Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«Ey iymon keltirganlar, mol-dunyolaringiz ham, farzandlaringiz ham sizlarni
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
«Ey iymon keltirganlar, mol-dunyolaringiz ham, farzandlaringiz ham sizlarni
Allohning zikridan chalg‘itib qo‘ymasin. Kim shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchilardir», deydi (Munofiqun surasi, 9). Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to Alloh jonlarini olgunicha, (biror marta) namozni oxirgi vaqtiga qadar kechiktirganlari yo‘q» (Hokim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eng afzal amal qaysi, deb so‘ralganlarida: «Eng afzal amal – namozni vaqtida o‘qish, ota-onaga yaxshi munosabatda bo‘lish va jihod», deya javob berganlar (Imom Ahmad rivoyati). Rivoyat qilinishicha, kimki namozni vaqtida o‘qisa, tahoratni mukammal olgan, qiyomi, xushu’si, ruku’ va sajdalarini komil qilgan bo‘lsa, namoz oppoq, nurafshon bo‘lib ko‘tariladi va: «Meni saqlaganingdek, Alloh ham seni saqlasin», deydi. Kimda-kim namozini vaqtidan boshqa paytda o‘qisa, tahoratni to‘liq olmasa, xushu’, ruku’ va sajdalarini komil qilmasa, namoz qop-qora, zulmatli bo‘lib ko‘tariladi va «Meni zoe qilganingdek, Alloh ham seni zoe qilsin», deydi. Hatto Alloh xohlagan joyga yetgach, xuddi eski kiyimga o‘xshab o‘raladi-da, uning yuziga uriladi. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamning namozini Alloh qabul qilmaydi: qavm uni yoqtirmasa-da, ularga imomlik qiladigan kishining, namozga orqa tomondan keladigan ya’ni, namozni vaqti o‘tganidan keyin o‘qiydigan kishining va o‘zi ozod qilgan odamni qul qilib olgan kishining» (Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati). Rivoyat qilinishicha, kimda-kim ikki namozni uzrsiz jam qilib o‘qiydigan bo‘lsa, u gunohi kabira eshiklaridan birini ochgan bo‘ladi. Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Agar qiyomat kuni bo‘lsa, bir kishini Alloh azza va jallaning huzurida hozir qilishadi. Shunda uni do‘zaxga tashlashni buyuradi. «Ey Rabbim, nima uchun?» deb so‘raganida, Alloh taolo: «Namozni vaqtidan kechiktirganing va Mening nomim bilan yolg‘on qasam ichganing uchun», deydi. Hikoyat Salaflardan birining singlisi vafot etib, uni lahadga qo‘ydi. Shunda pul solingan hamyoni Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 32 mayyitning qabriga tushib qoldi va buni hech kim sezmadi. U qabrdan ketgach, hamyonini esladi va iziga qaytdi. Odamlar tarqab ketganlaridan keyin qabrni kavladi. Bir payt qarasa, unda olov alangalanib turibdi, darhol qaytadan ko‘mib ortiga qaytdi. Keyin onasining oldiga yig‘lab keldi-da: «Ey onajon, singlim nima ish qilardi, menga aytib bering», dedi. «Nima edi?» deb so‘ragan onasiga: «Uning qabrida olov ko‘rdim», deya javob berdi. Shunda onasi yig‘ladi va: «Ey o‘g‘lim, singling namozga beparvo edi va uni vaqtidan kechiktirib o‘qirdi», dedi. Namozni vaqtidan kechiktirib o‘qigan kishining holi shu bo‘lsa, umuman namoz o‘qimaydigan kimsaning ahvoli ne kechar ekan?! Alloh taolodan namozni vaqtida ado etishga yordam berishini so‘raymiz. Albatta, U saxiy, muruvvatli zotdir. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling