Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
15 chamasi ichishni tashlaganmish. Yangi xotini har safar bolalari bilan uni qarshi olgani pristanga chiqarmish. «Bundan chikdi, - o‘yladi bola, - ular mana shu kemani - uning kemasini qarshi olishar ekan-da...» Kema sekin uzoqlashib borardi. Trubasidan tutun burqsitib, ko‘lning ko‘m-ko‘k silliq sathida suzib borayotgan bu oppoq va uzun kema, baliqqa aylangan bolaning o‘zi tomon suzib kelayotganini bilmasdi. U shunday baliqqa aylanib qolishni orzu qilardi-ki, baliqning hamma joyi - tanasi, dumi, suzgich qanotlari, tangachalari unga o‘tsa-yu, faqat ingichka bo‘yinli, shalpang quloqli, tirnalgan burunli boshi o‘zida qolsa bas. Ko‘zlari ham o‘zicha qolsin. Lekin xuddi hozirgiday emas, chin baliqlarday ko‘radigan bo‘lishsin. Bolaning kipriklari xuddi buzoqnikiga o‘xshash uzun-uzun bo‘lib, hamisha o‘zidan-o‘zi nimagadir pirpirab turardi. Guljamol, qizimning ham kipriklari shunday bo‘lgandami, qanday chiroyli bo‘lardi! - deydi. Chiroyli bo‘lishning nima keragi bor? Shaxsan unga chiroyli ko‘zlarning keragi yo‘q, unga suv ostida ko‘ra oladigan ko‘zlar kerak. Bobo yasagan ko‘lobga kelganda u baliqqa aylanadi. Bir qarabsizki - u baliq-da. So‘ngra ko‘lobdan daryoga, naq pishqirib shiddat bilan oqayotgan daryoga sakrab o‘tardi va oqim bo‘ylab suv ostiga sho‘ng‘ib ketardi. Keyin ham shu tarzda sakrab-sakrab atrofga nazar tashlab boradi, qizig‘i yo‘q joylarda faqat suv ostida suzardi. U jo‘shqin daryo oqimida qizil tuproqli katta jarlik bo‘yidan, daryo ostonalari va to‘lqinlaridan, tog‘lar va o‘rmonlar yonidan oqib o‘tadi. U o‘zining suyukli xarsang toshlari bilan xayrlashadi: Xayr, «cho‘kib yotgan tuya», xayr, «bo‘ri», xayr, «egar», xayr, «tank». Qorovulxona yonidan suzib o‘tayotganda esa suvdan sakrab chiqib, suzgich qanotlarini bobosiga silkitadi: «Xayr, bobo, men tezda qaytaman». Bobo shunda hayratdan dovdirab, nima qilishini bilmay qotib qolarmidi? Buvi, Bekey xola, Guljamol qizchasi bilan - hammasi og‘zini ochib qolarmidi? Qaerda kim ko‘ribdi - kallasi odamu, tanasi baliqni? Bola esa ularga suzgich qanotlarini silkib qo‘yardi: «Xayr, men Issiqko‘lga, oq kemaga suzib boraman. U yerda mening matros dadam bor». Baltek, ehtimol, qirg‘oq bo‘ylab chopsa kerak. It umrida bunaqa hodisani ko‘rmagan-da, axir. Agar Baltek u tomonga suvga o‘zini tashlaguday bo‘lsa, u qichqiradi: «Qayt, Baltek, qayt. Cho‘kib ketasan!» - o‘zi esa suzib ketaveradi. Osma ko‘prikning sim arqoni ostidan, keyin to‘qaylar yonidan, so‘ng gumburlab turgan daradan o‘tib, to‘g‘ri Issiqko‘lga suzib boradi. Issiqko‘l deganlari - bu butun bir dengiz. U Issiqko‘l to‘lqinlarida suzib yuradi, to‘lqindan to‘lqinga ko‘chadi va shunda oq kemaning qarshisidan chiqib qoladi. «Salom, oq kema, bu menman!» - deydi u paroxodga. - Durbindan har doim senga qaragan menman». Kemadagi odamlar hayratdan yoqa ushlab, mo‘‘jizani ko‘rgani yugurishadi. Shunda u o‘zining matros otasiga so‘z qotadi. «Salom, dada, men sizning o‘g‘lingizman. Men sizning oldingizga suzib keldim». - «Sen qanaqa o‘g‘ilsan? Sen yarim baliq, yarim odamsan-ku!» - «Siz meni o‘z oldingizga, kemaga chiqarib oling, men shunda sizning o‘g‘lingiz bo‘lib qolaman». «Voy, tavba. Qani, ko‘raylik-chi». Otasi to‘r tashlab uni suvdan palubaga tortib oladi. Shunda u o‘z asliga qaytadi. Keyin-chi, keyin... Keyin oq paroxod o‘z yo‘lida suzib ketaveradi. Bola otasiga hamma narsa haqida, butun hayoti davomida nimaiki bilgan bo‘lsa hikoya qilib beradi. O‘zi yashab turgan tog‘lar haqida, o‘sha xarsang toshlar haqida, daryo va noyob o‘rmon haqida, baliqlarday ko‘zi ochiq suzishni o‘rgangan yeri - bobosining ko‘lobi haqida so‘zlaydi. Mo‘min bobosinikida qanday yashayotganligini ham aytib beradi, albatta. Bu odamni Mo‘min chaqqon deb atashsa ham, uning yomon odam emasligini otasi bilib qo‘ysin. Bunaqa bobo hech joyda yo‘q, bobolarning eng yaxshisi. Uning hech shumligi yo‘q, shuning uchun hamma undan kulib yuradi. Birovga hech yomonlikni ravo ko‘rmaydi, O‘razqul amaki esa cholga hadeb tirg‘ilaveradi! Ba’zan odamlarning oldida ham boboga qichqiraveradi. Bobo esa gapiga boplab javob qilish o‘rniga, O‘razqul amakini kechirgani-kechirgan va hatto uning o‘rniga o‘rmon xo‘jaligi ishlarini ham o‘zi boshqaradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling