Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
HAZRATI UMARNING ISLOMGA KIRISHI «Musulmon bo‘lishga keldim» Makka shahri ajib bir evrilish, g‘alati bir tozarish ostonasida turardi. Jaholat va razolat botqog‘iga botgan shahar bir nuri ilohiyning tajallisi ila munavvar va nurafshon bo‘lmoqda edi. Necha asrlardan buyon bijg‘ib yotgan buzuqlik, ifloslik, haqsizlik Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi 9 axlatxonalari uzra bir pokiza va farahbaxsh nasimlar esib, o‘lik qalblarni uyg‘otayotgan edi. Odamlar ummoni po‘rtanalarida bir-biriga zid ikki to‘lqin: shirk va iymon to‘lqinlari kurash boshlagandi. Necha asrlar bo‘yi jaholat, axloqsizlik, qimor, zino, fahsh, ribo qon- qoniga singib ketgan makkaliklar ana shu iflosliklardan xalos bo‘la olmay ikkilanayotgan, qiynalayotgan, g‘azabga minayotgan bir davr boshlangan edi. Arab jazirasidagi bu tabarruk shahar to‘lg‘onib, qaynab-toshib, aziyat cheka-cheka ana shu ikki to‘lqin kurashiga jimgina shohid bo‘layotgandi. Gunohlarga botib ketgan Quraysh Ka’ba atrofini zavq-safo, qimor va mayxo‘rlik uyiga aylantirib olgandi. Xuddi mana shu pallada Makka yaqinidagi Xiro tog‘ining cho‘qqisidagi torgina g‘orga Alloh taoloning ilk vahiylari tusha boshladi. Alloh taolo tomonidan oxirgi Payg‘ambarlikka munosib ko‘rilgan rasullarning sayyidi Muhammad sollallohu alayhi vasallam malak Jabroil alayhissalom keltirgan mujdalarni hayajon, qo‘rquv, qiziqish va ixlos ila qabul qilishni boshlagan saodatli bir davr boshlandi. Jaholat asri o‘z o‘rnini saodat asriga bo‘shatib berayotgan muborak bir zamon boshlanayotgandi. Makka yaqinidagi shahar kiborlari mashvarat va kengashlar o‘tkazadigan Sho‘ro uyi – Dorun-nadva bugun har qachongidan bezovta, besaranjom, tahlikali bir to‘lg‘onish og‘ushida. Amir Hamzaning musulmon bo‘lishi Quraysh akobirlarini sarosimaga solib qo‘ygan. A’yonlar to‘plangan joyda Sho‘ro raisi Abu Sufyonning g‘azabnok va qahrli so‘zlari aks-sado berib yangrayotir: – Ey ahli Quraysh, qachongacha bu bedodlikka tomoshabin bo‘lib turamiz? Abdulmuttalibning nabirasi o‘zini Payg‘ambar sanab, ota-bobolarimizning ming yillik dinini oyoq osti qilishiga qachongacha yo‘l qo‘yib beramiz? Uning kasriga Makkaning va Baytullohning chin egalari qurayshiylar ikkiga bo‘linib ketishdi. Ota-bola, aka-uka bir- biriga dushmanga aylandi. Qabila parokandalikka yuz tutdi. Erta-indin Quraysh o‘z mavqeini yo‘qotib, hamma obro‘-e’tiboridan mahrum bo‘ladi... Boyadan beri g‘azabidan ko‘karib-bo‘zarib o‘tirgan Abu Jahl raisning gapini sabrsizlarcha bo‘lib, shartta o‘rtaga chiqdi: – Bas, yetar! Muhammadni yo‘q qilmasak, o‘zimiz mag‘lub bo‘lamiz. Qani, oralaringda bu ishning uddasidan chiqa oladigan biror mard bormi? Safning orqa tomonidan: «Bor, mana men uning adabini beradigan», degan hayqiriq yangradi. Otilib chiqqan Umar qilichini shartta qinidan sug‘urib, havoda bir silkidi-da, «Uning jonini mahv eturman», deganday tahdid qildi. Har tarafdan kiborlarning «Yashavor, Xattobning o‘g‘li», «Umarday mardlar – Qurayshning faxri», degan qizg‘in xitoblari eshitildi. Umar qilichini taqib, Ka’bani tavof qildi, Safo tepaligiga qarab yurdi. Uning maqsadi – janobi Rasulullohni jisman yo‘q qilish, shu tariqa Islomning g‘olibona yurishini to‘xtatib qolish edi. U bu ishni qabila oldidagi burchi deb bilardi. Bo‘linib ketgan Qurayshni birlashtirib, avvalgi mavqeini tiklamoqchi edi. Umar yo‘lda Abdulloh o‘g‘li Nuaymga duch kelib qoldi. Uning vajohatini ko‘rib, Nuaym sergak tortdi. Umarni savolga tutdi: – Yo‘l bo‘lsin, Xattob o‘g‘li? – Arablar o‘rtasiga nifoq solayotgan Muhammadning vujudini yo‘q qilish uchun ketyapman. U Qurayshni xarob qilyapti, allaqayoqdagi safsatalari bilan ota-bobolarimiz diniga tajovuz qilyapti. Uning adabini berib qo‘yishni Makka kiborlari menga topshirishdi. Nuaym titrab ketdi. U hali Islomga kirmagan esa-da, agar Umarni chalg‘itmasa, Makkaning eng rostgo‘y va halol kishisi Muhammadga biror kor-hol bo‘lishi mumkin. U tezda bir qarorga keldi: |
ma'muriyatiga murojaat qiling