkan, koyiy boshladi. U bolaga uyqu aralash qizargan, shishgan, shirakayf ko‘zlarini tiqdi: - Nima qilib yuribsan, qayoqdan kelyapsan? - Uyga ketyapman. Portfelimga qarang, uni Seydahmadga ko‘rsatib kelyapman, - dedi bola ming‘irlab. - Mayli, o‘ynayver, - to‘ng‘illadi O‘razqul va egarda omonatgina tebranib yo‘lida davom etdi. U o‘z takdiridan ranjib yurgan, xudo uni farzand dog‘ida kuydirib, boshqalarga saxiylik bilan besh- o‘ntalab bola berib qo‘ygan bir paytda, bu ahmoqona portfel-u, ota-onasi tashlab ketgan, xotiniga jiyan bo‘lmish bu bola bilan qanchalik ishi bor... O‘razqul pishillab, xo‘rsinib qo‘ydi. Afsus-nadomat va qahru g‘azabdan u bo‘g‘ilib borardi. U ich- ichidan zzilardi, negaki umri zoe o‘tyapti, shularni o‘ylaganda, befarzand xotiniga nisbatan g‘azabi qaynab-toshardi. Buning bariga o‘sha la’nati xotini aybdor, mana bir necha yildirki tug‘mayapti... «Shoshmay tur hali!» - O‘razqul go‘shtdor mushtlarini siqib, xayolan do‘q urdi va ho‘ngrab yig‘lab yuborishdan o‘zini arang tutib qoddi. U uyga yetishi bilan xotinini tutib urishni bilardi. O‘razqul mast bo‘lganda hamisha shunday qilardi; bu ho‘kiztabiat erkak g‘am va jahldan aqlini yo‘qotib qo‘yardi... Bola so‘qmoqdan izma-iz bora turib, oldinda birdan O‘razqulning g‘oyib bo‘lganiga hayron qoldi. O‘razqul esa daryo tomon burilib, otdan tushdi-da, jilovni tashlab, o‘siq o‘tlarni bosib-yanchgancha pastga tushib ketdi. U chayqalib va bukilib, yuzlarini qo‘llari bilan siqqanicha boshini yelkalari ichiga tortib borardi. O‘razqul qirg‘oq bo‘yida cho‘nqayib o‘tirib oldi. Daryodan hovuchlab suv olib yuziga sepa boshladi. «Balki, issikdan boshi og‘rigandir», - O‘razqulning qilayotgan harakatidan shunday xulosaga keldi bola. O‘razqulning yig‘layotganini va hech o‘pkasini bosib ololmayotganini u bilmasdi. U shuning uchun yig‘ladi-ki, unga peshvoz chiqqan bola uning o‘g‘li emas, shuning uchun yig‘ladiki, u portfelli bu bolaga hech bo‘lmaganda bir og‘iz shirin so‘z aytish uchun o‘zida kuch topolmadi. Download 363.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling