35
nisbatan yoshligi, uning qirg`oqlari bo’lgan
Shimoliy Amerika va Sharqiy
Gondvananing geologik tuzilishi bilan isbotlanadi. Qadimgi Mozambik
havzasining berkilishi Tinch okeanining ochilishiga olib keladi. Prototetis
(qadimgi, ilk Tetis) okeani Lavraziya va Gondvana qit’alari
orasida
joylashgan.
Protoyapetus (qadimgi Yapetus) okeani Lavrentiy va Baltiya o’rtasidagi
rift tizimlarining kengayishi natijasida hosil bo’lgan. Qadimgi Osiyo okeani
Rodiniy qit’asining neoproterozoy rivojlanish davrida hosil bo’lgan. Bu
okeanning paydo bo`lishi bir qator havzalarni yuzaga keltirgan. Ular
keyinchalik bekilib, Ural-Oxota burmalanish mintaqasini yaratgan.
5-rasm. Tinch va Yapetus okeanining qayta tiklanishi (500 mln yil)
(I.W.D.Daziel bo’yicha): 1 — G`arbiy va 2 — Sharqiy Gondvana, 3— 4—
trapp hududlari (3 — Sharqiy Antarktika va Avstraliya, 4 — Shimoliy
Amerika).
Shunday
qilib,
mezoproterozoyda
(rifey)
tashkil
topgan Rodiniy qit’asi faqat 900 mln. yil yaxlit saqlanib turdi.
Keyinchalik
(900 mln. Yil atrofida) u parchalana boshladi va bu jarayonlar natijasida Tetis
okeani
vujudga
keldi.
Tetis
okeani
yaxlit
Rodiniy megaqit’asini Lavraziya va Gondvana qit’alariga bo’lib yubordi.
36
Ularning shimolda joylashganligi bu qit’alarda qadimgi muzlik yotqiziqlari
bilan isbotlanadi (750 mln. yil avval
Janubiy va Markaziy Afrika, Avstraliya,
Antarktida). Keyinchalik (650 mln. yil vend) parchalanish jarayonlar G`arbiy
Gondvanani bir necha qit’alarga ajratdi,
bir qator okeanlar, shu jumladan,
Mozambik okeanini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.
Bu davr ichida Tetisdan
tashqari Yapetus va qadimgi Osiyo okeani ham shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: