Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

Eng baxtli kun 

Makka musulmonlarining qirqinchisi bo‘lgan Umar hozir juda baxtiyor edi. Ana 

shunday mard, jasur, shijoatli insonning Islomga kirganidan ashoblar ham shod va 

mamnun edilar. Ular: 

–  Dushanba kuni Rasulimiz Robbilaridan Abu Jahl yohud Umar birla Islomni 

madadlantirishni so‘rab duo qilgandilar. Allohga behisob hamdlar bo‘lsinki, ushbu ulug‘ 

sharafga siz noil bo‘ldingiz, ey Umar, – deb birodarlarini muborakbod etishdi. 

Hammalari Umarning taklifi bilan birgalikda Arqamning uyidan chiqib, Ka’ba sari 

yurishdi. Ka’ba atrofida Makka mushriklari ko‘pligidan oz sonli musulmonlar u yerda 

ibodat qilishga botinolmas, hatto u yerda hozir bo‘lishdan ham hayig‘ishardi. Hozir 

saflarida Umar bo‘lgani uchun ular Ka’baga dadil yaqinlashib kelishdi. «Dorun-nadva»da 

Umarning qaytishini poylab o‘tirgan mushriklar safdoshlarining olomonni boshlab 

kelayotganidan xavotirga tushdilar. Oldinda kelayotgan Umar Quraysh peshvolariga 

qarata shunday dedi: 

– Ey ahli Quraysh, meni tanimasanglar tanib olinglar, men Xattobning o‘g‘li Umarman! 

Men bugun Islomni  qabul qildim: Allohdan o‘zga iloh va ma’bud yo‘q, Muhammad uning 

bandasi va elchisidir. 

Umarning baland ovozda shahodat kalimasini aytib kelishi mushriklarni tamoman 

dovdiratib, sarosimaga solib qo‘ydi. Boyagina Islomga kirgan Umar Abu Jahlning uyiga 

borib, musulmon bo‘lganini aytganida, u uyiga ham kiritmay so‘kib jo‘natgandi. Hozir 

ro‘parasidagi Quraysh mushriklari uning musulmon bo‘lganidan G’oyat g‘azablanib 

ketishdi. Umar arslon kabi ularga tashlandi. Janjal kuchayib, vaziyat qaltis tus ola 

boshladi. Qon  to‘kilishi ayon bo‘lib qoldi. Holatning yomonlashuvini sezib qolgan 

Umarning ona tomondan qarindoshlari Os Ibn Voil o‘rtaga tushib, mushtlashayotganlarni 

ajrata boshladi. 

Ishning pachavasi chiqqanini sezgan mushriklar birin-ketin masjidni tark eta 

boshlashdi. Hozirgacha ular musulmonlarning Haramda ibodat qilishlariga to‘sqinlik 

ko‘rsatib kelishardi. Alamga kirgan Umar musulmon birodarlarini ochiq, erkin suratda 

ibodat qilishga da’vat etdi. Qurayshiy mushriklarga qasdma-qasdiga Haramda ilk bor 

jamoat bo‘lib namoz o‘g‘ildi. 




Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 




Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling