Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
yerda suv bilan osmon bir-biriga tutashib turardi. Undan narida hech nima yo‘q. Ko‘l harakatsiz
shu’lador, kimsasiz. Faqat qirg‘oqqa urilayotgan to‘lqinlarning oppoq ko‘pigini arang ilg‘ab olish 
mumkin. 
Bola o‘sha tomonga uzoq qarab turdi. «Oq kema hali ko‘rinmayapti, - dedi u portfelga. - Kel, yana 
bir marta maktabimizga qaraylik». 
Bu yerdan tog‘ning ortidagi qo‘shni pasttekislik ravshan ko‘rinardi. Hatto durbinda uy oldidagi 
deraza ostida o‘tirib olib, qo‘lda kalava yigirayotgan kam-pirgacha kuzatsa bo‘lardi. 
Jilisoy bag‘ri daraxtsiz, faqat onda-sonda qirqilmay qolgan, yakkam-dukkam qarag‘aylar o‘sib 
yotardi. Qachonlardir bu yerlar o‘rmonzor bo‘lgan. Endi usti shifer bilan yopilgan qator molxonalar 
turar, katta qoramtir go‘ng va somon uyumlari ko‘zga tashlanardi. Bu yerda sut fermasining zotdor 
buzoqlarini saklashar va boqishardi. Molxonalardan uncha uzoq bo‘lmagan joyda bir parchagina 
qishloq - chorvadorlar posyolkasi joylashgan. Qishloqcha tepalikdan pastga tomon cho‘zilib tushgan 
edi. Qishloqning eng chekkasida, ko‘rinishdan turar joyni eslatmaydigan kichkinagina uy turardi. To‘rt 
yillik maktab mana shu edi. Yuqori sinflarning o‘quvchilari sovxozga, maktab-internatga qatnashardi. 
Bu yerda esa kichkintoylar o‘qishardi. 
Bola tomog‘i og‘riganda bobosi bilan shu posyolkadagi feldsher huzuriga kelgandi. Endi u kulrang 
cherepitsa bilan yopilgan, yolg‘iz trubasi qiyshayib turgan, qo‘lda yasalgan taxta-lavhada: «Mektep» 
deb yozib qo‘yilgan kichkinagina maktabga durbindan uzoq tikilib turdi. U o‘qiy olmasa-da, xuddi shu 
so‘z yozilganini faraz qildi. Durbindan hamma mayda-chuyda narsalar aniq-tiniq ko‘rinib turardi. 
Devor suvog‘iga tirnab yozilgan allaqanday so‘zlar va deraza romlariga yelimlab yopishtirilgan 
oynalar, ayvonning g‘adir-budur taxtalari ko‘zga chalinardi. U qo‘lda portfeli bilan bu yerga kelishni 
va hozir kattakon qulf osig‘liq turgan anovi eshik ostonasidan qanday hatlab o‘tishini tasavvur qilib 
ko‘rdi. O‘sha eshik orqasida nima bor, nima bo‘ladi? 
Bola maktabni tomosha qilib bo‘lgach, durbinni yana ko‘lga to‘g‘riladi. Lekin u yerda hamma 
narsa ilgarigidek edi. Oq kema hali ko‘ringancha yo‘q. Bola teskari o‘girildi-da, durbinni bir chetga 
qo‘yib, pastga, tog‘ tubiga qaray boshladi. Pastda, shundoq tog‘ning tagida cho‘zinchoq pastqamlik 
bo‘ylab jo‘shqin serostona daryo kumushdek tovlanib oqardi. Qirg‘oqdan daryo bo‘ylab yo‘l ketgan va 
u daryo bilan birga qoya burilishida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Ro‘paradagi qirg‘oq jarlik va o‘rmonzor 
edi. Naq tog‘lar tepasidagi qorlargacha cho‘zilib ketuvchi noyob San-Tosh o‘rmonzori mana shu 
yerdan boshlanardi. Eng tepada qarag‘aylar o‘sardi. Ular toshlar va qorlar orasida tog‘ tizmalarining 
qirrasidaga qoramtir taroqlardek dikkayib turardi. 
Bola uylarga, bostirmalarga, qorovulxona hovlisidagi qurilishlarga masxaraomuz qarab chiqdi. 
Ular yuqoridan kichkina va omonat ko‘rinardi, Qorovulxonadan nariroqda, qirg‘oq bo‘yida u o‘zining 
tanish toshlarini topdi. «Tuya», «bo‘ri», egar», «tank» - hammasi joyida, ularning hammasini birinchi 
marta durbinda mana shu yerdan - Qorovultog‘dan turib kuzatgan, o‘shanda ularga ot qo‘ygandi-da. 
Bola miyig‘ida kulib o‘rnidan turdi va uylar tomonga tosh yumalatdi. Tosh shu yerning o‘zida, 
tog‘ning ustidayoq qola qoldi. Bola yana joyiga o‘tirdi-da, durbindan qorovulxonaga qaray boshladi. 
Avval linzalarning kattasidan kichigi tomonga tutib qaray boshladi - uylar uzoq-uzoqlarga siljib, 
o‘yinchoq qutichalarga aylanib qoldi. Xarsanglar kichkina toshchalar holiga keldi. Daryoning 
qirg‘oqqa yaqin yerdagi sayoz joyida bobosi qilgan ko‘lob esa kulgili, chumchuqning inicha kelardi. 
Bola bosh chayqab kulimsiradi-da, durbinni tez aylantirib, okulyarni to‘g‘rilay boshladi. Uning ulkan 
shaklga kengaygan suyukli xarsang toshlari durbinning oynalariga manglayini tirab turganday tuyuldi. 
«Tuya», «bo‘ri», «egar», «tank» kemtik-yoriklari, yon-veridagi sarg‘aygan otquloqlari bilan juda 
haybatli va eng muhimi, ular haqiqatan ham bola atagan narsalarga juda o‘xshardi. «Eh, sen qanday 
zo‘r «bo‘ri»san! «Tank»ni qara, dahshatli!..» 
Xarsang toshlar ortidagi sayozlikdan bobo ko‘lob qilgandi. Durbindan qirg‘oqdagi mana shu joy 
yaqqol ko‘rinib turardi. Shitob bilan oqqan suv bu yerdan, keng toshloq sayozlikdan qiyalab o‘tar va 
toshlar ustidan ko‘pirib o‘tardi-da, yana shiddatli oqimga kelib qo‘shilib ketardi. Sayozlikdagi suv 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling