Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
101 Bir quruq to-but-ga qo‘yar-lar se-ni, Zo-lim o‘lim-dan qutul-may-san hech. Qizlar shunday deb nola qilishganda ko‘z oldimdan dafn marosimlari saf tortib o‘tardi. O‘quvchilarimning eng yaxshi ko‘rgan o‘yinlari o‘lik ko‘mish taqlidi edi. Bu o‘yin, odat- da, katta tanaffus mahallarida o‘ynalardi. Bu teatr pesasiga o‘xshab ketgan o‘yinda bosh rollarni Hafiz Nuri bilan arab Ja’far og‘a o‘ynardi. Ja’far og‘a og‘rib qoladi. Atrofida qiz bolalar yig‘ilishib, Qur’on o‘qishadi, og‘ziga suv tomizishadi. Bola ola ko‘zlarini yumib jon berganda, qizchalar faryod urib yig‘lashadi, iyagini bog‘lashadi. Keyin Ja’far og‘ani taxtaga yotqizib yuvishadi. Bolalar eshikdan sindirib olingan taxtani yashil durralar bilan yopishganda, bular yasagan tobutning o‘sha qo‘rqinchli haqiqiy tobutdan farqi qolmas edi. Hafiz Nuri chinqiroq, mash’um tovush bilan janozaga chaqirganda, azon aytganda, ja- noza namozi o‘qiganda badanimda chumoli yurgandek bo‘lardi. Qabr ustida “Yo Ja’far binti Zahro”, deydigan odati bor ediki, kechalari tushlarimga kirib chiqar edi. Yuqorida aytganimdek, bu qishloqning havosi, ayniqsa, har soati bitmaydigandek cho‘zilib ketadigan kechalari odam dimog‘iga o‘lim hidini keltiradi... Bunday kechalarning vahimalariga, qo‘rquvlariga chidash... Bir kuni kechasi tog‘da qashqirlar uliy boshlashdi. Men juda yomon qo‘rqib ketdim. Ni- ma bo‘lsa ham pastga, Xaticha xonimning hujrasiga tushmoqchi bo‘ldim. Lekin uning mog‘or hidi kelib turgan, yerto‘laga o‘xshagan hujrasining eshigini ochga- nimda, qashqirlarning ulishidan ham ming marotaba dahshatli manzaraga duch keldim. Kampir oppoq chorshafga o‘ranib olib, joynamoz ustida o‘tirar, hushidan ketgan sin- gari bo‘g‘iq bir tovushi bilan allanarsalar o‘qir, u yoq-bu yoqqa tebranib, uzun tasbehini o‘girar edi. * * * Zaynilar qishlog‘ida men uch narsaga ko‘ngil qo‘ya boshladim: birinchisi — derazam tagidagi oqar buloq, u tinimsiz shildirab, yolg‘izlik kechalarimda menga hamdamlik qila- di. Ikkinchisi — kichkina Vahbi, ya’ni Xaticha xonim saltanati zaminida umrini sandiq ichi- da jazo tortish bilan o‘tkazgan bola. O‘zining tengdoshlariga hech bir o‘xshamagan bu kichkina shaytonni yaxshi ko‘rib qoldim. Bu bola harflarni g‘alati talaffuz etar, shirin til bilan erkin gaplashar edi... Vahbi bir kuni bog‘da porloq ko‘zlarini qisib menga qaradi. — Nimaga qaraysan, Vahbi? — deb so‘radim. Vahbi hech tap tortmay: — Juda chiroyli qiz ekansan! Akamga olib beray, bizning kelinimiz bo‘lgin. Akam sen- ga tuflilar, ko‘ylaklar, taroqlar olib beradi, — dedi. Vahbining hamma narsasi menga yoqadi, lekin men bilan hech hisoblashmaydi. Ba’- zan jahlim chiqqanda, qulog‘ini sekin cho‘zib qo‘yganimda ham bunga hech parvo qil- maydi. Kim biladi, balki xuddi shu narsasi uchun uni shunchalik yaxshi ko‘rib qolgandir- man. Vahbidan bu o‘rinsiz taklifni eshitib qoshlarimni chimirdim. — Odam ham o‘z muallimasiga shunday narsalarni aytadimi? Birov eshitib qolsa, ti- lingni kesib oladi!— dedim. Vahbi mening soddaligimdan kulayotgandek qilib: — Esimni yebmanmi! Nima, birovga aytarmidim! — dedi. Voy xudo, bu zing‘archa qishloq bolasi nimalarni bilmaydi-ya! U yana tortinmay davom etdi: — Seni istambullik kelinoyi deyman. Senga kashtanlar olib kelib beraman. Akam |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling