Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- QODIR BO‘LATURIB HAJ QILMASLIK
www.ziyouz.com kutubxonasi
58 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uxlab yotgan edim. Yonimga ikki kishi kelib bilaklarimdan tutdi-da, meni chiqish qiyin bo‘lgan tog‘ oldiga olib borishib, unga chiqing, deyishdi. «Toqatim yetmaydi», degan edim. «Sizga chiqishni oson qilib qo‘yamiz», deyishdi. Men ko‘tarilib tog‘ning tekis joyiga (ustiga) yetganimda kuchli shovqin eshitildi. «Bu qanaqa shovqin?» deb so‘ragan edim, ular: «Bu do‘zaxiylarning faryodi», dedi. So‘ng meni u yerdan olib ketishdi. Bir joyda oyoqlaridan osib qo‘yilgan, lunjlari yirtilib, qon oqib turgan qavmga duch keldim. «Kim ular?» deb so‘ragan edim. «Ular ro‘zalari nihoyasiga yetmay turib iftor qiladigan kimsalardir», deyildi (Ibn Huzayma, Ibn Hibbon rivoyati). Naxa’iy ramazonning ro‘za tutilmagan har bir kuni uchun uch ming kun ro‘za tutib berishni vojib deb bilganlar. Said ibn Musayyab: «Har bir kun o‘rniga o‘ttiz kun ro‘za tutib berish vojib» degan bo‘lsalar, Imom Molikning ustozi Robiy’a roziyallohu anhu: «Har bir kun evaziga, o‘n ikki kun ro‘za tutadi», deganlar.
Alloh azza va jalla shunday deydi: «Va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni (Ka’bani) haj – ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir bo‘lsa (ya’ni Ka’bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas, albatta, Alloh butun olamlardan behojat bo‘lgan zotdir» (Oli Imron surasi, 97). Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlarki: «Kim hajning farzligini inkor qilsa, u aniq kofir bo‘libdi va Alloh undan behojatdir». Hazrati Umar roziyallohu anhu aytadilar: «Kimning haj qilishga imkoni bo‘laturib haj qilmasa, u yahudiy bo‘lib o‘ladimi yoki nasroniy bo‘libmi, farqi yo‘q» (Abu Bakr Ismoiliy rivoyat qilgan, sahih hadis). Yana u zot roziyallohu anhu aytgan ekanlarki: «Mana bu shaharlarga odamlarimni yuborishni xohlardim. Toki odamlarim u yerdagi qodir bo‘laturib haj qilmagan kimsalarni topsalar-da, ularga jizya solsalar. Chunki ular musulmon emaslar» (Said ibn Mansur rivoyati, sahih hadis). Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Kimning haj qilishga yetadigan mablag‘i bo‘lsa-yu, haj qilmasa, yoki zakot berish vojib bo‘lsa-yu, zakot bermasa, o‘layotgan vaqtida hayotga qaytarilishini so‘raydi», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Ibn Abbos, Allohdan qo‘rq, hayotga qaytarilishni kofirlar so‘raydi», deya e’tiroz bildirdi. Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Senga u haqda Qur’on (oyati) o‘qib beraman. Alloh taolo:
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling