Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/35
Sana16.09.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1679743
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

Eonotema (eon) – eng yirik stratigrafik birlik bo‘lib, uning hosil bo‘lish 
davomiyligi ko‘plab million, hatto, milliard yillarni tashkil etadi. Yer tarixida 
arxey, proterozoy va fanerozoy eonotemalari ajratiladi. Arxey va proterozoy 
tokembriy yoki kriptozoy nomi bilan ham yuritiladi. 
Eratema (era) – eonning bir qismi bo‘lib, uning hosil bo‘lish davomiyligi 
bir necha yuz million yilni o‘z ichiga oladi. Eratemalar Yerning va undagi geologik 
dunyoning yirik rivojlanish bosqichlarini aks ettiradi. Eratemalar orasidagi 
chegaralar geologik dunyo rivojlanishidagi tub o‘zgarish bosqichlarini 
xarakterlaydi. Fanerozoy eontemasida uchta: paleozoy, mezozoy va kaynozoy 
eratemalari ajratiladi. 
Sistema (davr) – uning hosil bo‘lish davomiyligi o‘nlab million yil bo‘lgan 
geologik vaqt oralig‘i bo‘lib, nomi aksariyat hollarda, shu davr yotqiziqlari birinchi 
bor aniqlangan geologik nomidan kelib chiqqan. 
Bo‘lim (epoxa) – u sistemaning bir qismi bo‘lib, hosil bo‘lishi bir necha o‘n 
million yilni qamrab oladi. Bo‘limlarning nomi yotqiziqlarning ketma-ketligiga, 
asosan, quyi, o‘rta va yuqori bo‘lishi mumkin. Ba’zi bo‘limlar o‘zining xususiy 
nomiga ega. 
Yarus (asr) – bu stratigrafik bo‘limning bir qismi bo‘lib, hosil bo‘lish 
davomiyligi bir necha million yilni qamrab oladi. Yaruslarning nomlari shu vaqtda 
rivojlangan yotqiziqlar birinchi bor o‘rganilgan viloyatlar, hududlar, daryo 
havzalari, aholi manzillari nomidan olingan bo‘ladi. 


18 
Ajratilgan stratigrafik tabaqalarni geologik xaritalarda tasvirlash uchun 
muayyan ranglar va indekslardan (harfli va raqamli belgilar) foydalaniladi. 
Arxey – indeksi Ar, rangi to‘q pushti. 
Proterozoy – indeksi Pr, rangi och pushti. 
Paleozoy – indeksi Pz, rangi jigarrang. 
Mezozoy – indeksi Mz; ko‘k rang. 
Kaynozoy – indeksi Kz; rangi sariq. 
Butun dunyoda Xalqaro geologik kongressda oldingilariga o‘zgartirishlar 
kiritib qabul qilingan stratigrafik (geoxronologik) shkaladan foydalaniladi. Yangi 
shkala quyidagi tabaqalarni o‘z ichiga oladi (1-jadval): 
 
1-jadval 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling