Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


HAROM YEYISH VA HAROMDAN TOPISH Alloh taolo aytadi


Download 158.58 Kb.
bet57/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

HAROM YEYISH VA HAROMDAN TOPISH

Alloh taolo aytadi:


«Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq – harom yo‘llar bilan yemangiz!..»
(Baqara surasi, 188).
Ya’ni, bir-biringizning molingizni – haqqingizni yemangiz.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Ya’ni, nohaq, yolg‘on qasam bilan kishi birodarining molini o‘ziniki qilib olishdan qaytardi».

Birovning haqini yeyish ikki xil bo‘ladi: zulm orqali – tortib olish, xiyonat, o‘g‘rilik, hazil va o‘yin orqali – qimor va boshqa bekorchi ermaklar kabi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ayrim kishilar Allohning moliga nohaq sho‘ng‘iydilar. Qiyomat kunida ularga do‘zax bo‘lur» (Buxoriy rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana aytganlar: «Bir kishi uzoq safar qiladi, sochi to‘zg‘ib, ust-boshi chang bo‘ladi. Qo‘llarini osmonga cho‘zib: «Ey Rabbim, ey Rabbim», deydi. Holbuki, yegani harom, ichgani harom, kiygani harom va haromdan oziqlangan.
Bas, uning duosi qanday ijobat bo‘lsin» (Muslim rivoyati).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta, Alloh o‘rtangizda rizqlaringizni taqsimlaganidek, xulqlaringizni ham taqsimlagandir. Albatta, Alloh dunyoni yaxshi ko‘rgan va yaxshi ko‘rmagan bandalariga beraveradi, dinni esa faqat yaxshi ko‘rgan bandasiga beradi.


Alloh kimga dinni ato etgan bo‘lsa, haqiqatda uni yaxshi ko‘ribdi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, dili va tili musulmon bo‘lmaguncha hech bir banda musulmon bo‘lmaydi, to qo‘shnisi «bavoiq»idan omonda bo‘lmagunicha iymonli bo‘lmaydi». «Bavoiq» nima?»
deya so‘rashgan edi, «Aldov va zulm», dedilar-da, davom etdilar: «Qaysi bir banda haromdan mol topib uni sadaqa qilsa, qabul qilinmaydi, infoq-ehson qilsa, barakasi bo‘lmaydi, o‘zidan keyin qoldirsa, do‘zax uchun hozirlagan ozuqasi bo‘ladi. Aniqki, Alloh yomonlikni yomonlik bilan o‘chirmaydi, bil’aks, yomonlikni yaxshilik ila o‘chiradi.
Shubhasiz, nopok nopokni o‘chirmaydi» (Imom Ahmad va boshqalar rivoyati).

Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ey Ka’b ibn Ujra, nohaq – haromdan o‘sgan go‘sht (jasad) jannatga kirmaydi»


(Ibn Hibbon rivoyati).

Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning xiroj to‘laydigan g‘ulomi – quli bor edi. Abu Bakr uning xirojidan tanovul qilar edilar. Bir kuni u zot quli tomonidan olib kelingan taomni tanovul qila boshladilar. Fulom Abu Bakrdan so‘radi: «Bu nimaligini bilasizmi?» «Yo‘q, u nima?» «Johiliyatda bir kishiga fol ochgan edim. Folbinlik yaxshi bo‘lmagan, men uni aldagan edim. Haligi kishi yo‘liqib, o‘sha ishim www.ziyouz.com kutubxonasi


63
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy uchun menga mana shu siz yegan narsani berdi», degan edi, Abu Bakr qo‘llarini og‘izlariga tiqib, qorinlaridagi bor narsani qayt qilib tashladilar» (Buxoriy rivoyati).

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Haromdan oziqlangan hech bir jasad jannatga kirmaydi» (Abu Ya’lo, Bazzor va boshqalar rivoyati).

Rivoyat qilinadiki, dunyo halovatli, yam-yashil maskandir. Kimki unda halol mol topsa va o‘rniga sarflasa, bu ishi uchun Alloh uni mukofotlaydi, jannatiga kiritadi. Kimki dunyoda haromdan mol topsa va noo‘rin joyga sarflasa, Alloh uni do‘zaxga tushiradi. Alloh va Rasulining moliga tajovuz qilganlar qiyomat kunida do‘zaxga mahkum bo‘ladi.

Yana bir rivoyatda keladiki: «Kimda-kim qaerdan mol topayotganiga e’tibor bermasa, Alloh ham uni do‘zaxning qaysi eshigidan kirishiga e’tibor bermaydi». Shuningdek, kimki o‘n dirhamga kiyim sotib olsa va pulning bir dirhami haromdan topilgan bo‘lsa, modomiki, o‘sha kiyim egnida ekan, Alloh uning namozini qabul qilmasligi rivoyat qilingan.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Sizlardan har bir kishi og‘ziga tuproq solishi harom luqma solishidan ko‘ra xayrliroqdir».

Yusuf ibn Asbot roziyallohu anhu aytganlar: «Agar bironta yigit ibodatga berilsa, shayton o‘z yordamchilariga: «Qaranglar-chi, taomi qanday ekan?» deydi. Agar taomi yomon (harom) bo‘lsa, shayton: «Uni o‘z holiga qo‘yinglar, qiynalib harakat qilaversin. Sizlarga nafsi kifoya qiladi. Harom yeb turib qilayotgan xatti-harakati unga foyda bermaydi», deydi».

Rivoyat qilinadiki: «Har kecha-kunduz Baytul Maqdisda bir farishta: «Kim harom narsa yesa, Alloh undan nafl ibodatlarni ham, farz ibodatlarni ham qabul qilmaydi», deb nido qiladi».

Abdulloh ibn Muborak aytganlar: «Shubhali bir dirhamni tark etishim yuz ming dirham sadaqa qilishimdan ko‘ra afzalroqdir».

Vahb ibn Vard aytadilar: «Garchi ustundek qoim bo‘lsang ham, to qorningga halolmi yoki harommi – nima kirayotganiga qaramas ekansan, foydasi yo‘q».

Ibn Abbosning bu xususidagi so‘zlariga quloq tuting: «Alloh taologa tavba qilmagunicha, qornida harom luqmasi bo‘lgan kishining namozini Alloh qabul qilmaydi».

Sufyoni Savriy roziyallohu anhu aytganlarki: «Kimda-kim toat uchun harom narsani infoq-ehson qilsa, xuddi kiyimni bavl ila yuvgandek bo‘ladi. Kiyimni faqatgina suv poklaydi. Gunoh esa faqatgina sababli halol yuviladi».

Umar roziyallohu anhu deydilar: «Biz harom ish qilishdan qo‘rqib, o‘nta haloldan to‘qqiztasini tark qilardik».

Rivoyat qilinishicha, kim harom mol-dunyo bilan haj qilsa va «labbayka» desa, bir farishta: «Senga «labbayka» bo‘lmasin, hajing marduddir (ya’ni maqbul emas)», deydi.


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling