Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Fasl Bola necha yoshdan namozga buyuriladi?
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
Fasl
Bola necha yoshdan namozga buyuriladi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Bolani yetti yoshga yetganida namozga buyuringlar. O‘n yashar bo‘lganida (namoz o‘qimasa) uringlar» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati). Boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Farzandlaringizni yetti yashar bo‘lganlarida namozga buyuringlar. O‘n yashar bo‘lganlarida (namoz o‘qimasa) uringlar va yotoqlarini alohida-alohida qilinglar» (Abu Dovud rivoyati). Fasl Namozni chala o‘qiydigan, uning ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmaydigan kimsaning uqubati «Bas, namozlarini «unutib qo‘yadigan» «namozxonlarga vayl bo‘lsin» oyatining tafsirida shunday deyilgan: «U namozni chala o‘qiydigan, ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmaydigan kimsadir». Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi masjidga kirib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidning chekkasida o‘tirgan edilar. U kishi namoz o‘qidi-da, kelib u zotga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Senga ham salom bo‘lsin, qaytib borib, namoz o‘qi, sen namoz o‘qiganing yo‘q», dedilar. U yana namoz o‘qidi-da, kelib salom berdi. «Senga ham salom bo‘lsin, qaytib borib boshqatdan o‘qi, sen namoz o‘qiganing yo‘q», dedilar. U namoz o‘qidi-da, kelib salom berdi. Nabiy: «Senga ham salom bo‘lsin, qaytib borib boshqatdan o‘qi, sen namoz o‘qiganing yo‘q», dedilar. Haligi kishi keyingi marotaba aytilganida: «Yo Rasululloh, menga o‘rgatib qo‘ying», dedi. «Agar namozga tursang, tahoratni mukammal ol. Qiblaga yuzlangach, takbir ayt va o‘zing bilgan Qur’on sura-oyatlarni o‘qi. Keyin to qanoat hosil qilguningcha ruku’da tur. So‘ngra to‘la tik bo‘lguningcha qaddingni rostla. So‘ng qanoat hosil etguningcha sajda qil. So‘ngra to‘la o‘tirguningcha qaddingni rostla. Keyin qanoat hosil etguningcha sajda qil. So‘ngra to‘la tik bo‘lguningcha qaddingni rostla. Xullas, butun namozingda shunday qil», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 33 Abu Mas’ud Badriydan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ruku’ va sajdadan umurtqasini tik qilib ko‘tarmagan kishining namozi namoz hisoblanmaydi» (Ahmad, Abu Dovud va Termiziy rivoyati). Boshqa bir rivoyatda: «Ruku’ va sajdalardan belini rostlamaguncha...» deyilgan. Bu hadis namoz o‘qiganda ruku’ va sajdalardan keyin belini rostlamagan kishining namozi botil ekaniga hujjat. Chunki har bir a’zo o‘rnida qaror topishi namozdagi farzlardandir. (Izoh: Hanafiy mazhabida bu ish vojib sanaladi. – Muharrir.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar orasidagi eng yomon o‘g‘ri namozidan o‘g‘irlaydigan kimsa», dedilar. «Yo Rasululloh, qanday qilib kishi namozidan o‘g‘irlaydi?» deb so‘rashganda, «Ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmasdan», deya javob berdilar» (Ibn Xuzayma, Hokim rivoyati). Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ruku’ va sajdalari orasida umurtqasini rostlamaydigan bandaga Alloh qaramaydi» (Imom Ahmad rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Munofiqning namozi bunday: u quyoshni kuzatib o‘tiradi, o‘tiradi-da, u shaytonning ikki shohi orasiga kelgach, turib (qush donni cho‘qigandek) to‘rt marta yotib turadi va unda Allohni kamdan-kam eslaydi» (Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sajdalarni to‘liq qilmasdan namoz o‘qiyotgan kishini ko‘rdilar va: «Agar bu kimsa mana shu holatda o‘lib ketsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallam millatidan boshqasida o‘lgan bo‘ladi», dedilar (Tabaroniy va Ibn Huzayma rivoyati). Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita a’zo bilan sajda qilishga buyurildim: Peshona (qo‘llari bilan burunlariga ham ishora qildilar), ikki qo‘l, ikki tizza va ikki oyoq bilan», dedilar» (Muttafaqun alayh). Boshqa bir rivoyatda: «Yettita (a’zo) bilan sajda qilishga, soch va kiyimni yig‘ib olmaslikka buyurildim: peshona va burun, ikki qo‘l, ikki tizza hamda ikki oyoq», deyilgan (Muslim, Nasoiy rivoyati). Kishi namoz o‘qiyotganda, qaysi a’zosining namozdagi haqini ado etmasa, to namoz o‘qib bo‘lgunicha o‘sha a’zo unga la’nat aytib turadi. Rivoyat qilinadiki, har bir namozxonning o‘ng tomonida bir farishta, chap tomonida bir farishta bo‘ladi. Agar u namozni to‘liq o‘qisa, namozni olib chiqib ketadilar. Agar to‘liq o‘qimasa, namoz bilan uning yuziga uradilar. Salmon Forsiy roziyallohu anhu aytganlar: «Namoz o‘lchovdir. Kim vafo qilsa, vafo ko‘radi. Kim urib qolsa, Alloh urib qoluvchilar haqida nima deganini yaxshi bilasizlar. Alloh taolo: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling