Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«...Rahmatim – mehribonligim esa hamma narsadan kengdir»
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
«...Rahmatim – mehribonligim esa hamma narsadan kengdir» (A’rof surasi,
156). Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Allohning yuzta rahmati bo‘lib, undan bitta rahmatni jinlar, insonlar, hayvonlar va hashoratlar orasiga tushirdi. Ana o‘sha bitta rahmat bilan ular bir-biriga rahm qiladilar, shafqatli bo‘ladilar. Va shu rahmat bilan vahshiy hayvon o‘z bolasiga mehribon bo‘ladi. Alloh to‘qson to‘qqizta rahmatni olib qoldiki, ular bilan qiyomat kunida bandalariga rahm qiladi» (Muttafaqun alayh). Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Alloh taolo aytdi: «Ey Odam farzandi, rahmatimdan umidvor bo‘lar ekansan, sen tarafingdan sodir bo‘lgan narsalarni kechiraman va hech parvo qilmayman. Ey Odam farzandi, agar gunohlaring osmonga yetsa-da, so‘ng mendan mag‘firat so‘rasang, seni mag‘firat qilaman va hech parvo qilmayman. Ey Odam farzandi, agar sen Menga yer qobig‘icha xato bilan kelsang, so‘ng Menga biron narsani sherik qilmagan holingda yo‘liqsang, senga yer qobig‘icha mag‘firat bilan peshvoz chiqaman» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati). Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘limi yaqinlashib qolgan bir yigitning oldiga kirib, «O‘zingni qanday his qilyapsan?» deb so‘radilar. U: «Yo Rasululloh, Allohdan umid qilyapman va gunohlarimdan qo‘rqyapman», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shunday holatda banda qalbida bu ikkisi jam bo‘lsa, Alloh unga umid qilayotgan narsasini berib, qo‘rqayotgan narsasidan omon saqlaydi», dedilar» (Termiziy, Ibn Moja rivoyati). Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh azza va jalla: «Men bandamning Men haqimdagi o‘yidaman va Meni zikr qilgan vaqtda Men u bilan birgaman», dedi» (Buxoriy, Muslim rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Yaxshi gumon ibodatning go‘zalligidandir» (Abu Dovud, Ibn Hibbon rivoyati). Jobir roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘limlaridan uch kun oldin: «Sizlarning har biringiz Alloh azza va jalla haqida yaxshi gumon qilgan holingizdagina vafot etingiz», deganlarini eshitganini aytganlar (Muslim, Abu Dovud, Ibn |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling