Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
payida edim. Lekin qo‘llarimni yuvib ulgurmasdan talabalarim birin-ketin kela boshlashdi. 
Bechoralarning kiyim-boshlari shu qadar yupun, xarob ediki! Hatto birontasining 
oyog‘ida paypoq ham yo‘q! Boshlarini eski, juldur bo‘z lattalar bilan mahkam o‘rab oli-
shibdi. Yalangpoycha kiyib olgan yog‘och kavushlarini taqirlatib sinf eshigigacha kelisha-
di-da, kavushlarini o‘sha yerga yechib, yonma-yon tizib qo‘yishadi. 
Qizaloqlar meni ko‘rib hayiqishdi-yu, eshikdan uyalib qarab qolishdi. Men ularni yaqin-
roq kelinglar, deb chaqirganimda, qo‘llari bilan yuzlarini to‘sib, eshik orqasiga yashirinib 
olishdi. Axiyri, ba’zilarini bilaklaridan ushlab, zo‘rg‘a sinfga olib kirdim. 
Qizchalar yonimga kelishib, ko‘zchalarini yumgan holda qo‘llarimni shunday o‘pa bo-
shlashdiki, kulib yuborishdan o‘zimni zo‘rg‘a tutib qoldim. Qishloqda odat bo‘lib qolgan 
bu o‘pish kulgili bir ohangda cho‘lpillar, qo‘lim ustida oz-ozdan so‘lak qolardi. Men ham 
qizaloqlarni o‘zimga isitib olish uchun har biriga ikki-uch og‘iz shirin so‘z aytardim. Am-
mo ular mumkin qadar shirin til bilan so‘ragan savollarimni odamni tajang qilib yubora-
digan bir o‘jarlik, sukunat bilan javobsiz qoldirishardi. Ancha noz qilishgandan, tortinish-
gandan so‘nggina otlarini aytishga rozi bo‘lishardi: 
— Zahro... 
— Oysha... 
— Zahro... 
— Oysha... 
— Zahro... 
— Oysha... 
Voy xudo! Bu qishloqda Zahro bilan Oyshalar muncha ko‘p ekan! Bu yerda hech kula-
digan narsa bo‘lmasa ham, miyamga qiziq o‘ylar keldi. Masalan, inspektor kelib, o‘quv-
chilarim bilan tanishmoqchi bo‘lsa, “sinfda to‘qqizta Oysha bilan o‘n ikkita Zahro bor”, 
deyman-u, qutulaman. So‘ngra darsni oson olib borish uchun hamma Oyshalarni sinf-
ning bir tarafiga, Zahrolarni ikkinchi tarafiga o‘tqazish mumkin. Yoki bunday qilsa ham 
bo‘ladi, masalan, to‘p o‘ynatganimda (tanaffus mahallarida qizchalarni bog‘da, albatta, 
o‘ynatib, bahrlarini ochaman), Oyshalar bu yoqqa, Zahrolar u yoqqa o‘tsin, deb sinfni bir 
zumda ikkiga bo‘lib yuborish mumkin bo‘ladi. 
Bu narsa menga anchagina ermak bo‘ldi. Maktabga yangi qiz kelsa: 
— Qizim, sen Zahromisan, yo Oysha? — deb so‘rar, ko‘pincha savolimda haqli bo‘lib 
chiqardim. 
Lo‘ppi yuzli kichkina qiz hammasidan ham qaqajonroq chiqib qoldi. Qora ko‘zlarini 
yuzimga tikib turib: 
— Mening otimni qaerdan bilasiz? — dedi. 
Talabalarimni partalarga o‘tqazdim-da, har kim o‘z joyini esidan chiqarmasin, deb 
tayinladim. Bechoralarning ahvollarini ko‘rish kerak edi! Partalarda o‘tirishning epini qili-
sholmas, daraxt shoxida yoki tom bo‘g‘otida o‘tirganday g‘alati vajohatda edilar. Yonlari-
dan ketdim deguncha, yer ostidan menga bir qarab qo‘yib, kulgili bir alfozda salanglab 
turgan kir oyoqlarini sekin taglariga yig‘ishtirib olishar, shu qiliqlari bilan kosasiga yashi-
ringan toshbaqalarni esimga tushirishar edi. Nachora, sekin-asta ko‘nikib ketishadi. 
Bir narsa meni juda hayron qilib qo‘ydi. Yonimga uyalib-tortinib zo‘rg‘a kelgan, ko‘zla-
rini yumib turib qo‘limni o‘pgan va qishloq kelinchaklariday og‘izlaridan bir so‘z ham 
chiqarmagan bu qizchalar kitoblarini ochar-ochmas baland tovush bilan shu qadar 
baqirib-chaqirib o‘qib ketishdiki!.. 
Sinfda bolalar ko‘paygan sari shovqin ham ortib, kallam gir aylana boshladi. 
Xaticha xonimdan: 
— Hamisha shunaqa baqirishib o‘qishadimi? Bunga qanday chidab bo‘ladi? — deb 
so‘radim.  


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling