Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
— Nari tur! — siltab tashladi uni Avdiy. 
— Hali shunaqami! Men senga chin dildan aytsam, noz qildingmi hali! Aftingni burishtiradigan 
bo‘ldingmi! 
— Bo‘pti, ber bu yoqqa, ber! — dedi fig‘oni oshib Avdiy va cho‘g‘lanib turgan papirosga qo‘l 
cho‘zib, uni xuddi Petruxaga namoyish qilib ko‘rsatganday boshi uzra baland ko‘tardi-da, vagonning 
ochiq eshigidan tashqariga uloqtirib yubordi. Bu shunchalar kutilmaganda tez ro‘y berdiki, hamma va 
hatto, Grishanning o‘zi ham hayratdan baqa bo‘lib qoldi. Oraga cho‘kkan sukunatda poezd 
g‘ildiraklarining shiddatli ovozi yanada aniq va vahimaliroq eshitildi.— Ko‘rdingmi? — sannab dedi 
Avdiy Petruxaga.— Nima qilganimni hammang ko‘rdinglarmi? — achchiq-tizziq bilan dedi u yana 
boshqa choparlarga bir-bir qararkan.— Bundan keyin doim ana shunday bo‘ladi! 
Petruxa va undan keyin boshqalar Grishanga hayron bo‘lib, savolomuz qarashdi: bu yog‘i qanday 
bo‘ldi, xo‘jayin, bu taviya qaerdan kelib qoldi? 
Grishan dam Avdiyga, dam choparlarning tumtaygan basharalariga masxara qilganday qararkan, 
indamasdi. Maxachning toqati tugadi: 
— Hoy, tamada, nega indamaysan? Nima, soqov bo‘p qolganmisan? 
— Yo‘q, soqov bo‘p qolmaganman! — deb uning jig‘iga tegdi Grishan va zaharxanda qilib cho‘rt 
kesdi: — Men manov nusxaga og‘zimni ochmayman, deb so‘z bergandim. Qolganini o‘zlaring hal 
qilinglar! Mening boshqa gapim yo‘q... 
— Shu rostmi? — o‘smoqchiladi Maxach Avdiydan. 
— Rost, lekin gap boshqa yoqda! — qichqirdi Avdiy.— Men uni fosh qilmoqchi edim,— deb 
Grishanni bosh silkib ko‘rsatdi u,— bu iblis sizlarning hammalaringizni yo‘ldan urgan! Halokat 
yoqasiga kelib qolgansizlar! Men jim qarab turmayman, haqiqat men tomonda! — Shunda u nima 
bo‘layotganini, nima qilayotgani, nimalar deb qichqirayotganini anglamay, nasha to‘ldirilgan yuklar 
ichidan yukxaltasiny kuch bilan tortib oldi. Grishandan boshqa hamma o‘tirgan o‘rnidan sakrab turdi: 
bu pop-sopning yumshoqqina bolasi asti nima qilmoqchi o‘zi? 
— Mana, qaranglar, bolalar! — Avdiy yuk xaltani boshi uzra ko‘tarib silkitdi.— Mana shuning 
ichida biz odamlarning boshini yeydigan, ofat va qiron keltiradigan og‘u olib ketyapmiz. Yengil pulga 
uchgan siz choparlar, sen, Petr, sen, Maxach, sen Lyonya, sen, Kolya, shunday qilyapsizlar! Grishanni 
gapirib o‘tirmasak ham bo‘ladi. Uning kimligini o‘zingiz yaxshi bilasiz! 
— Shoshma, shoshma, Avdiy! Qani, tasadduq, xaltani menga ber-chi! — unga tomon yurdi 
Petruxa. 
— Nari tur! — itardi uni Avdiy.— Yaqinlashma! O’zim bilaman bu odamlar boshiga bitgan baloni 
qanday yo‘qotishni. 
Shundan so‘ng Avdiy hali choparlarning hushi o‘ziga kelmay, yuk xaltaning chizimchasini tortib 
yechdi-da, vagon eshigidan nashalarni tashqariga socha boshladi. Ancha-munchagina giyoh terilgan 
ekan, nashaning sarg‘imtil-ko‘k yaproqlari va gullari temir yo‘l bo‘ylab xuddi kuzgi barglar kabi 
parokanda to‘zib uchdi. Yuzlab, minglab jaraq-jaraq pullar havoga suvurilmoqda edi! Qandaydir bir 
zum choparlar Avdiyga anqayib, shamday qotib qoldilar. 
— Ko‘rdinglarmi! — qichqirdi Avdiy va yuk xaltani xam tashqariga otdi.— Ana endi sizlar ham 
shunday qilinglar! So‘ng birgalikda tavba qilamiz, Xudoning shafoati va mag‘firatiga sazonor bulamiz! 
Bo‘linglar, Lyonka, Petr! La’nati nashalaringizni to‘kinglar, qutulinglar shu yaramasdan! 
— Jinni bo‘lib qolibdi! Bekatda u bizni ushlab beradi! Ur uni, it popning bolasini! — chinqirdi es-
hushini yo‘qotib Petruxa. 
— To‘xtanglar, to‘xtanglar! Quloq solinglar! — ularga nimanidir tushuntirmoqchi bo‘lib 
qichqirardi Avdiy giyohvandlarning quturib ketganlarini ko‘rib. Lekin endi kech edi. Giyohvandlar 
uning ustiga quturgan itday tashlandilar. Petruxa, Maxach, Kolya bir-biriga gal bermay uning boshiga 
musht yog‘dirardilar. Faqat Lyonkagina ularni kuchi yetgancha ajratishga urinardi. 
— Qo‘yinglar, bas qilinglar! — deb atrofda nima qilarini bilmay sarsilardi u. Lekin ularni 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling