Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet58/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
64
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Solihlardan biri vafot etgandan so‘ng, bir kishi uni tushida ko‘rib: «Alloh sizga qanday muomala qildi?» deb so‘ragan ekan, u kishi: «Yaxshi. Biroq, men birovdan qarzga igna olib, qaytarmagan edim. Shu igna tufayli jannatga kirolmay turibman», deb javob beribdi.

Ulamolar fatavolarida quyidagi so‘zlar bor: «Xoin, aldoqchi, o‘g‘ri, battol, foiz oluvchi (sudxo‘r) va beruvchi, yetim molini yeyuvchi, yolg‘on guvohlik beruvchi, qarzga biron narsa olib, undan tonuvchi, poraxo‘r, o‘lchov va tarozidan urib qoluvchi, molining aybini yashirib sotuvchi, qimorboz, sehrgar, munajjim, fohisha, dod solib yig‘lovchi, sotuvchidan so‘ramay haqini olib qoluvchi dallol va hur-ozod odamni sotib pulini yeyuvchi kimsalar ham boshqalarning haqini nohaq yeyuvchilar sirasiga kiradi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida ayrim kishilarni olib kelishadi. Ularning Tuhoma tog‘icha keladigan yaxshiliklari bo‘ladi. Ular keltirilgach, Alloh ularning yaxshiliklarini to‘zg‘igan g‘uborga aylantirib qo‘yadi-da, o‘zlari do‘zaxga uloqtiriladi». «Yo Rasululloh, bunday bo‘lishining boisi nedur?» deya so‘rashgan edi:
«Ular namoz o‘qir, ro‘za tutar va haj qilar edilar. Biroq, ular biron-bir harom narsaga duch kelsalar, uni olishar edi. Shu bois, Alloh ularning amallarini behuda qiladi», deb javob berdilar» (Tabaroniy rivoyati).

Alloh taolodan afv, ofiyat va O‘zi suygan, rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq qilishini tilaymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, mehribon va rahmli zotdir.



Yigirma to‘qqizinchi gunohi kabira
TAROZI, O‘LCHOV VA SHU KABI NARSALARDAN URIB QOLISH

Alloh taolo aytadi:



«(O‘lchov va tarozidan) urib qolguvchi kimsalarga halokat bo‘lgay! Ular odamlardan (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan, ularga o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kam qilib beradigan kimsalardir»
(Mutaffifun surasi, 1-3).

Ya’ni, ular shunday kimsalarki, agar o‘zlari boshqalardan biron narsa olishsa, to‘liq qilib olishadi, boshqalarga biron narsa sotishsa, urib qolishadi.

Suddiy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelgan vaqtlarida u yerda Abu Juhayna ismli kishi bor edi. Uning ikkita «mikyoli»
(o‘lchov asbobi) bo‘lib, biri bilan odamlarga o‘lchab berar, ikkinchisi bilan o‘ziga o‘lchab olar edi. Shu bois Alloh mazkur oyatni nozil qildi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Besh ish besh ishga bog‘liq». «Yo Rasululloh, biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘lgan besh ish qaysi?» deb so‘rashdi. «Qaysi qavm ahdini buzsa, Alloh ularga dushmanlarini hukmron qilib qo‘yadi. Alloh nozil etgan narsadan boshqasi bilan hukm qilsa, ularda faqirlik yoyiladi. Fahsh ishlari avj olsa, Alloh ularga o‘lat yuboradi, ya’ni o‘lim ko‘payadi. O‘lchov va tarozidan urib qolsa, nabototlar o‘smay, bir necha yil qurg‘oqchilikka duchor bo‘ladilar. Zakot bermasalar, yomg‘ir www.ziyouz.com kutubxonasi


65
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy yog‘may qo‘yadi», dedilar» (Tabaroniy rivoyati).

«Ular o‘zlarining ulug‘ bir kunda – barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turib (hisob-kitob qilinadigan, o‘rtalarida hukm etiladigan qiyomat) kunida qayta tirilguvchi ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?!» (Mutaffifin surasi, 4-6).

Zajjoj aytganlarki: «Agar o‘ylaganlarida edi, o‘lchov va tarozidan urib qolmagan bo‘lishardi».

Molik ibn Dinor aytadilar: «Qo‘shnimning oldiga kirdim. U o‘limi yaqinlashib qolgan, qayta-qayta: «Ikkita olovli tog‘, ikkita olovli tog‘», der edi. Undan: «Nima deyapsan?»
deb so‘ragan edim, «Ey Abu Yahyo, mening ikkita o‘lchov asbobim bo‘lib, biri bilan o‘zimga o‘lchab olar, ikkinchisi bilan boshqalarga o‘lchab berar edim», dedi. O‘rnimdan turib o‘lchov asbobining biri bilan ikkinchisini ura boshladim. Shunda u: «Ey Abu Yahyo, biri bilan ikkinchisini urganingiz sayin, ish – holatim jiddiylashib, qiyinlashib ketyapti», dedi. U keyinroq shu kasali sababli vafot etdi».

Birovlarning haqidan urib qolish o‘g‘irlik, xiyonat va harom yeyishning bir ko‘rinishi bo‘lib, bu ishni qilganlarga Alloh «vayl» bilan tahdid soldi. Vayl – shiddatli azob, boshqa bir rivoyatda aytilishicha, jahannamdagi vodiy bo‘lib. Agar unga dunyodagi tog‘lar tushirilsa, harorati yuqoriligi bois toshlarini eritib yuboradi.

Salaflardan biri aytgan ekan: «Har bir (o‘lchov asbobida) o‘lchovchi va (tarozida) tortuvchi kishining do‘zaxiy ekanligiga guvohlik beraman. Chunki Alloh saqlaganlardan tashqari biron kimsa salomat qolmaydi bundan».

Solihlardan yana biri aytadi: «Bir bemorni ko‘rgani bordim. O‘limi yaqinlashib, o‘zini bilmay yotgan ekan. Unga har qancha «Shahodat» kalimasini talqin qilsam ham, tili hech aylanmasdi. O‘ziga kelgach: «Birodar, shahodatni shuncha talqin qilsam ham, tilingiz sira aylanmadi-ya. Tinchlikmi o‘zi?» deb so‘ragan edim, «Tarozining tili (pallasi) tilimni bosib, gapirtirmay qo‘ydi», dedi. «Nima, tarozidan urib qolarmidingiz?» deya so‘ragan edim, «Yo‘q, Allohga qasamki, unday emas. Biroq vaqtida tarozimning to‘g‘riligini tekshirib turmas edim», deb javob berdi».

Tarozining to‘g‘riligiga e’tibor bermagan kishining holi shu bo‘lsa, urib qoladiganlarning ahvoli qanday bo‘lar ekan?!

Nofi’ roziyallohu anhu aytadilar: «Ibn Umar roziyallohu anhumo sotuvchining oldidan o‘taturib: «Allohdan qo‘rq, o‘lchov va tarozini to‘g‘ri qil. Chunki urib qoluvchilar terlari to quloqlarining yarmigacha ko‘mib yubormagunicha to‘xtatib turiladilar», dedilar.

Salaflardan biri aytgan ekan: «Kam qilib bergan bitta doni sababli kengligi osmonlaru yercha keladigan jannatni sotib yuborgan kimsaga vayl bo‘lsin. Ortiqcha olgan bitta doni sababli vaylni sotib olgan kimsaning holiga voy bo‘lsin».

Alloh taolodan afv va barcha baloyu ofatlardan ofiyat tilaymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli zotdir.




Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling