www.ziyouz.com kutubxonasi
28
Allohim bizlarni g‘azabing bilan o‘ldirmagin, azobing bilan bizlarni halok qilmagin,
bundan oldin bizlarga ofiyat ato etgin. Eshituvchi va ko‘ruvchi Alloh bilan quvilgan
shaytondan panohlanaman.
Mino duosi
«Allohumma hazihiy mina famnun ‘alayya bima mananta bihi ‘ala avliya`ika va`ahli
to’atika, subhanallaziy fissamaa`i ‘arshuhu, subhanallaziy fil arzi satvatuhu,
subhanallaziy fil bahri sabiyluhu, subhanallaziy finnari sultonuhu, subhanallaziy fil
jannati rohmatuhu, subhanallaziy rofa’as samaa`a vavazo’al arzo biqudrotihi,
subhanallaziy la manja`a va malja`a minhu illa ilayhi».
Allohim, bu Minodir, menga avliyolaring va ahli toatingga yaxshilik qilgan narsang bilan
yaxshilik qilgin. Arshi samoda bo‘lgan zot pokdir, hukmronligi yerda bo‘lgan zot pokdir.
Yo‘li dengizda bo‘lgan zot pokdir. Sultonligi do‘zaxda bo‘lgan zot pokdir. Rahmati
jannatda bo‘lgan zot pokdir. Qudrati bilan osmonni baland qilib ko‘tarib, yerni past qilib
qo‘ygan zot pokdir. Undan boshqa iltijo qilinadigan, najot topiladigan yo‘q, bular faqat
Uning o‘zigadir.
Jamratul aqaba duosi
«Allohumma iymanan bikitabika va vattiba’an lisunnati nabiyyika sollallohu alayhi
vasallam. Allohu akbaru kabiyron valhamdu lillahi kasiyron, vasubhanallohi bukrotan
va`asiyla, la ilaha illallohu, vahdahu la shariyka lahu. Allohummaj’alhu hajjan mabruuro
vasa’yan mashkuuro».
Allohim Sening Kitobingga iymon keltirgan holatda, kitobingni tasdiqlagan holatda,
Sening ahdingga vafo qilib va Payg‘ambaring, habibing Muhammad sollallohu alayhi
vasallamning sunnatlariga ergashgan holatda (haj qilishga keldik). Alloh buyuklarning
buyugidir. Allohga ko‘p hamdlar bo‘lsin. Ertayu kech Alloh taolo pok zotdir. Hech iloh
yo‘q, magar Uning o‘zi bor, Uning uchun sherik yo‘q. Allohim, hajimni mabrur, sa’yimni
mashkur qilgin.
Do'stlaringiz bilan baham: |