Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
keyin o‘zimning muallimalik qiyofam qanday bo‘lishini o‘ylab qo‘ygan edim. Fikrimcha
muallima o‘z vazifasini bajarib turgan paytda boshqa xotinlar singari kiyinmasligi kerak. 
Ijodim juda sodda edi: tizzagacha tushib turgan qora satin ko‘ylak, belda ingichka qay-
ish kamar, pastroqda ikkita kichkina cho‘ntak — biri ro‘molcha uchun, ikkinchisi xotira 
daftarchasi uchun. Lekin bu qora manzarani bir oz ochish uchun oq matodan serbar 
yoqa qilinadi. Men uzun sochlarni yoqtirmayman, lekin o‘qituvchi xotin sochini kalta kes-
tirishi yaramaydi. Bir oydan beri sochimni uzaytirishga har qancha tirishsam ham, hali-
gacha yelkamga tushgani yo‘q. 
Men birinchi darsga tayyorlanib, xuddi shu taxlitda kiyindim. O‘jar sochlarimni pesho-
namga tushmasin, deb xo‘p taradim. Yaltiroq, qora ko‘ylagim, taroqdan qutular-qutul-
mas yana dikkaya boshlagan kalta sochlarim ustidagi bu yashil durra shu qadar g‘alati 
bo‘lib ko‘rindiki, qahqaha urib kulib yuborishdan o‘zimni zo‘rg‘a ushlab qoldim. 
Sochlarimni Xaticha xonim bergan yashil durra bilan o‘rashga majbur qilgan o‘quvchi 
bolalarimni sizlarga tanishtirib o‘tay. Eng avval sinfdagi butun umrini sichqon singari 
sandiqda o‘tkazadigan kichkina Vahbi. Bu bola chindan ham shum sichqonga o‘xshaydi: 
munchoq singari qora, yaltiroq ko‘zlari mug‘ambir, kichkina yuzi, uzunchoq iyagi bor, u 
maktabning eng shayton bolasi... 
Bo‘ri bolasidek yumaloq, oq ko‘z, yaltiroq tishli, qip-qizil labli, qop-qora arab bola — 
Ja’far og‘a. Uni birov Ja’far deb chaqirsa, maktabda hech qanday javob bermay, ko‘cha-
ga chiqqach, tosh otar ekan. 
O‘n yashar Ashur; bu skelet singari ozg‘in, kir, iflos yuzini chechak buzgan cho‘tir bo-
la. 
Nihoyat, sinfning eng ko‘zga ko‘ringan bolasi — Hafiz Nuri. Bu bola o‘n yoshga endi 
kirgan bo‘lsa ham, yuzi yetmishga kirgan cholniki singari burishib-tirishib ketgan. Iyagi-
ning tagida bitgan yarasi bor. Yalang‘och bo‘yni barglari sidirib olingan novdaga o‘xshay-
di. Shishib ketgan kasal qovoqlarida bitta ham kiprik yo‘q, tuxumga o‘xshagan boshida 
oq salla. Gapning qisqasi, bu pulga tomosha qildiriladigan ajoyib maxluqning o‘zi. 
Shu kuni ertalab Xaticha xonim qabristondan yangi kesib chiqilgan uzun chiviqlarni 
yoniga qo‘yib olib, bolalarni bitta-bitta chaqira boshladi. Chaqirilgan bola Xaticha xonim-
ning savollariga javob berib turganda, butun sinf avvalgidek shovqin-suron bilan darsini 
pishiqtirardi. Esimda: Aleksi opa sinfda shovqin solgudek bo‘lsak, sham singari sap-sariq 
barmoqlarini bir-biriga kirishtirib, Bibi Maryam taxlitida moviy ko‘zlarini yuqoriga ko‘ta-
rardi-da: “Menga jahannam azobini tortdiryapsiz”, — deyar edi. 
Sinfdagi hamma shovqin, hamma tartibsizlikning sababchisi, albatta, Choliqushi 
bo‘lardi. Mana endi ana shu shovqin-suron azoblarini o‘zing boshingdan kechiryapsan, 
Choliqushi! Odamni jinni qiladigan bu shovqinni bosish uchun, o‘quvchilarimni ovoz 
chiqarmay o‘tirishga, sinfda berilgan darsni hamma baravar eshitishga o‘rgatish uchun 
ikki hafta jon kuydirdim. 
Xayriyat, mehnatim zoe ketmadi. Dastlabki kunlarda qanchalik g‘ayrat qilsam ham, 
lekin ularni eplay olmadim. Xaticha xonimning sinfda ilon singari chinqirgan ingichka 
novdalaridan keyin ovozim ularga juda jonsiz eshitilar edi... Ba’zan ilojini topolmay: “Xa-
ticha xonim, bu yoqqa keling!” — deb tashqariga baqirar edim. Uning supurgiga o‘tirib 
olib, osmonda uchib yuradigan yalmog‘iz singari sinfga otilib kirishi dardimga davo 
bo‘lardi. 
Nihoyat, sinfdagi shovqin-suronlarni sekin-asta bosishga muvaffaq bo‘ldim. Endi sinf-
da pashsha uchsa eshitiladi. Bolalar sekin-sekin so‘zga kiradigan bo‘ldilar. Sinfda qancha 
baqirib-chaqirib o‘qishsa, darslari shuncha miyasiga yaxshi kiradi, deb ishongan Xaticha 
xonim ham xursand. 
Xaticha xonim suyunganidan: 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling