Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


ERKAKLARNING TILLA TAQISHLARI VA IPAK KIYISHLARI


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

ERKAKLARNING TILLA TAQISHLARI VA IPAK KIYISHLARI 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki dunyoda ipak kiysa, oxiratda 
kiymaydi» (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
 
Bu hukm barcha erkaklarga taalluqli. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytganlarki: «Tilla va ipak kiyish ummatimning erkaklariga harom, ayollarga esa halol 
qilindi» (Termiziy rivoyati). 
 
Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
bizni tilla va kumush idishda ichish va yeyishdan, ipak va diyboj (kimxob) kiyish va unga 
o‘tirishdan qaytardilar» (Buxoriy rivoyati). 
 
Qaysi erkak ipak kiyishni halol deb bilsa, u kofirdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam esa faqatgina qichima, qo‘tir yoki boshqa kasali bor odamlarga va dushman 
bilan olishayotgan jangchilarga ipak kiyishga ruxsat berganlar. Anas roziyallohu anhu 
aytadilar: «Zubayr va Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhumo qichima bo‘lganlari 
sababli, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga ipak kiyishga ruxsat berdilar» 
(Muttafaqun alayh). 
 
Biroq erkaklarning ziynat uchun ipak kiyishlari haromligiga musulmonlar ijmo’ qilishgan. 
Tarkibining ko‘p qismini ipak tashkil etgan kiyimlar ham haromdir. 
 
Shuningdek, erkaklarga tilla buyumlardan foydalanish ham haromdir. Binobarin, tilla 
uzuk, tilla ayil, tilla dastali qilich ishlatish ham mumkin emas. Zero, Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam bir kishining qo‘lida tilla uzukni ko‘rib, uni yechib olib: 
«Sizlardan bir kishi do‘zaxdan bir bo‘lak cho‘qqa intiladi-da, uni qo‘liga taqib oladi», 
deganlar (Muslim rivoyati). 
 
Zar jiyakli, tilla bilan oro berilgan liboslarni kiyish ham erkaklar uchun haromdir. 
 
Ulamolar yosh bolaning tilla va ipak kiyishi joiz-nojoizligi xususida ixtilof qilishgan. Bir 
toifa ulamolar bunga ruxsat bergan bo‘lsalar, qolganlari joiz emas, deb bilganlar va 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisini hujjat qilib keltirganlar: «Bu 
ikkisi (ya’ni, tilla va ipak) erkak ummatimga haromdir» (Abu Dovud rivoyati). 
 
Hadisi sharifdagi hukm yosh bolalarga ham taalluqli. Bu Imom Ahmad va boshqa 
ulamolarning fikridir. 
 
Allohdan O‘zi suygan va rozi bo‘lgan narsalarga muvaffaq etishini so‘ramiz. Albatta, U 
saxiy, marhamatli zotdir. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling