Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
66 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy O‘ttizinchi gunohi kabira YETIM MOLINI YEYISH VA UNGA ZULM QILISH Alloh taolo shunday deydi: «Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar hech shak-shubhasiz, qorinlariga olovni yegan bo‘lurlar. Va, albatta, do‘zaxga kirajaklar!» (Niso surasi, 10). Yetimlarning mollarini nohaq yeydigan kimsalar aslida olov yegan bo‘lib, qiyomat kuni qorinlarida alangalanib turadi. Suddiy rahmatullohi alayh aytganlar: «Yetim molini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsa qiyomat kunida qayta tirilganida, olov alangasi uning og‘zi, burni, quloq va ko‘zlaridan chiqib turadi. Uni ko‘rgan har bir odam u yetim molini yeganini darhol bilib oladi». Alloh taolo yetim moli haqida: «U mollarni isrof qilib va (egalari) katta bo‘lib qolmasin, deb shoshilib yeb qo‘ymanglar. (Yetimni o‘z qaramog‘iga olgan) kishi agar boy bo‘lsa, (etimning molidan) parhez qilsin, kambag‘al bo‘lsa, yaxshilik bilan (ya’ni, qilgan xizmatiga yarasha) olib yesin» (Niso surasi, 6). Ulamolar: «Yaxshilikdan ortiqchasini yeyish harom bo‘ladi», deyishgan. Ibn Javziy o‘z tafsirlarida yaxshilik bilan yeyish haqidagi to‘rt xil qarashni keltirganlar: 1. Qarz hisobida olish. 2. Isrof qilmasdan ehtiyojiga yarasha olib yeyish. 3. Yetim uchun qilgan xizmatiga yarasha olish. 4. Zarur bo‘lib qolganda olib, imkoni bo‘lganda qaytarish, agar imkoni bo‘lmasa qaytarmay qo‘yaveradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yetimni qaramog‘iga olgan odam men bilan jannatda mana bundaymiz» dedilar-da, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qilib, orasini sal ochib qo‘ydilar» (Buxoriy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «O‘ziga qarindosh yoki begona bo‘lgan yetimni qaramog‘iga oluvchi kishi, men bilan u jannatda mana bunday». So‘ng roviy –
Yetimni qaramog‘iga olish degani uni tarbiyalash, yedirib-ichirish, kiydirish va agar mol-mulki bo‘lsa, uni ko‘paytirishdir. Bordi-yu, mol-mulki bo‘lmasa, unga Alloh taoloning roziligini istab infoq-ehson qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda kim musulmonlar orasidagi yetimni o‘z taomi va ichimligiga (ya’ni, o‘z qaramog‘iga) olsa, mabodo kechirilmaydigan gunoh (ya’ni, shirk) qilmas ekan, Alloh uni jannatga, albatta, kiritadi» (Termiziy rivoyati).
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling