www.ziyouz.com kutubxonasi
60
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Oisha (roziyallohu anho) rivoyat qiladilar: «Bir qavm ahli: «Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, bizga bir qabila a’zolari go‘sht olib kelishadi. Unga Allohning ismini zikr qilishganmi, yo‘qmi, bilmaymiz» deyishgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Unga o‘zinglar «bismilloh» denglar-da, yeyaveringlar», dedilar» (Buxoriy va Nasoiy rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlarki: «Kim jonliq so‘ysa-yu, «basmala» aytishni unutsa, unga Allohning ismini zikr qilib yeyaversin. Modomiki, fitrat (sof tabiat) shariatga binoan so‘ygan ekan, uni shaytonga berib qo‘ymasin» (Bayhaqiy rivoyati).
Asarda kelishicha, «Allohning ismi har bir musulmonning og‘zidadir» («Naylul avtor»).
Yigirma yettinchi gunohi kabira
SUDXO‘RLIK
Alloh taolo aytadi:
«Ey mo‘minlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib (olish bilan) sudxo‘rlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! (Shunda) shoyad najot topgaysiz!»
(Oli Imron surasi, 130).
«Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay’ (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?!» deganlaridir» (Baqara surasi, 275).
Ya’ni, ular Alloh harom qilgan ish – sudxo‘rlikni halol bildilar. Shu sababli qiyomat qoim bo‘lib, Alloh odamlarni qayta tiriltirgan vaqtda sudxo‘rlardan tashqari barcha odamlar qabrlaridan tezda turib ketadilar.
Sudxo‘rlar xuddi tutqanog‘i bor odamdek o‘rinlaridan turishlari bilan yiqiladilar. Ularning dunyoda sudxo‘rlik orqali yegan harom narsalarini Alloh qiyomat kunida qorinlarida ko‘paytirib qo‘yadi va bu ularga og‘irlik qiladi. Ular turmoqchi bo‘ladilar-u, biroq yiqilib tushaveradilar.
Samura ibn Jundub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kechqurun (tushimda) ikki kishini ko‘rdim. Ular kelib meni muqaddas yerga olib chiqishdi. Yurib-yurib qonli daryoga duch keldik. Daryoda bir kishi bor edi. Sohilda boshqa kishi harsang tosh ushlab turardi. Daryodagi kishi kelib chiqmoqchi bo‘lgan edi, narigi kishi tosh bilan og‘ziga urib kelgan joyiga qaytarib yubordi. U qachon kelib chiqmoqchi bo‘lsa, tosh bilan og‘ziga urar va u yana oldingi joyiga qaytib ketar edi. «Daryodagi kishi kim?» deb so‘ragan edim, «Sudxo‘r», deya javob berishdi» (Buxoriy rivoyati).
Sudxo‘r o‘lgan vaqtidan to qiyomat kunigacha qonli daryoda suzib, tosh bilan
«siylanadi». Bu azob barzax-qabrda bo‘ladi. Bundan tashqari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sudxo‘rni (foiz yeyuvchini), oldiruvchini, kotibni va guvoh bo‘luvchining hammmasi (gunohda) barobar», deganlar (Muslim rivoyati).
Do'stlaringiz bilan baham: |