31
Paleoproterozoy davri Yer tarixida mustaqil ahamiyatga ega. Bu bosqich
davrida to’laqonli qit’a yer qobig`i shakllanib, u deyarli barcha platformalar va
kichik qit`alar poydevorini tashkil qiladi. Bu davrning
boshlanishida ilk bor
arxey qobig`ining parchalanishi kuzatiladi. Parchalanish jarayonlari,
birinchi
navbatda, platformalardagi arxey poydevorining yorilishi keng tarqalgan
daykalar orqali amalga oshgani isbotlangan.
Faqat shu bosqichda Yer tarixida birinchi marta to’laqonli
burmalangan
o’lkalar
va
platformalar
shakllanadi.
Paleoproterozoy
platformalari
xususiyatlarini alohida belgilash maqsadida ular protoplatforma, ya’ni, ilk bor
hosil bo’lgan qadimgi platformalar deyiladi.
Protoplatforma - qadimgi,
asosan, tokembriy uchun xos bo’lgan platformalar.
V.E.Xainning
fikricha,
1,7
mlrd
yil
bo’sag`asida
barcha
protogeosinklinallar o’z faoliyatini tamomlab bo’lgan, barcha katta-kichik
kratonlar
jipslashib, yagona superqit’ani hosil qilgan. A.Vegener Pangeya II
qit’asidan farqli o’laroq uni Pangeya I desak maqsadga muvofiq bo’ladi,
degan. Avvallari bu proterozoyda hosil bo’lgan qit’ani G.Shtille „Megageya“
qit’asi deb atagan (2-rasm). Bu qit’ani tiklash bir qator qiyinchiliklarga duchor
bo’ladi, ammo shunga qaramay, tiklashning bir qator variantlari mavjud.
Yer tarixida Rodiniy superqit’asini qayta tiklab tahlil
qilish mezoproterozoy
bosqichini
alohida
davr
sifatida
ajratilishiga
olib
keldi.
Rodiniy
superqit’asining paydo bo’lishi Pangeya I ning parchalanishidan boshlanadi.
Bunga sabab mazkur qitadagi burmalangan o’lkalardagi
yotqiziqlar orasida
qadimgi (rifey) ofiolit komplekslarining mavjudligidir. Bu yoshdagi ofiolitlar
Shimoliy Amerika,
Yenisey kryaji, Shimoliy Afrika,
Boltiq qalqonining
g`arbiy qismi, Janubiy Amerikada o’rganilgan. Ularning shakllanishi ikki
bosqichda: quyi va o’rta rifeyda (got burmalanish davri 1.35 mlrd.yil) va
yuqori rifeyda (1.0. mlrd.yil, grenvil burmalanish davri) sodir bo’lgan.
Ayniqsa, grenvil davridagi burmalanish jarayonlari yaxshi o’rganilgan.
Ushbu
jarayonlar natijasida Rodiniy qit’asi hosil bo’lgan.
32
Mezoproterozoy
davrida
Yer
sharidagi
ikki
guruh
platformalar
(Lavraziya—shimolda, Gondvana-janubda) bir-biridan ancha farq qilgan. Bu
farqlar, ayniqsa, shu davrdagi okeanlar misolida yaqqol ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: