TAQDIRNI RAD ETISH
Alloh taolo dedi:
«Albatta, Biz har bir narsani (aniq) o‘lchov bilan yaratdik» (Qamar surasi, 49).
Ibn Javziy tafsirlarida bu oyatning nozil bo‘lish sababi xususida ikki xil gap borligini
aytganlar: Birinchisi, Makka mushriklari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan taqdir
haqida tortishganlar. Shunda mazkur oyat nozil bo‘lgan (Muslim rivoyati). Abu Umoma
roziyallohu anhu: «Bu oyat qadariyalar xususida», deganlar. Ikkinchisi, Najron yepiskopi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, gunohlar ham
taqdir-qadar bilan sodir etiladi, deb da’vo qilasan. Bunday emas-ku», dedi. Shunda
ushbu oyatlar nozil bo‘ldi: «Albatta, jinoyatchi-osiy kimsalar gumrohlik va
ahmoqlikdadirlar. Ular yuztuban hollarida do‘zaxga sudraladigan Kunda
(ularga): «Do‘zax azobini totib ko‘ringlar!» (deyilur). Albatta, Biz har bir
narsani aniq o‘lchov-qadar bilan yaratdik» (Qamar surasi, 47–49).
«Holbuki, sizlarni ham, yasab olgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku!»
(Vas-soffot surasi, 96).
Ibn Jarir aytganlarki, bu oyatni ikki xil tushunish mumkin. Alloh sizlarni va amallaringizni
yaratgan yoki Alloh sizlarni va yasab olgan butlaringizni yaratgan.
Bu oyat bandalarning ishlari maxluq ekaniga hujjatdir. Allohu a’lam.
«Jonga va uni raso qilib-yaratib, unga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom
qilib-o‘rgatib qo‘ygan Zotga qasamki...» (Vash-shams surasi, 8).
Said ibn Jubayr aytganlar: «Alloh nafsga fujurini ham, taqvosini ham yuklab qo‘ydi».
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo: «Qadar-taqdir yo‘q, ishlar endi sodir bo‘ladi –
ular taqdir qilinmagan», deb da’vo qiladigan qavm haqida: «Agar ularga yo‘liqsang, men
ulardan begonaligimni, ular mendan begona ekanliklarini ularga aytib qo‘y. Mabodo
ulardan birining Uhudchalik tillasi bo‘lsa-yu, uni infoq qilsa, to qadarga iymon
keltirmagunicha Alloh uni qabul qilmaydi», dedilar-da, so‘ng Jabroil alayhissalom
hadisini zikr qildilar. Jabroil Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Iymon nima?»
deb so‘raganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, farishtalariga, kitoblariga,
payg‘ambarlariga va oxirat kuniga, yaxshilik va yomonlik qadardan ekaniga
ishonmog‘ing!» deya javob berganlar (Muslim rivoyati).
Allohga iymon keltirish – Alloh taolo mavjud, ulug‘ va mukammal sifatlar bilan
sifatlangan nuqsonlardan pok, yolg‘iz, behojat, barcha maxluqotlarni yaratgan, ular
ustida xohlaganidek tasarruf etadigan va O‘z mulki-saltanatida istagan narsasini
qiladigan zot, deb tasdiqlashdir.
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
Farishtalarga iymon keltirish ularni Allohning bandalari deb tasdiqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |