Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


UZRSIZ JAMOAT NAMOZINI TARK ETISH


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

UZRSIZ JAMOAT NAMOZINI TARK ETISH 
 
Alloh taolo aytadi: 
 
«Boldir ochiladigan (ya’ni, og‘ir hisob-kitobga chog‘laniladigan) va ular 
(kofirlar) ko‘zlari (quyiga) egilgan, xorlik ularni o‘rab-egallab olgan hollarida 
sajda qilishga chorlanishib, (lekin sajdaga) kuchlari yetmay qoladigan Kunni 
(eslang! Chunki hayoti dunyodalik paytlarida) ular sog‘-salomat bo‘lgan 
hollarida sajda qilishga chorlanar edilar (ammo sajdaga qodir bo‘laturib, undan 
bosh tortar edilar)» (Qalam surasi, 42–43). 
 
Bu hol qiyomat kunida ro‘y beradi. Ularni afsus-nadomat xorligi egallab oladi. Holbuki, 
ular bu dunyoda sajda qilishga chorlanar edilar. 
 
Ibrohim Taymiy so‘zlari bilan aytganda, ular farz namozlariga azon va takbir bilan 
chorlanar edilar. 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
Said ibn Musayyab aytganlar: «Ular «Hayya alas-solah, Hayya alal-falah»ni eshitardilar, 
lekin sog‘-salomat bo‘laturib, unga ijobat qilmasdilar». 
 
Ka’bul Ahbor deganlar: «Allohga qasamki, bu oyat faqat jamoatdan ajralib qoladigan 
kishilar haqida nozil bo‘lgan». 
 
Jamoat namozini uzrsiz tark etgan kimsaga bundan ko‘ra og‘irroq va qattiqroq tahdid 
bo‘lishi mumkinmi?! 
 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Allohga qasamki, men o‘tin to‘plashni buyurib, so‘ng namoz o‘qishga amr 
qilib, unga azon aytilgandan keyin bir kishiga odamlarga imom bo‘lishni aytib, so‘ngra 
jamoat namoziga kelmagan kishilarga muxolif bo‘lib, ularning uylariga o‘t qo‘yib 
yuborishni xohlardim» (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
 
Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan boshqa bir hadisda 
shunday deyilgan: «Yigitlarimga bir uyum o‘tin yig‘ishni buyurib, so‘ngra borib hech bir 
uzrsiz uylarida namoz o‘qiydigan kishilarning uylarini yoqib yuborishni xohlardim». 
Faqat vojib tark etilgani uchun shunchalik tahdid solinmoqda. 
 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam huzurlariga bir ko‘r kishi kelib: «Rasululloh, meni masjidga yetaklab boradigan 
kishi yo‘q», dedi va uyida namoz o‘qishga ruxsat berishlarini so‘radi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam unga ruxsat berdilar. U ortiga burilgach, uni chorladilar va: 
«Azonni eshitasanmi?» deb so‘radilar. U: «Ha», degan edi, «Unga javob ber», dedilar 
(Muslim rivoyati). 
 
Amr ibn Ummu Maktum roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men: «Yo Rasululloh, 
ko‘zim ojiz, hovlim ham uzoqda. Meni yetaklab keladigan odam yo‘q. Uyimda namoz 
o‘qishimga ruxsat berasizmi?» dedim. «Azonni eshitasanmi?» deb so‘radilar. «Ha», 
degan edim, «Senga ruxsat bera olmayman», dedilar» (Abu Dovud, Ibn Huzayma 
rivoyati). 
 
Bu ko‘zi ko‘r kishi masjidga kelishi qiyinligidan shikoyat qilyapti. Uni masjidga olib borib 
qo‘yadigan kishi ham yo‘q. Shularga qaramasdan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
unga uyida namoz o‘qishga ruxsat bermadilar. Endi ko‘zi ojiz bo‘lmagan, sog‘lom, hech 
bir uzrsiz kishi haqida nima deyish mumkin?! 
 
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kimki azonni eshitsa-yu unga ergashishdan man qiladigan uzri bo‘lmasa, 
uning (uyida) o‘qigan namozi qabul qilinmaydi», dedilar «Uzr nima?» deb so‘rashgan 
edi, «Xafv yoki kasallik», deya javob berdilar» (Abu Dovud, Ibn Hibbon rivoyati). 
 
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan kunduzlari ro‘za tutadigan, kechalari namoz 
o‘qiydigan, biroq jamoatga qo‘shilmaydigan va jamoat bilan namoz o‘qimaydigan kishi 
haqida so‘rashganida: «Agar shu holatda o‘lsa, u do‘zaxda», deya javob berganlar. 
 
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytganlar: «Odam farzandi uchun azonni eshitib, unga 
javob bermaslikdan ko‘ra, qulog‘iga eritilgan qo‘rg‘oshin quyilgani yaxshiroq». 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
 
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Masjid qo‘shnisi faqatgina masjidda namoz o‘qish 
lozim», dedilar. «Masjid qo‘shnisi kim?» deb so‘rashgan edi, «Azonni eshitadigan kishi», 
deya javob berdilar. 
 
Yana u zot roziyallohu anhudan naql qilinadi: «Kimki azonni eshitsa va biron bir uzrsiz 
unga kelmasa, uning namozi boshidan nariga ko‘tarilmaydi». 
 
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar: «Kimki ertaga Allohga musulmon 
bo‘lgan holda yo‘liqishni xohlasa, namozlarni azon aytilgan yerda muhofaza qilsin. Zero, 
Alloh taolo Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallamga hidoyat yo‘llarini belgilab berdi. 
Ular (ya’ni, namozlar) hidoyat yo‘llaridandir. Agar sizlar jamoatdan orqada qoluvchi 
kimsaga o‘xshab, uyingizda namoz o‘qisangiz, Payg‘ambaringiz yo‘lini tark etgan 
bo‘lasiz. Agar Payg‘ambaringiz yo‘lini tark etsangiz, zalolatga yuz tutasiz. Darhaqiqat, 
men (ilgari) jamoat namozidan faqat munofiqligi ma’lum kimsagina orqada qolganiga 
guvoh bo‘lganman. Bir kishini olib kelishardi-da, safda turishi uchun ikki kishi orasiga 
turg‘izib qo‘yishardi» (Muslim rivoyati). 
 
Ya’ni, u zaifligidan o‘zini tutolmas va ularga suyanib turardi. U bu ishni jamoat fazilatiga 
ishtiyoqli bo‘lgani va uni tark etsa, gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqqani uchun qilardi. 
    
Ibn Munzir aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir qancha sahobalari: 
«Kimda-kim azonni eshitib, hech bir uzrsiz unga javob bermasa, uning namozi namoz 
emas», deganlari rivoyat qilingan». Ibn Mas’ud va Abu Muso Ash’ariylar shular 
jumlasidandir. 
 
Ato, Ahmad ibn Hanbal va Abu Savrlar jamoatga hozir bo‘lishni farz deb bilishgan. 
 
Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh: «Jamoat namoziga qodir kishi uchun biron-bir uzrsiz 
uni tark etishiga ruxsat bermayman», deganlar. 
 
Ibn Ummu Maktum roziyallohu anhu hadisini zikr qilgandan keyin Xitobiy shunday 
degan: «Bu hadisda jamoat namoziga hozir bo‘lish vojibligiga hujjat bor. Agar u mandub 
(mustahab) bo‘lganida edi, undan qolishga Ibn Ummu Maktumga o‘xshagan kishilar, zaif 
va nochor odamlar haqli bo‘lishardi». 
 
Ato ibn Abu Raboh aytar edilar: «Shaharu qishloqdagi Alloh maxluqotlaridan birontasi 
uchun ham, agar azonni eshitsa, namozni o‘qimaslikka ruxsat yo‘q». 
 
Avzoiy aytganlarki: «Juma va jamoatni tark etishga buyursa, ota-onaga ham itoat 
qilinmaydi». 
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling