Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
76 edi, u balki tirishib-tarmashib yana vagon ichiga kirib olardi. Biroq choparlar xuddi to‘p tepkanday uning boshiga tepishar, og‘izlaridan bodi kirib, shodi chiqar, ayamay qora qonga bulg‘ashar, u esa hamon temir qabzani qo‘yib yubormasdi. Oxirgi daqikalar ayniqsa dahshatli bo‘ldi. Petruxa, Maxach va Kolya haddan tashqari vahshiylashib ketdilar. Shu payt Grishan ham o‘zini to‘xtatolmay eshik oldiga chopib keldi: endi yuzini bemalol sidirib tashlasa bo‘laveradi, endi Avdiy Kallistratov qanday jon taslim etadi, tomosha qilish mumkin. Grishan choparlar Avdiyni batamom asfalasofilinga jo‘natishlarini kutib turardi. Tan berish kerak — Grishan o‘z ishiga g‘oyatda usta edi. Ertaga mabodo Kallistratovning o‘ligini topib, uning yiqilib tushgani yoki o‘zini poezddan tashlaganiga shubhalansalar, Grishan o‘shanda ham hech narsani bilmagan, ko‘rmagan bo‘lib turaveradi — shaxsan o‘zi bu ishga qo‘l urmagan. Nari borsa, bolalar janjallashib, do‘pposlashib qolishganu baxtsiz hodisa ro‘y bergan — qochaman deb, poezddan tushib ketgan. Keyin Avdiyning yuziga tepishdi. Uning oxirgi eslab qolgani shu bo‘ldi. Chopar giyohvandlarning poshnalari konga bo‘yaldi. Shamol Avdiyning quloqlarida xuddi alanga kabi guvillardi. Uning vujudi tobora og‘irlashib, pastga qo‘rqinchli bo‘shliq sari zilday tortib borardi. Poezd esa shamollarning karshiligini yengib, hamon o‘sha cho‘llardan yeldek yelar, butun yorug‘ olamda joni qil ustida turgan shu jabrdiyda yigitga yordam qo‘lini cho‘zadigan bir kimsa yo‘q edi. Uzundan-uzoq davom etgan kun so‘ngida botib borayotgan quyosh uning qiynoq dahshatidan olayib ketgan ko‘zlarini qonli shafaqqa bo‘yab, u bilan birga olam zulmatiga cho‘kmoqda edi. Lekin, qancha tepkilamasinlar, Avdiy qo‘llarini bo‘shatmasdi. Shunda Petruxa Grishanning tayog‘ini tortib olib, so‘nggi zarbani berdi. Inchunun Grishan ham xuddi bilmagan kishiday tayog‘ini ko‘rga hassa qilib ushlab turgan edi, mana, marhamat, olib urmaysanmi qo‘llariga, majaq-majaq bo‘lib ketmaydimi, qistaloq, deganday... Shunda Avdiy qonli go‘sht parchasi kabi pastga uchib ketdi. U temir yo‘l ko‘tarmasidan qanday qulagani, nimalarga urilib, surilganini sezgani ham yo‘q, eshelonning dumi u yiqilgan yerdan shaldirab o‘tdi, sobiq hamrohlari tushgan poezd ko‘zdan yo‘qoldi, g‘ildiraklarning shovqin-suroni tindi, lekin u hech narsani sezmadi. Ko‘p o‘tmay quyosh so‘ndi, qorong‘u tushdi, momataloq tusiga kirgan g‘arbning qo‘rg‘oshin osmonida qora bulutlar quyuqlashdi... O’sha mash’um yerdan esa endi boshqa poezdlar yeldek chopar, anavi jonini saqlash uchun rahm- shafqat so‘rab yalinmagan sho‘rlik yigit esa temir yo‘l pastidagi chuqurliqda chaparasta ag‘anab yotardi. Mana endi, haqiqatni jonsarak izlab bilgan hamma narsalari va qaror toptirishga uringan narsalarning hammasi hozir orqaga uloqtirib tashlangan, zabun etilgandi. O’zini shunchalar ayamagani, omonlik tilashdan voz kechganiga arzirmidi bular? Axir, hamma gap u emas-bu emas, uning hayot- mamoti ustida ketayotgan edi-ku. Bor-yo‘g‘i uchtagina so‘zni aytsa: «Meni qutqar, Grishan!» — desa kifoya edi. Ammo bu so‘zlar uning og‘zidan chiqmadi... Chindan ham, Xudo taolo taajjubotlarining cheki yo‘q... Axir bir mahal uzoq tarixda shunday voqea ro‘y bergan edi-ku — Galiliyadan chiqqan bir majzub o‘ziga shunchalar ishongan ediki, ikki og‘izgina so‘zni aytishni istamay halokatga giriftor bo‘lgandi. Oxiri, shirin jondan ayrilgandi. Odamlar ham to haligacha, oradan bir ming to‘qqiz yuz ellik yil o‘tganiga qaramay es-hushlarini yig‘ishtirib ololmaydi-lar — bu qanday qilib yuz berdi, axir, shunday bo‘lishi mumkinmi, deb ajablanishadi, bahslashishadi, iztirobga tushishadi. Har safar bu ularga xuddi kuni kecha ro‘y berganday bo‘lib tuyuladi — yaralari ana shunchalar yangi. Va o‘sha zamonlardan buyon necha-necha nasllar dunyoga kelmasin, har biri o‘rtanib-kuyadi, agar o‘shanda biz G’ulqofda bo‘lganimizda, hech qachon galileylik kishini jabrlashga yo‘l qo‘ymasdik, deyishadi. Ana shunday tuyular ekan-da, hozir. Lekin dunyo aylanaay-lana hamma narsalar unut daryosiga g‘arq bo‘lib ketadi-yu biroq o‘sha kun sira esdan chiqmaydi, deb kimning hayoliga kelibdi deysiz... Aytgancha, o‘shanda ham juma kuni edi va jonini qutqarishi mumkin bo‘lgan zot o‘shanda o‘zini xalos etmoq uchun tilga ikki og‘iz so‘z olmoqni ravo ko‘rmagandi... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling