Microsoft Word compress 1122514703 1569579108 doc
Download 139.42 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq6-мавзу. касб маънавияти
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Касбий маънавият» фанини
Касб маънавияти фани предмети, мақсад ва вазифалари Режа. 1. «Касбий маънавият» фанининг мақсади, предмети ва вазифаси. 2. Маънавият тушунчаси: моҳияти, мазмуни, тузилмаси, намоён бўлиш шакллари. 3. Касблар тарихи. Касбий фаолиятда маънавият. 4. Касб маънавияти фанининг зарурияти ва амалий аҳамияти. 1. «Касбий маънавият» фанининг мақсади, предмети ва вазифаси. Президент Ш.Мирзиёев томонидан « Маънавий-маърифий ишлар тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида »ги (2021 йил 26 март) қарори асосида магистратура босқичида «Касбий маънавият» фанини киритилишини лозимлиги белгиланди. Дарҳақиқат, «Касбий маънавият» курси касб этикаси фани билан яқин алоқадор ҳисобланади. Касб этикаси - ахлоқнинг келиб чиқиши, моҳияти, хусусиятлари, жамият ривожидаги ўрни, тараққиёт қонуниятларини ўрганувчи ва ҳақиқатлиги амалда исботланган билимлар мажмуидан иборат фан. Касб этикаси умумий этика назарияси , тарихий этика, норматив-қадриятлар этикаси, касб этикаси ва ахлоқий тарбия назарияси каби таркибий қисмлардан ташкил топган. Умумий этика назарияси аҳлоқнинг табиати, моҳияти, хусусияти, таркибий қисмлари, унинг жамият тараққиётида тутган ўрнини ўрганади. Тарихий этика ахлоқнинг келиб чиқишини, унинг тарихий тараққиёт қонунларини, ривожланиш босқичлари ва тамойилларини тадқиқ этади. “Этика” сўзи қадимий юнонча «этос» (etos) сўзидан келиб чиққан бўлиб, уй, биргаликдаги яшаш макони, инсонларнинг турар жойи маъноларини англатади. Кейинчалик бу сўзнинг маъноси одоб, ахлоқ яъни инсон муомаласи доираси ва характери ўртасидаги алоқаларни, инсоният сифатининг муҳим белгилари, фазилатлари маъносини билдира бошлаган. Этика – кишиларда одоб-ахлоқ муносабатларининг, тушунчаларнинг, қадриятларнинг, қонуниятларнинг вужудга келишини, уларнинг одамларни бошқаришдаги ўрни ва аҳамиятини ўрганади, умумлаштиради. Этика қулдорлик даври фалсафа илмининг ажралмас бир қисми сифатида вужудга келган, қадимги дунё донишмандларидан бўлмиш Арасту (милоддан аввалги 384–322 йиллар) томонидан атама сифатида муомалага киритилган. У биринчи бўлиб ахлоқшуносликни руҳшунослик билан сиёсатшунослик оралиғидаги алоҳида фалсафий фан сифатида тақдим этган ва уни “Этика” деб номлаган. Арасту ўз даврида мавжуд фанларни таърифларкан, уларни учта гуруҳга ажратади: назарий фанларга фалсафа, математика, физикани; ижодий фанларга санъат, бадиий ҳунармандчиликни; амалий фанларга эса этика ва сиёсатни киритади. Шу тариқа Этика фалсафа доирасидан ажралиб чиқади ва мустақил фан сифатида шакллана бошлайди. Ҳозирги вақтда «Этика» ижтимоийфалсафий фанлар тизимида ўзига хос ўринга эга бўлган фандир. «Этика» (ахлоқшунослик) – ахлоқнинг келиб чиқиши, моҳияти, хусусиятлари, жамият тараққиётидаги ўрни ҳақидаги фандир. У бошқа ижтимоий фанлар сингари ўз қонунлари ва категорияларига эга бўлиб, улар орқали ўз хулосаларини баён қилади. Kasbiy etikada biz ma'lum bir kasbda paydo bo'ladigan axloqiy muammolarni hal qilish uchun mo'ljallangan amaliyotlar haqida gapiramiz. Bunday etika quyidagi muammolarni hal qiladi: birinchisi shartlarga nisbatan umuminsoniy axloq me'yorlarini konkretlashtirish zarurati bilan bog'liq kasbiy faoliyat; u kasb ichida mavjud bo'lgan talablarni ko'rib chiqadi va ularning tashuvchilarini maxsus, ishbilarmonlik aloqalari bilan bog'laydi; u kasb qadriyatlari va jamiyat manfaatlarining mosligini muhokama qiladi va shu nuqtai nazardan korrelyatsiya muammolariga o'tadi. ijtimoiy javobgarlik va professional burch. Kasbiy etika quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: kundalik kasb vakillariga qaratilgan talablar shaklida ifodalanadi. Shunday qilib, chiroyli tarzda tuzilgan kod-deklaratsiyalar shaklida mustahkamlangan uning me'yoriy qiyofasi kuzatiladi. Qoida tariqasida, ular kasbning yuqori kasbiga mos keladigan qo'ng'iroqni o'z ichiga olgan kichik hujjatlar; kasbiy etika to'g'risidagi hujjatlar, bu qadriyatlar aniq ekanligi va ushbu faoliyatning eng ko'zga ko'ringan vakillari faoliyatini oddiy tahlil qilishdan kelib chiqadi, degan ishonch bilan to'ldiriladi; axloqiy obro'ni professional hamjamiyatning o'zi deb hisoblaydi va bunday yuksak ishonchga ega bo'lgan eng hurmatli vakillar uning nomidan harakat qilishlari mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda, tergov ham, sanktsiyalar ham jamiyatning o'ziga tegishli masala ekanligi ayon bo'ladi. Uning sud va hukmi - bu professional kollejning o'z yuqori taqdirini noto'g'ri tushungan, o'z mavqeini jamiyatga zarar etkazgan va shu bilan o'zlarini undan o'chirib tashlaganlarga qarshi chiqargan qarori. Yillar o‘tishi bilan ishlab chiqarish, fan va tеxnika rivojlanib, ijtimoiy mеhnat taqsimoti yanada chuqurlashdi. Bu jarayonning uzluksiz davom etishi esa, o‘z navbatida, har bir muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan yangi faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar muayyan axloqiy qoidalar va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topdi. Kasb etikasi to‘g‘risida har xil munosabatlar hosil bo‘lishining asosiy sabablaridan biri bu maktab, kollej va litsey o‘quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli xil motivlarning namoyon bo‘lishidir. Motivlar o‘rtasidagi kurash ularning u yoki bu qarorga kеlishlariga sabab bo‘ladi. Bizningcha, voqеlikka ongli munosabatda bo‘lish obyеktiv va qat’iy qarorni kеltirib chiqaradi. Kasbiy etika bu har bir kasb- hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb-kor (hunar) oldiga qo‘yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, umumiy hamda xususiy ko‘rinishlarni o‘zida aks ettiradi: 1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi. 2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati. 3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi. 4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi yoshlarda uning ijtimoiy mavqеi (nufuzi), jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari, vеrtikal va gorizontal bo‘yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari. 5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pеdagogik tavsifi (maxsus mеzonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi). 6. Pеdagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, tadbir-choralari umumiy tavsifi. Download 139.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling