Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc


Download 260.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/43
Sana17.06.2023
Hajmi260.98 Kb.
#1536062
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Bog'liq
Chol va dengiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
Birmuncha muddatdan so‘ng baliq simga urishdan to‘xtadi va yana ohista aylana boshladi. Chol 
maromi bilan chilvirni o‘ziga tortib yig‘ishtirardi. Ammo u yana o‘zini lohas seza boshladi. Chol 
dengiz suvidan hovuchlab olib boshidan quydi. Keyin yana bir oz suv olib boshiga quygach, ensasini 
uqalab qo‘ydi. 
— Shukurki, hartugul tomir tortishmayapti,— dedi u.— Baliq tezda yuzaga chiqadi, men bo‘lsam 
hali turib beraman. Sen turib berishing kerak, chol. Chidamim yetmaydi deb, hatto xayolingga ham 
keltira ko‘rma. 
U tizzalab o‘tirib oldi va omonatgina bo‘lsa ham chilvirni yana yelkasiga oldi. «Baliq aylanib 
turguncha, men nafas rostlab olaman, keyin o‘rnimdan turaman-da, u yaqinlab kelishi bilan chilvirni 
o‘zimga torta boshlayman». 
Chol qayiq burnida turib ko‘proq dam olgisi, chilvirni o‘z holiga tashlab, ortiqcha bir aylanib 
chiqish uchun baliqqa yo‘l qo‘yib bergisi kelardi. Ammo tor-tish maromidan baliqning burilib, yana 
qayiq tomonga qaytayotganligi ma’lum bo‘lgan zamon chol o‘rnidan turdi va qo‘lga iloji boricha 
ko‘proq chilvir kiritay deb, gavdasini dam u tomonga, dam bu tomonga o‘girgancha qulochlab chilvir 
torta boshladi. 
«Shunday charchabmanki, umrim bino bo‘lib bunaqangi ahvolga tushmaganman,— deb o‘yladi 
chol,— mana shamol ham kuchayib boryapti. Nafsilamrga baliqni uyga olib borayotganimda, bu 
shamol asqatadi. Ha, juda, juda asqatadi bu shamol». 
— U yangidan aylana boshlashi bilan men dam olaman,— dedi u.— O’zimni ham boyagidan ko‘ra 
ancha yaxshi his qilyapman. O’ldim deganda, yana ikki-uch aylanishdan keyin baliq meniki bo‘ladi-
qo‘yadi. 
Uning poxol shlyapasi ensasiga surilib tushgan edi. Baliq oldinga qarab yana sudrab keta boshlashi 
bilan chol butunlay holdan toyib, o‘zini qayiq burniga tashladi. 
«Mana endi sen chigilingni yoz, baliq,— deb o‘yladi u.— Sen orqaga qaytding deguncha, men 
ishimni boshlayman». 
Dengiz bo‘ylab yirik dolg‘a sirpana boshladi. Ammo suvni ochiq havoning yo‘ldoshi bo‘lgan 
xayrli shamol haydab kelmoqda edi. U cholning uyga yetib olishi-da hali ham mador, ham madad 
bo‘ladi.
— Qayiqni janub va g‘arbga tomon boshqarib boraman,— dedi u. — Vassalom. Dengizda ham 
adashib bo‘larmishmi? Orolimizku, kichkina emas, cho‘zilgandan cho‘zilib ketgan. 
Chol baliqni uchinchi aylanish vaqtida ko‘rdi. 
Nazari avvalo qayig‘i ostidan hadesa bosh-keti ko‘rinmay cho‘zilib o‘tgan timqora soyaga tushdi. 
O’z ko‘zlarining ko‘rganiga o‘zi ishonmay qoldi. 
— Yo‘q,— dedi u.— Uning bunaqangi botmondaxsar bo‘lishi mutlaqo mumkin emas. 
Ammo baliq chindan ham ulkan edi. Uchinchi aylanish oxirlab qolganida, u qayiqdan o‘ttiz 
yardcha narida yuzaga suzib chiqdi. Uning quyrug‘i dengizdan qan-chalik ko‘tarilib chiqqanini chol 
o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi. U eng katta o‘roqdai ham kattaroq bo‘lib, qoramtir-moviy suv betidan 
nimsafsar tusga kirgandek ko‘rinardi. Baliq yana boshqatdan sho‘ng‘ib ketdi, ammo bu gal u qadar 
chuqur tushmadi. Uning butun alp siyosat gavdasini chirmab olgan binafsha rang tasmalari cholga yap-
yaqqol ko‘rinib turardi. Baliqning umurtqa qanoti shalpayib tushgan, juda ham ulkan ko‘krak 
suzg‘ichlari bo‘lsa keng yoyilgan edi. 
Baliq aylanar ekan, chol uning ko‘zlarini, shu ko‘zlar atrofida suzib yurgan ikki kul rang yelim 
baliqni ko‘rdi. O’qtin-o‘qtin ular baliqning badaniga zu-lukdek yopishar, keyin jonholatda ura 
qochishardi. Gohida esa yirik baliqning soyasida o‘ynoqlab suzishardi. Yelim baliqlardan har birining 
bo‘yi uch futdan oshiqroq kelar edi. Ular suzayotganlarida xuddi ilon baliqqa o‘xshab, bor bo‘ylari 
bilan bilanglab ketishardi. 
Cholning yuzidan endi faqat quyosh taftidangina emas, azbaroyi zo‘riqqanlikdan ham ter reza-reza 
bo‘lib oqardi. Ko‘rinishdan juda sokin va bamaylixotir doira yasayotgan baliqning har yangi 


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 260.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling