Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 bo‘ylab butun bir chaqirim yo‘lda olovga qoplangan qirg‘iz o‘tovlari lovullab yonardi. Hech kim qochib qutula olmadi, hech kim omon qolmadi. Hammasi o‘ldi-rildi va kuydirildi. O‘lib yotganlarning jasadini qirg‘oqdan Enasoyga uloqtirdilar. Dushmanlar: «Endi bu yerlar bizniki! Endi bu o‘rmonlar bizniki! Endi bu mollar bizniki!» - deb quvonishardi, Ular boy o‘lja bilan qaytishar ekan, o‘rmondan ikki bola - bir o‘g‘il va bir qizning qanday chiqib kelganini payqashmadi. Bu o‘zboshimcha va sho‘x bolalar ota-onalaridan yashirincha ertalaboq yaqin o‘rmonga qo‘lsavat uchun po‘stloq shilgani ketishgandi. Ular o‘ynab yurishib, o‘rmonning ancha ichkarisiga kirib ketishganini sezmay qolishdi. Jang suronini eshitib orqaga otilgan go‘daklar na otasini, na onasini, na akasini, na opasini tirik topa oldilar. Go‘daklar ota-onasidan va elatidan judo bo‘lib qoldi. Ular bo‘zlab kultepadan kultepaga chopishar, lekin bironta tirik jonni topib bo‘lmasdi. Bir zum ichida yetim bo‘lib qolishdi. Yorug‘ jahonda yakkayu yolg‘iz qoldilar. Uzoqlarda esa jang to‘zoni ko‘kka urilardi, dushmanlar qonli kurash natijasida qo‘lga kiritgan mol va qo‘ylarini haydab ketishardi. Bolalar tuyokdar ostidan ko‘tarilgan changni ko‘rib, o‘sha tomonga yugurishdi. Ular qonxo‘r dushman izidan yig‘lab, qichqirib chopishardi. Faqat bolaning qalbigina shunday sodda dil bo‘ladi. Jallodlardan yashirinish o‘rniga ularga yetib olishga shoshilishardi. Har nima bo‘lsa ham yolg‘iz qolishmasa, bu vayronadan, la’nati joydan nari ketishsa bas. Bir-birining qo‘lidan ushlab olishgan bola va qizcha ketayotganlar orqasidan quvib jindakkina kutishni, o‘zlari bilan birga olib ketishlarini yolvorib so‘rashardi. Biroq qiy-chuv va tuyoqlarning dupur-dupuri-yu, haydovchilarning hayqirig‘ida bu ojiz ovozlarni kim eshitardi. Bolalar jon-jahdi bilan uzoq chopishdi. Lekin baribir, yetib olisholmadi. Keyin esa yiqilib qolishdi. Atrofga boqishga, qimirlashga qo‘rqishardi. Hammayoq vahimali edi, Shu zaylda bir-birining pinjiga kirib ko‘zlari yumilganini bilmay qolishdi. Yetimcha yetti ko‘cha, deb bekorga aytmaganlar. Tun bexatar o‘tdi. Hayvon ularga tegmadi, o‘rmon mahluklari ko‘tarib ketmadi. Ular uyg‘onishganda, tong otgandi. Quyosh nur sochib, qushlar sayrardi. Bolalar o‘rinlaridan turib yana mol haydovchilarning izidan yo‘lga tushishdi. Yo‘lma-yo‘l meva va ildiz yeb jon saqlashdi. Yo‘l yura-yura uchinchi kuni bir tog‘ tepasida to‘xtashdi. Pastga qarashsa - keng, yam-yashil maysazorda katta tantana bo‘layotibdi. Bu yerda tikilgan o‘tovlarning, gurillab yonayotgan gulxanlarning, gulxan atrofida o‘tirgan odamlarning son- sanog‘i yo‘q. Qizlar hayinchak uchib qo‘shiq aytishmoqda. Davra tortgan odamlar o‘rtasida polvonlar xuddi burgutday gir aylanib, bir-birini itqitib otishyapti. Dushmanlar o‘zlarining g‘alabasini nishonlashardi. Bola bilan qiz yaqin borishni ham, bormaslikni ham bilmay tog‘ tepasida turishardi. Lekin go‘sht qovurdoq, non, sarimsoqning yoqimli hidi ufurib turgan gulxan atrofida paydo bo‘lib qolishni istashardi. Bolalar chidab turisholmadi, tog‘dan tusha boshlashdi. Tantana egalari hayron bo‘lishdi, ularni to‘da bo‘lib o‘rab olishdi. - Kimsanlar? Qayokdan? - Biz ochmiz, - javob berdi bola bilan qizcha, - bizga yeydigan bir nima bersangiz. Ular bolalarning tilidan kim ekanligini darrov payqab qolishdi. Baqirib-chaqirib, shovqin solishdi. Tutatilmagan dushman oilasining omon qolgan a’zolarini hozir o‘ldirish kerakmi yoki xonning oldiga olib borish kerakmi? - deb bahsga tushib ketishdi. Ular bahslashib turganda rahmdilgina bir ayol bolalarga jindek pishgan ot go‘shti uzatdi. Bolalarni xon huzuriga sudrab borishar ekan, ular qo‘llaridagi ovqatni yutoqib yeyaverishdi. Ularni ostonada oybolta ushlab turgan yasovullar xonning baland qizil o‘toviga olib kelishdi. Butun qarorgoh bo‘ylab esa allaqayoqdan paydo bo‘lib qolgan qirg‘iz zotlari haqidagi tashvishli xabar tarqaldi. Bu nimadan darak berishi mumkin? Hamma o‘z o‘yini va tantanani tark etib, ur-to‘polon bilan xonning o‘tovi tomon chopib ketdi. Bu payt xon mashhur lashkarlari bilan qorday oppoq namat to‘rida savlat to‘kib o‘tirardi. U asal qo‘shilgan qimizni simirib, maqtov qo‘shiqlarini sel bo‘lib tinglab o‘tirardi. Xon odamlar nima uchun to‘planishganini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling