Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
21 portfeldan sinflarning yarmisida bo‘lishini bola hali bilmasdi. Lekin bu ham baribir uning ko‘nglini buzolmaydi, uning portfeli go‘yo boshqacha, alohida portfelday tuyulardi. Xuddi shunday, uning jajji hayotida katta voqealar yuz berishi, bir kun kelib, yorug‘ jahonda yolg‘iz o‘zi, faqat mana shu portfel bilan qolishini hali bilmasdi. Buning hammasiga uning o‘zi sevgan Shoxdor ona bug‘u haqidagi ertak sabab bo‘lishidan bexabar edi... Bu oqshom ham o‘sha ertakni yana bir bor eshitgisi keldi. Mo‘min cholning o‘zi bu afsonani sevar, go‘yo hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganday, xo‘rsinib, yig‘lamsirab, jim qolib va o‘yga tolib hikoya qilardi. Biroq bola bobosini bezovta qilishga botinmadi. U bobosining ertak aytishga holi yo‘qligini sezardi. «Biz undan boshqa safar iltimos qilamiz, - dedi bola portfeliga. - Hozir esa senga Shoxdor ona bug‘u haqidagi ertakni xuddi bobomdan eshitganimdek so‘zma-so‘z o‘zim aytib beraman. Shunday sekin so‘zlaymanki, boshqa hech kim eshitmaydi, sen esa eshitgin. Men hamma narsani kinodagiday so‘zlashni va ko‘rishni sevaman. Mana shunday. Bobom buning hammasi bo‘lgan ish, deydi. Shunday bo‘lgan ekan...» TO‘RTINCHI BOB Bu juda qadimda o‘tgan. Zamonlarning zamonida, yer yuzida maysalardan ko‘ra dov-daraxtlar ko‘p bo‘lgan, qurg‘oq yerlardan ko‘ra o‘lkamizda obi hayot mo‘l bo‘lgan davrlarda bir qirg‘iz qabilasi ulkan va muzday daryo bo‘yida yashardi. Bu daryoni Enasoy deb atashardi. U bu yerlardan uzoqda, Sibirdan boshlanadi. U yerlarga ot-da uch yilu uch oyda yetib borish mumkin. Bu daryoni hozir Yenisey deyishadi, ilgarilari Enasoy deb yuritishgan. U haqda shunday qo‘shiq ham to‘qilgan: Sendan ulkan daryo bormi, Enasoy, Sendan aziz tuproq bormi, Enasoy. Sendan chuqur dard ham bormi, Enasoy, Sendan ozod quchoq bormi, Enasoy. Sendan ulkan daryo yo‘qdir, Enasoy, Sendan aziz tuproq yo‘qdir, Enasoy. Sendan chuqur dard ham yo‘qdir, Enasoy, Sendan ozod quchoq yo‘qdir, Enasoy. Mana shunaqa edi, bu Enasoy daryosi. Enasoy bo‘yida turli xil elat yashardi. Ular g‘oyat og‘ir hayot kechirardi, chunki ular bir-birlariga doimo adovat ko‘zi bilan qarar edilar. Qirg‘iz qabilasini dushmanlar turli tomondan qurshab olgandi. Goh ular, goh bular hujum qilishar, goho qirg‘izlarning o‘zi ham boshqalarga chovut solib, mollarni haydab ketishar, uylariga o‘t qo‘yishar, odamlarni o‘ldirishardi. Qulay kelib qolganda bir tomon ikkinchi tomon odamlarini o‘ldirib yuborar edi. Zamon shunaqa edi. Odamning odamga ichi achimasdi. Odam odamni g‘ajirdi. Shu darajaga borildiki, hech kimning dehqonchilik qilgisi, mol boqqisi, ov qilgisi kelmay qoldi. Qaroqchilik bilan kun kechirish oson tuyulardi; qo‘qqisdan bosasan, o‘ldirasan, olasan-ketasan. Bir qotillikka qasdma-qasd o‘n qotillik bilan javob berishga harakat qilishardi. Shu zaylda kun o‘tgan sayin ko‘proq qon to‘kilardi. Odamlarda aql o‘tmaslashib borardi. Dushmanlarni yarashtiradigan, insofga keltiradigan odam yo‘q edi. Dushmanga qiron keltirib, o‘zga qabilaning so‘nggi odamigacha qonini oqizgan, molu mulkini qo‘lga kiritgan odam eng aqlli va uddaburon sanalardi. O‘rmonda bir g‘aroyib qush paydo bo‘lib qoldi. Inson ovoziga o‘xshash ayanchli ovoz bilan tundan tonggacha sayrar va yig‘lar, shoxdan shoxga sakrab so‘ylardi; «Katta baxtsizlik bo‘ladi! Katta baxtsizlik bo‘ladi». Shunday bo‘ldi ham, o‘sha qora kun keldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling