Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
II 
O’shanda Quddusda havo ertalabdan qizib, kun issiq bo‘lishidan darak berardi. Irod saroyining Ark 
ayvonida marmar ustunlar tagida prokurator Pontiy Pilat o‘ziga kursi qo‘yishni buyurdi. Bu yerda 
pastdan esayotgan yelvizak uning sandal kiygan oyoqlarini bilinar-bilinmas yelpib o‘tardi. Katta 
bog‘dagi adl teraklarning uchlari shabadada erinchoqlik bilan qimirlar, ularning yaproqlari bu yil 
barvaqt sarg‘aya boshlagandi. 
Saroyning Ark ayvoni joylashgan shu tosh tepalikdan shahar kaftdek ko‘rinib turar, hozir havo 
tobora qizib borarkan, shahar manzaralari oq harir parda ichra jimirlab ko‘zga chalinar,— hatto 
Quddusning doim ravshan ko‘rinadigan tevarak-atroflarini ham oqarib yotgan sahro sarhadlarida arang 
payqash mumkin edi. 
O’sha kuni ertalab xuddi ko‘zga ko‘rinmas iplar bilan osmonga osib qo‘yilganday qanotlarini keng 
yozib yolg‘iz bir qush sas chikarmay suzib yurar, ma’lum vaqt orasida hech kanda qilmay katta bog‘ 
ustidan uchib o‘tardi. Burgutmikin, kalxatmikin, shu ikkisidan bo‘lak hech qanday qushning bunday 
issiq kunda uzoq hamda zerikarli uchishga qurbi yetmaydi. Og‘irligini u oyog‘idan bu oyog‘iga solib 
turgan nazarlik Isoning ko‘kda aylanib yurgan qushga bexos ko‘z qirini tashlaganligini payqab 
prokurator birdan og‘rindi va tutoqib ketdi. U zahar sochib dedi: 
Sen qayoqqa qarayapsan, Yahudoning podshosi? Boshingda ajal qushi aylanyapti! 
— U hammamizning boshimizdan aylanyapti,— ohista, xuddi o‘zi bilan o‘zi so‘zlashayotganday 
javob berdi Iso va qorayib momataloq bo‘lib ketgan ko‘zini kafti bilan paypaslab qo‘ydi: sinedrionda 
sud qilish uchun eltayotganlarida bozor oldida ruhoniy va oqsoqollar gij-gijlagan olomon uni 
urto‘qmoq qilgan edi. Ayrimlar rahmsiz kaltaklagan, boshqalari basharasiga tupurgan o‘sha damlarda 
ruhoniylar ruhoniysi Kayafaning odamlari o‘zini nechog‘lik qattiq yomon ko‘rishlarini tushundi, ha 
quddusliklarning sudidan hech kanday rahm-shafqat kutib bo‘lmaydi, shundayku-ya, lekin uni 
olomonning aynimachoqligi va jaholatga minib quturishi taajjubga solib qo‘ydi, go‘yo shu paytgacha 
ular ichidan hech kim uning darodiligini bilmaganday, go‘yo shu paytgacha ular ibodatgohlar va 
maydonlarda nafaslarini ichlariga yutgancha qimir etmay uning va’zlarini eshitmaganday, go‘yo ular 
xo‘tigini ergashtirgan ko‘k eshakka minib shahar darvozalaridan kirib kelganida shodu xurram qarshi 
olmaganday, go‘yo ular umid-omol bila: «Sallamno bani Dovudga! Sallamno va akram!» — deb 
qichqirishib, eshagi oyog‘i ostiga gullar otmaganday. 
Mana endi, u yirtilib dalva-dalva bo‘lib ketgan ust-boshda parishon va faromush alfozda 
taqdirimda yana nimalar bor ekan deganday Pontiy Pilat qoshida mustar turibdi. 
Prokuratorning esa shu tobda asabi g‘oyatda buzilgan va qizig‘i shundaki, hammadan burun 
o‘zidan — o‘zining sustligi, birovga tushuntirib bo‘lmaydigan jur’atsizligidan xafa edi. Na Rim 
qo‘shinlarida xizmat qilib yurganlarida va na mana hozir prokuratorlik chog‘larida u hech qachon 
bunday holga tushmagandi. Rostdan ham kulgili emasmi, axir! — sinedrionning hukmini shartta 
tasdiqlash va ortiqcha boshog‘riqdan qutulish o‘rniga u tergovga kuchi hamda vaqtini sarf qilib 
o‘tiribdi. Holbuki, Baytulmuqaddas ruhoniylar ruhoniysi va mushriklari uning farmoyishiga ilhaq, 
ularni darhol chaqirib, mana, olinglar, gunohkor sizlarniki, nima qilsalaringiz, o‘z ixtiyorlaringiz, desa 
bo‘ladi-ku, axir. Shunga qaramasdan, Pontiy Pilatga shunday osongina yo‘l tutishga nimadir xalaqit 
bermoqda edi. Buning ustiga manovi masxaravoz shuncha ovora bo‘lishga arzirmikin?.. 
Lekin bu tentakni ham ko‘ring-da axir! Qarangkim, u Yahudoning podshosi, muhibbi Rabboniy 
emish, Ilohning odil saltanatini tuzmoq uchun Xudo tomonidan yahudolarga tortiq qilinganmish, 
Uning odil saltanatida qaysaru qaysarchalarga, ularning noyiblariga va yaloqi sinagoglarga o‘rin 
yo‘qmish, jami odamlar endilikda to oxiratga qadar bir-birlariga tengu birodar bo‘lar emishlar. Necha-
necha kishilar davlat qushini boshlariga qo‘ndirishga harakat qilmaganlar, lekin bunaqa aqlli, ayyor va 
bunaqa g‘addorini hali hech kim ko‘rmagan edi. Bunaqalar saltanat tepasiga kelsin-chi, avval qanday 
bo‘lsa, xuddi shunday hukm yuritaveradi, zotan, dunyoga hayotning boshqacha yo‘rig‘i yo‘q va 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling