Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
aytishimiz kerakki, bularning bari ancha ilgari boshlangan va bu yerlardan ancha olis yerlarda 
boshlangan edi... 
O’sha kezlar Avdiy diniy seminariyadan kufroniy fikr uchun haydalgan, oblast komsomol 
gazetasining shtatdan tashqari xodimi bo‘lib ishlardi. Gazeta redaktsiyasi o‘quvchilar sevadigan 
mavzularda binoyiday yozadigan va buning ustiga seminariyadan haydalgan yosh yigitga birmuncha 
qiziqib qarardi. U cherkov tomonidan murtad deb e’lon qilingan, dinga qarshi tashviqot olib borish 
uchun ancha qulay edi. O’z navbatida seminariya bilan chiqisholmagan yigitga yoshlar matbuotida 
o‘ziga yaqin axloqiy-ma’naviy masalalarni ko‘tarish ancha-muncha qiziqarli bo‘lib tuyulardi. Oblast 
matbuotini to‘fon paytidagi suvday bosgan bir qolipdagi zerikarli aqlbozliklar, tumtaroq fol ochishlar 
orasida uning gazeta sahifalaridagi antiqa fikrlashlari shubhasiz, o‘quvchilar e’tiborini tortar, 
yoshlargina emas, bunga kattalar ham qiziqardilar. Hozircha har ikkala tomon ham bir-birini to‘ldirib, 
bir-birlariga kerakli ekanliklarini anglab turishar, lekin yangi oydek endigina balqib kelayotgan bu 
yigitning yuragida qanday alangali niyatlar bosh ko‘tarib kelayotgan-ligini juda oz kishilar, 
to‘g‘rirog‘i, bir odamdan boshqa hech kimsa bilmasdi. Avdiy muxbir sifatida nomi bora-bora 
ko‘pchilikka tanilgandan so‘ng qandaydir munosib bir shakl, qandaydir o‘rtacha mafkuraviy ora yo‘l 
topib, shuning vositasida nazarida juda ham dolzarb va hayotiy jihatdan g‘oyatda muhim bo‘lgan, 
hozirgi zamonda Xudo va inson haqidagi jadidona fikrlari hamda tasavvurlarini eski diniy ta’limotning 
qotib qolgan aqidalariga zid qo‘yib ifodalab bermoqni ko‘ngliga tukkan edi. Niyat qilishga kilganu, 
lekin o‘z oldida ikki bo‘ysunmas, ishg‘ol qilib bo‘lmas zo‘r istehkom turganligini o‘ylamagani kulgili 
edi. Bu ikki kuch hech qachon bir-birovini yoqtirgan emas, yoqtirmaydi ham. Bir-biriga hech vaqt 
bo‘ysungan emas, bo‘ysunmaydi ham. Bir tomonda ming yillardan beri diniy e’tiqodning sofligini har 
qanday yangiliklardan va hattoki, yaxshi niyat bilan yuzaga chiqqan yangi fikrlardan tish-tirnog‘i bilan 
ko‘riqlab, asrab, himoya qilib kelgan, o‘zgarmas, vaqtga tobe bo‘lmagan mavrusiy diniy qarashlar va 
ikkinchi tomonda, dinni uning har qanday ko‘rinishida tag-tomiri bilan inkor etadigan, rad qiladigan 
ilmiy ateizmning qudratli mantiqi. Boyaqish yigit shularning orasida tegirmon tosh o‘rtasida qolganday 
o‘rtanardi. Biroq umid chirog‘i so‘nmagandi. «Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida va unga 
bog‘liq holda Xudo kategoriyasining vaqtga ko‘ra rivojlanishi», degan yangi aqidani kuyib-pishib 
ko‘tarayotgan bid’atchi Avdiy Kallistratov: takdir ertami, kechmi, baribir menga o‘z qarashlarimni 
odamlarga ma’lum qilish uchun imkoniyat beradi deb ishonardi. Zotan, inson qudrati o‘zining eng 
yuksak nuqtasiga yetgan, sanoat hukmron kuchga aylangan davrda odamlarning o‘zlari Xudoga 
bo‘lgan munosabatlarini aniqlab, bilib olish payiga tushadilar. Bo‘layotgan ishlarning bari xuddi mana 
shunga qarab boryapti. Avdiyning xulosalari hali tugal emas, ancha munozarali edi. Lekin rasmiy diniy 
ta’lim uning bu erkin fikrini hazm qilib, kechirib ketolmadi. U tavba-tazarrudan bosh tortgandan so‘ng, 
yeparxiya uni diniy seminariyadan o‘chirdi. 
Avdiy Kallistratovning manglayi keng, bo‘zday oq edi. O’zi qatori ko‘p yoshlar kabi u sochlarini 
yelkasigacha o‘stirgan, ko‘ng‘ir tusli quyuq soqol qo‘ygandi. Bular unga ko‘rkamlik bag‘ishlamasa-da, 
lekin chehrasini qandaydir mo‘min-muloyim qilib ko‘rsatardi. Kosasidan bo‘rtib chiqqan ko‘zlari 
bezovta yiltillab turar, ularda uning o‘z fe’liga mos beorom, notinch o‘y-hayollar aks etar, yana o‘zi 
qiynala-qiynala topayotgan narsalardan beqiyos mamnunlik va shu bilan birga u yaxshilik qilmoqchi 
bo‘lib intilayotgan atrofdagi odamlardan kelayotgan ko‘p og‘ir azob-uqubatlar ham ifodalanardi... 
Kiygani ko‘proq katak ko‘ylak, sviter, jinsi, sovuq kunlar to‘zigan palto, otasidan qolgan 
qalpog‘ini kiyib yuradi. Mo‘yinqum cho‘lida ham shu ust-boshda paydo bo‘ldi... 
Ushbu soatda qo‘llari bog‘langan holda mashina ustida yotarkan, hayolidan har turli achchiq, 
alamli o‘ylar o‘tardi. Lekin shu tobda hammasidan ham yolg‘izlik alami ko‘nglini o‘rtab yubordi. 
Shunda qaysidir Sharq shoirining esida chala-yarim qolgan satrlarini takrorladi: «otadan oltov 
bo‘lsang-da, bir yolg‘izlik boshingda, jafodan yolg‘iz bo‘lsang-da, shu yolg‘izlik boshingda». Yana 
badtar iztirob ichida keyingi paytlarda dunyoda o‘ziga eng yaqin bo‘lib qolgan o‘sha xilqat to‘g‘risida 
alam bilan o‘ylab ketdi. Uni o‘z jonidan ayru tasavvur qilolmaydi. U hayollariga doim hamroh. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling