Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIBR VA MANMANLIK BILAN KIYIMLARINI SUDRAB YURISH
www.ziyouz.com kutubxonasi
40 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Nofe’ roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Ibn Umar va Abdulloh ibn Amrlar Zubayr ibn Abdulmuttalibning huzurida edilar. Bir vaqt yelkasiga kamon osgan ayol qo‘ylarini haydab o‘tib qoldi. Abdulloh ibn Umar undan: «Sen erkakmisan yo ayol?» deb so‘radilar. «Ayolman», dedi u. Ibn Umar Ibn Amrga o‘girildilar-da: «Alloh taolo Payg‘ambar tili orqali erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni va ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni la’natlagan», dedilar». Ko‘chaga chiqqanda nomahramlarga zeb-ziynat va taqinchoqlarini ko‘rsatib yuradigan, mushk-anbar va har xil xushbo‘yliklar bilan o‘ziga oro beradigan hamda kalta va tor liboslar kiyadigan ayollar ham mal’undirlar. Bu ishlarning barchasini, ya’ni, o‘zini bozorga solib, jamolini ko‘z-ko‘z qilib yurishni Alloh taolo yomon ko‘radi. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, ko‘p ayollar shaytonning tuzog‘iga ilingandirlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ular haqida: «Do‘zaxga boqib, uning ko‘pchilik ahli ayollar ekanligini ko‘rdim», deganlar (Muslim rivoyati). Yana u zot sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «O‘zimdan keyin erkaklar uchun ayollardan ko‘ra zararliroq fitna qoldirmadim» (Muslim rivoyati). Alloh taolodan bizni ayollar fitnasidan saqlashini va O‘z fazlu marhamati ila ularni ham, bizni ham isloh etishini so‘raymiz. O‘n to‘qqizinchi gunohi kabira KIBR VA MANMANLIK BILAN KIYIMLARINI SUDRAB YURISH Alloh taolo aytadi: «Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girmagin va yerda kibru havo bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas» (Luqmon surasi, 18). Ya’ni, Alloh taolo o‘zini boshqalardan ustun qo‘yadigan, hech kimni mensimaydigan, gerdayib yuradigan va maqtanchoq kimsalarni yoqtirmaydi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «To‘piqdan pastga tushgan izor (ishton) olovdadir» (Buxoriy rivoyati). (Izoh: Bu o‘rinda e’tibor beriladigan muhim jihat shim pochasining to‘piqdan pastga tushirib yurish emas, balki kibr qilmaslikdir. Bir zamonlarda izorni sudrab kiyish kiborlarga xos illat bo‘lgan. Keyinchalik esa, kibr alomatlari ko‘payib ketdi. Hatto, kishilar pochasini to‘pig‘idan balandga ko‘tarib olgani bilan boshqalarga manmanlik qiladigan bo‘ldi. Quyida keltirilayotgan hadislar, xususan, Abu Bakr roziyallohu anhuning Nabiy alayhissalomga izorlari tushib ketayotganidan shikoyat qilganlari va Rasuli akramning: «Siz bu ishni manmanlik bilan qiladiganlardan emassiz», deganlari izorning to‘piqdan pastga tushirmaslikdan asl murod kibr qilmaslik ekanini ochiq ayon qiladi. – Muharrir.) Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh izorini takabburlik bilan sudrab yurgan kimsalarga qiyomat kunida www.ziyouz.com kutubxonasi 41 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy qaramaydi» (Buxoriy, Muslim va Molik rivoyati). Abu Zarr roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uch marta: «Uch toifa odamlar borki, Alloh qiyomat kunida ularga gapirmaydi, ularga qaramaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi va ularga alamli azob bo‘ladi», dedilar. Men: «Yo Rasululloh, bu baxtsiz, ziyonkor kimsalar kim?» deb so‘ragan edim: «Kiyimini uzun qilib, yerga sudrab yuruvchi, minnatchi va yolg‘on qasam bilan molini o‘tkazuvchi kimsalar», deya javob berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi yangi kiyimlarda o‘zidan mast bo‘lib (g‘ururlanib), sochini tarab, gerdayib yurib ketayotgan edi. To‘satdan Alloh uni yerga yutdirib yubordi. U endi qiyomat kunigacha yer qa’riga kirib ketaveradi» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh kiyimini manmanlik bilan sudrab yurgan kimsaga qiyomat kunida qaramaydi» (Molik, Buxoriy va Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Izor, ko‘ylak va sallani uzun qilib, yerga sudrab yurishadi. Kimki biron-bir narsani manmanlik bilan yerga sudrab yursa, Alloh unga qiyomat kunida qaramaydi» (Abu Dovud, Nasoiy rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonning izori boldirining o‘rtasiga tushib turadi. To‘piqqacha bo‘lsa ham zarari yo‘q. To‘piqdan past bo‘lgani esa, olovdadir» (Abu Dovud rivoyati). Bu hukm shim, ko‘ylak, to‘n va boshqa barcha liboslarga taalluqlidir. Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi uzun izorda namoz o‘qiyotgan edi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kimki libosini manmanlik bilan yerga sudrab yursa, Alloh unga qiyomat kunida qaramaydi», deganlarida, Abu Bakr roziyallohu anhu: «Yo Rasululloh, izorim shalvirab qolgan, ushlab yurmasam pastga tushib turadi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotga: «Siz bu ishni manmanlik bilan qiladiganlardan emassiz», dedilar (Buxoriy rivoyati). Ey Allohim, bizga go‘zal lutf marhamating ila muomalada bo‘l. Ey rahmlilarning rahmlirog‘i, O‘zing bizga rahm qil. Yigirmanchi gunohi kabira Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling