Haj va umra ibodatlari (duolar kitobi)
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
Alloh ulug‘dir, Alloh ulug‘dir, Alloh ulug‘dir, hamd Alloh uchundir. Hech iloh yo‘q, magar
yolg‘iz Alloh bordir. Uning va’dasi rost bo‘ldi, U bandasiga yordam berdi va guruhlarni
yolg‘iz o‘zi yengdi. Hech iloh yo‘q, magar Alloh bordir. Dinda
Uning uchun xolis turgan
holatda, faqat Uning o‘zigagina ibodat qilamiz, agarchi kofirlar yomon ko‘rsalar ham.
Allohim, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylikni so‘rayman. Allohim,
Senga biz
aytayotganimizdek va aytayotganimizdan ham yaxshiroq hamd bo‘lsin. Allohim, men
Sendan roziligingni va jannatni so‘rayman va g‘azabingdan, do‘zaxdan va unga
yaqinlashtiruvchi so‘z, fe’l va yoki amal kabi narsalardan panoh so‘rayman.
Allohim, Sening nuring bilan hidoyatlandik. Va Sening fazling bilan behojat bo‘ldik.
Sening g‘amxo‘rligingda, in’omingda, atoingda va ehsoningda tong ottirdik va kech
qildik.
Sen avvalsan, Sendan avval hech narsa yo‘q. Oxirsan, Sendan keyin hech narsa
yo‘q. Zohirsan, Sening ustingda hech narsa yo‘q, Botinsan, Sensiz hech narsa yo‘q.
Sendan sinishlik,
dangasalik, qabr azobi va boylik fitnasidan panoh so‘raymiz. Va
Sendan jannatni qozonishni so‘raymiz.
Rabbim, mag‘firat qil va rahm qil, afv et, mukarram qil va bilgan narsalaringni kechib
yubor. Albatta biz bilmagan narsalarni bilasan. Albatta,
Sen aziz, akram Allohdirsan.
«Albatta Safo va Marva Alloh (buyurgan) marosimlardandir. Bas, kim haj yoki
umra qilsa, u ikki tog‘ orasida sa’y qilishining gunohi yo‘qdir. Va kim o‘z
ixtiyori-la yaxshilikni niyat qilsa, bas, albatta Alloh shukr qilguvchi
Do'stlaringiz bilan baham: